16 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Charli Chaplin kuni.
? Butunjahon ovoz kuni.
? Butunjahon nuqtali vergul kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh, ?? Kanada — Milliy sog’liqni saqlash qarorlari kuni / Oldindan parvarishlashni rejalashtirish kuni.
?? Vengriya — Xolokost qurbonlarini xotirlash kuni.
?? Daniya — Qirolicha tug’ilgan kun. 
?? Bolgariya — Advokatlar kuni.
?? Armaniston — Politsiya kuni.
?? Jazoir — Bilim va fan kuni.

? VOQEALAR:

  • mil. av. 1737 — Choy kashf etilgan kun.
  • 1607 — Virjiniyaga inglizlar ko‘chib kelishi boshlandi.
  • 1705 — Angliya malikasi Annaprod Isaak Nyutonga ritsar unvonini berdi.
  • 1824 — Shimoliy Amerikada Rossiya Imperiyasi hududlari chegaralari aniqlab olindi.
  • 1848 — Gabsburglar imperiyasida kreposnoylik huquqi bekor qilindi.
    -1856 — Kvebek shahri Kanada poytaxti deb eʼlon etildi.
  • 1871 — Berlin Germaniyaning poytaxti deb e’lon qilindi.
  • 1871 — Germaniya imperiyasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. 
  • 1877 — Lev Tolstoy «Anna Karenina» romanini yozib tugatdi.
  • 1898 — Maksim Gorkiy asarlarining birinchi nashri chop etildi.
  • 1906 — AQSh va Xitoy o‘rtasida dengiz osti kabelini yotqizish tugallandi.
  • 1917 — Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining I qurultoyi ish boshladi (23-aprelgacha).
  • 1922 — Sovet Rossiyasi va Germaniya Rapallo shartnomasini imzolashdi.
  • 1932 — Leningrad radiozavodida birinchi Rossiya televizori ishlab chiqarildi.
  • 1934 — SSSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasining farmoni bilan «Sovet Ittifoqi Qahramoni» faxriy unvoni ta’sis etildi.
  • 1945 — Ikkinchi Jahon urushi paytida Berlin operatsiyasi boshlandi.
  • 1964 — Amerikalik uchuvchi Jeraldina Mok g‘arbiy Germaniyaga qo‘ndi va Yer sharini aylangan birinchi uchuvchi ayol bo‘ldi.
  • 1966 — Isroilda ilk bor “Koka-kola” sotuvga chiqdi.
  • 1975 — Kambodjadagi fuqarolar urushi paytida qizil kxmerlar mamlakat poytaxti Pnompenni egallashdi.
  • 1992 — Afg’oniston prezidenti Muhammad Najibullohning hokimiyatdan ag’darilishi.
  • 2009 — soat 00:00 dan boshlab Chechenistondagi aksilterror operatsiyasi bekor qilindi.
  • 2013 — “Яндекс” yilning eng ko‘p izlangan so‘zlar ro‘yxatini e’lon qildi.
  • 2014 — Janubiy Koreyaning janubi-g’arbiy sohillarida Sewol paromi halokatga uchradi, 304 kishi halok bo’ldi.
  • 2019 — Parijdagi Notr-Dam soborida yong‘inni bartarf etish ishlari yakunlandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 363 — U-di (422) — Lyu Sun imperiyasining asoschisi, Sun imperatori (420-422).
  • 1319 — Ioann II (1364) — Fransiya qiroli (1350-1364), Valualar sulolasidan.
  • 1786 — Pavel Shilling (1837) — rus olimi, fizik, sharqshunos. 
    1844 — Anatol Frans (1924) — fransuz yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (1921).
  • 1886 — Ernst Telmann (1944) — Veymar Respublikasi davrida Germaniya Kommunistik Partiyasi (KPD) rahbari boʻlgan.
  • 1889 — Charli Chaplin (1977) — ingliz komik aktyori, rejissor, bastakor, ovozsiz kino davrining muhim shaxslaridan biri boʻlgan.
  • 1917 — Barry  Nilsen (2007) — amerikalik aktor.
  • 1921 — Shoislom Shomuhamedov (2007) — sharqshunos, eronshunos olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978).
  • 1940 — Margrete II — amaldagi Daniya qirolichasi (1972 yildan).
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1946 — Farrux Zokirov — taniqli oʻzbek va sovet estrada qoʻshiqchisi, bastakor va aktyor, 1976-yildan beri „Yalla“ vokal-cholgʻu guruhi rahbari.
  • 1947 — Braun Vladimir — opera xonandasi (dramatik bariton), O’zbekiston xalq artisti (1986).
  • 1954 —  Yuber Alesandr Maynis — Bagama orollarining 4-chi va amaldagi bosh vaziri.
  • 1963 — Mirza Azizov (2021) — sovet va oʻzbek aktyori va rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti.
  • 1971 — Selena (1995 yilda o’ldirilgan) — meksikalik-amerikalik qo’shiqchi, qo’shiq muallifi, model, aktrisa va dizayner.
  • 1972 — Andreas Dittmer — nemis kanoechisi, uch karra Olimpiya chempioni, 8 karra jahon chempioni.
  • 1992 — Rukidi IV — Toro qiroli, Uganda Qirolligi tarkibida (1995-yildan).
  • 1994 — Liliana Mumi — amerikalik kino va televideniye aktrisasi.