16 avgust kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro “Kuzatuv kamerasiga qo‘l silkiting” kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Paragvay — Bolalar kuni.
?? Tailand ‐ Tinchlik kuni
?? AQSh — Milliy havo-desant kuni.
?? Dominikan Respublikasi ‐ Qayta tiklash kuni.
?? Gabon ‐ Mustaqillik kuni.
?? AQSh — Elvis Presli xotirasi kuni.
?? Rossiya — Malina murabbosi kuni.

? VOQEALAR:

  • 1728 — V. Bering Diomida orollarini kashf etdi.
  • 1732 — Malta floti admiral Shaumbray qo‘mondonligi ostida Dumyat jangida Usmoniylarni mag‘lub etdi.
  • 1744 — Ikkinchi Sileziya urushi  boshlandi.
  • 1788 — Fransiya moliya vaziri L. de Briyen davlatni bankrot deb e’lon qildi.
  • 1812 — Vatan urushi: Smolensk jangi.
  • 1844 — Qo‘qon xoni Sheralixon Murodxon tomonidan qatl qilindi.
  • 1896 — Klondayk oltin koni ochildi.
  • 1930 — Birinchi ovozli rangli multfilm yaratildi.
  • 1945 — Moskvada SSSR va Polsha 1919-1920-yillarda taklif qilingan «Curzon chizig’i» ga asoslangan Sovet-Polsha chegarasi to’g’risidagi bitimni imzoladilar.
  • 1960 — Kipr mustaqil davlat — Kipr Respublikasi deb e’lon qilindi.
  • 1960- Xalqaro astronavtika akademiyasi tashkil etildi.
  • 1962 — Fransiya Hindixitoydagi mustamlakalaridan voz kechdi.
  • 1976 — Eldar Ryazanovning „Taqdir hazili, yoki Qushdek yengil boʻling“ filmi namoyishi.
  • 1977 — Afsonaviy qo’shiqchi Elvis Presli vafot etdi.
  • 1978 — Shri-Lanka o’zini sotsialistik respublika deb e’lon qildi.
  • 1996 — bir yil asirlikdan so’ng, Afg’onistonning Qandahor shahri yaqinidagi aerodromga majburiy ravishda qo‘ndirilgan V. Sharpatovning ekipaji o’z samolyotida qochib qutulishdi.
  • 2009 — Moskva viloyatida samolyot halokati. Ramenskoye aerodromi yaqinida MAKS-2009 aviashousi oldidan oʻquv parvozi chogʻida “Rossiya vityazlari” eskadrilyasining 2 ta Su-27 samolyoti toʻqnashib, halokatga uchradi. Eskadrilya komandiri Igor Tkachenko halok bo‘ldi.
  • 2015 — Trigana Air Service kompaniyasining ATR 42 samolyoti Indoneziyada halokatga uchradi. 54 kishi halok bo’ldi.
  • 2017 — Simob to‘g‘risidagi Minamata konvensiyasi kuchga kirdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 980 — Ibn Sino (1037) — Buyuk alloma, faylasuf, shoir, shifokor, musiqashunos.
  • 1587 — Sulton Xusrav Mirzo  1622) — Boburiylar sulolasidan boʻlgan shahzoda, Boburiylar hukmdori Jahongirning toʻngʻich oʻgʻli.
  • 1650 — Vinchenso Koronelli (1718) — Italiyalik kartograf va qomuschunos.
  • 1845 — Gabriel Lippman (1921) — fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1908).
  • 1881 — Irving Langmuir (1957) — amerikalik fizik va kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1932).
  • 1903 — Natalya Raevskaya — ginekolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi.
  • 1904 — Uendell Stenli (1971) — Amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibii (1946).
  • 1913 — Menaxem Begin (1992) — Isroillik siyosatchi, Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibi (1978).
  • 1934 — Pyer Rishar — fransuz kino aktyori va rejissyori.
  • 1939 — Abduqahhor Ibrohimov — yozuvchi, dramaturg, publitsist, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1990). 
  • 1954 — Jeyms Kemeron — amerikalik kinorejissyor.
  • 1958 — Madonna (haqiqiy ismi Luiza Veronika Chikkone) — amerikalik qo’shiqchi, raqqosa, aktrisa, ko‘plab mukofotlar sohibasi.
  • 1970 — Muhammad Iso Abdulhairov — oʻzbek kino va teatr aktyori.
  • 1974 — Nurilloh (Nurilla Narzullaev) — shoir.
  • 1974 — Alla Dovlatova — rus radio va televidenie boshlovchisi, aktrisa.
  • 1979 — Fu Minsya — xitoylik suvga sakrash ustasi, 4 karra Olimpiya chempioni.
  • 1996 — Kaleb Dressel — amerikalik suzuvchi, 7 karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon chempioni.