14 may kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro Dylan Tomas kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Paragvay — Mustaqillik kuni.
?? Chili — Muhandislar kuni.
?? Liberiya — Milliy Birlashish kuni.
?? Tailand — Tailand buffalolarini saqlash kuni.
?? Kambodja — Qirol Norodom Shiamoni tug’ilgan kun.
?? Malavi — Kamuzu kuni.

? VOQEALAR:

  • 1147 — Konrad va nemis salibchilari 2-salib yurish paytida Regensburgni tark etishdi.
  • 1607 — inglizlar Amerikada birinchi doimiy yashash manzilgohi — Jeymstaunni tashkil etishdi.
  • 1796 — Eduard Jenner birinchi marta suvchechakka qarshi  vaksinani  qoʻlladi.
  • 1835 — Pushkin qalamiga mansub “Baliqchi va baliq haqidagi‘ertak” dunyo yuzini ko‘rdi.
  • 1862 — Shvetsariyalik soatsoz Adolf Nikol xronograf ixtirosi uchun patent oldi.
  • 1853 — AQShda quyultirilgan sut ixtirosiga patent berildi. 
  • 1869 — Oqto‘ba shahriga asos solindi.
    1872 — Germaniya kansleri Otto fon Bismark katoliklarga qarshi kurash uchun Kulturkampf kampaniyasini e’lon qildi.
  • 1878 — “Vazelin” nomi savdo markasi sifatida patentlandi.
  • 1900 — Parijda II Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
  • 1904 — AQShning Sent-Luis shahrida III yozgi Olimpiada o‘yinlariga start berildi. 
  • 1917 — Moskvada 1-Butunrossiya musulmonlari qurultoyi ochildi.
  • 1927 — Meksika futbol federatsiyasi tuzildi.
  • 1939 — Perulik Lina Medina besh yoshida tibbiyot tarixidagi eng yosh tasdiqlangan onaga aylandi.
  • 1948 — David Ben Gurion  Isroil  mustaqillik deklaratsiyasini  eʼlon qildi.
  • 1954 — Gaagada BMTga a’zo davlatlar «Qurolli to’qnashuvlar paytida madaniy boyliklarni himoya qilish to’g’risida Gaaga konvensiyasini» qabul qildilar.
  • 1955 — Varshava shartnomasi tashkiloti tuzildi.
  • 1962 — Afinada Ispaniya  qiroli  Xuan Karlos va Gretsiya   qirolichasi Sofiyaning nikohlanishi.
  • 1963 — Quvayt BMT ga a’zo bo‘ldi.
  • 1993 — Litva, Sloveniya va Estoniya davlatlari Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi.
    -1993 — MDH iqtisodiy ittifoqi tashkil etildi.
  • 2007 — “Shrek-3” multfilmi katta ekranlarda premera qilindi. 
  • 2008 —  “Zenit” futbol klubi UYeFA kubogini qo‘liga kiritdi.
  • 2009 — Britaniyalik astronom Uilyam Gershel sharafiga nomlangan “Gershel» teleskopi orbitaga chiqarildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1265 — Dante Aligyeri (1321) — italiyan adabiyotining yirik vakili, shoir.
  • 1316 — Karl IV (1378) — german qiroli, Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (1347-1378).
  • 1553 — Margarita de Valua (1615) — fransuz malikasi, Qirolicha Margo nomi bilan mashhur.
  • 1771 — Robert Ouen (1858) — ingliz sotsialist utopisti.
  • 1838 — Vilgelm Steynis (1900) — nemis shaxmatchisi, shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni.
  • 1905 — Uyg‘un — O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg.
  • 1922 — Frano Tudjman (1999) — Xorvatiyaning 1990-1999 yillardagi prezidenti.
  • 1942 — Edvard Rtveladze — arxeolog-tarixchi olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1995), tarix fanlari doktori (1989), professor (1992).
  • 1943 — Birodar Abduraimov — futbolchi, «Paxtakor» (Toshkent) futbol jamoasining hujumchisi (1960–68, 1970–74), sport ustasi (1962), «O‘zbekiston Respubli-kasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» (1994). 
  • 1944 —  Uolton Lukas — amerikalik film rejissori, prodyusser, ssenariy muallifi va tadbirkor.
  • 1946 — Rahmon Muhammadiyev — koʻz3 kasalliklari mutaxassisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2001). 
  • 1952 — Robert Zemekis  — “Kelajakka qaytib”,  “Forest Gamp” va boshqa  ko‘plab filmlar rejissyori.
  • 1969 — Ketrin Elis Blanshet — avstraliyalik kinoaktrisa va teatr rejissori. 
  • 1984 — Mark Sukerberg — Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va Bosh direktori.
  • 1994 — Marquinos (asl ismi Markos Aoas Korrea) — braziliyalik futbolchi, Olimpiada chempioni (2016).