16 fevral kun tarixi

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh — Milliy g’amxo’rlar kuni.
🇺🇦 Ukraina — Urush muxbirlari kuni.
🇺🇬 Uganda — Arxiyepiskop Janani Luvumni xotirlash kuni.
🇰🇵 KXDR — Kim Chen Irning tug‘ilgan kuni.
🇱🇹 Litva — Davlat tashkil topgan kun.
🇺🇸 AQSh — Innovatsiyalar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1221 — Buxoro mo’g’ullar tomonidan egallandi.
  • 1568 — Ispan inkvizitsiyasi barcha Niderlandiya aholisiga o‘lim jazosi hukmini chiqardi.
  • 1571 — Ivan IV Grozniy  Rossiyada birinchilardan harbiy ustav qabul qildi.
  • 1722 — Pyotr I taxt vorisi to’g’risida farmon chiqardi.
  • 1854 — Verniy istehkomi qurildi (hozirgi Almati shahri).
  • 1862 — Qo’shma Shtatlardagi fuqarolar urushi paytida shimolliklar katta g’alabaga erishdilar.
  • 1904 — „RRS Discovery“ kemasi ikki yillik qamaldan keyin ozod bo’ldi.
  • 1918 — Litva davlati qayta tashkil etildi. 
  • 1923 — Xovard Karter ekspeditsiyasi fir’avn Tutanxamonning qabrini ochdi.
    -1934 — Avstriyada fuqarolar urushi tugadi.
  • 1948 — Amerika astronomi Jerard Koyper Uranning yo‘ldoshi Mirandani kashf qildi.
  • 1963 — Sirdaryo viloyati tashkil topdi.
    -1968 — Heylivill shahrida (Alabama) AQShda birinchi qutqaruv xizmati — 911 ishlay boshladi.
  • 1976 — SSSRda Kama avtomobil zavodining konveyerdan birinchi KAMAZ avtomobili chiqdi.
  • 1978 — Ilk elektron e’lonlar doskasi — BBS yaratildi.
  • 1992 — O‘zbekiston Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (XIHT) ga a’zo bo‘ldi.
  • 1993 — O‘zbekiston Qirg‘iziston Respublikalari o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
  • 1994 — Toshkentda O’zbekiston terma jamoasi qizlari badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempioni bo’lishdi.
  • 1999 — Toshkentda bir qancha terroristik aktlar sodir bo’ldi.
  • 2001 — Prishtinada (Kosovo) terakt sodir bo’ldi — «Nish Express» avtobusi portlatildi.
  • 2005 — Kioto protokoli kuchga kirdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1222 — Nitiren (1282) — yaponiyalik budda payg‘ambari, nitiren-syu ta’limotining asoschisi.
  • 1514 — Georg Ioaxim Retik (1574) — nemis matematigi va astronomi.
  • 1698 — Pyer Buger (1758) — fransuz olimi, fotometriya asoschilaridan biri.
  • 1831 — Nikolay Leskov (1895) — rus nasriy yozuvchisi.
  • 1834 — Gekkel Ernst (1919) — nemis biologi, Yena universiteti professori (1862 – 1909). 
  • 1846 — Jabayev Jambul (1945) — qozoq xalq shoiri va oqini.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1848 — Oktav Mirbo — (1917) — fransuz yozuvchi va dramaturgi.
  • 1852 — Charlz Rassell (1916) — amerikalik voiz, Iyegova shohidlari harakatining asoschisi.
  • 1873 — Radoye Domanovich (1908) — serb yozuvchisi, jurnalisti va oʻqituvchisi, oʻzining satirik qisqa hikoyalari bilan mashhur bo‘lgan.
  • 1893 — Mixail Tuxachevskiy (1937) — Sovet harbiy rahbari, Sovet Ittifoqining marshali.
  • 1909 — Yavorskiy Yevgeniy (1971) — O‘zbekiston xalq artisti (1952).
  • 1920 — Mixail Shvaytser — sovet va rus rejissyori, ssenariy muallifi, SSSR xalq artisti.
  • 1939 — Cheslav Nemen (2004) — Polshalik musiqachi, bastakor va qo’shiqchi.
  • 1941 — Kim Chen Ir (2011) — koreyalik siyosatchi va davlat arbobi, KXDR rahbari (1994-2011).
  • 1964 — Babeto — braziliyalik futbolchi, jahon chempioni (1994).
  • 1975 — Rustam Rahimov — asli tojikistonlik bo‘lgan germaniyalik havaskor bokschi.
  • 1989 — Elizabet Cheyz Olsen — amerikalik aktrisa.
  • 1995 — Isroil Madrimov — boks boʻyicha jahon chempionati sovrindori.
  • 1998 — Karles Peres — ispaniyalik futbolchi.