17 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon gemofiliya kuni.
? Xalqaro hayku sheʼriyati kuni.
? Xalqaro ko’rshapalaklarni qadrlash kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Suriya – Mustaqillik kuni.
?? Kanada — Milliy Kanada kinolari kuni.
?? Qozog‘iston – Yong‘in xavfsizligi xizmati kuni.
?? Turkmaniston — Migratsiya xizmati xodimlari kuni.
?? Rossiya — Ichki ishlar organlari va ichki qo’shinlar faxriylari kuni.
?? Amerika Samoasi — Bayroq kuni.
?? Gabon — Ayollar kuni.
?? Iroq — Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti kuni.
?? Suriya — Evakuatsiya kuni.

? VOQEALAR:

  • 1492 — Xristofor Kolumb Ispaniya bilan Hindistonga yangi yo‘l ochish haqida shartnoma imzoladi.
  • 1521 — Martin Lyuter o’zining bid’atidan voz kechmagani uchun Rim-katolik cherkovidan chiqarildi.
  • 1555 — Kosimo I 15 oylik qamaldan so’ng Siyenani egallab, Toskanaga qo’shib oldi.
  • 1790 — Amerikalik davlat arbobi, olim, Amerika asoschilaridan biri Benjamin Franklin olamdan o’tdi.
  • 1824 — Shimoliy Amerikada Rossiya Imperiyasi hududlari chegaralari aniqlab olindi.
  • 1831 — 1830-1831-yillardagi Polsha qo’zg’oloni paytida Vronovo jangi bo’lib o’tdi.
  • 1839 — Markaziy Amerika respublikalari federatsiyasi tarqaganidan so’ng Gvatemala davlati tashkil topdi.
  • 1856 — Kvebek shahri Kanada poytaxti deb eʼlon qilindi.
  • 1861 — Virjiniya shtati AQShdan ajralishga qaror qildi.
  • 1875 — 19 yoshli Nevil Frensis Fitsjerald Chemberlen snuker o‘yinini o‘ylab topdi.
  • 1877 — L.N.Tolstoy “Anna Karenina” romanini yozib tugatdi.
  • 1895 — Xitoy-Yaponiya urushi Shimonoseki shartnomasi tuzilishi bilan tugadi.
  • 1924 — Metro-Goldwun-Mayer kinostudiyasi tashkil etildi.
  • 1941 — Injener Igor Sikorskiy birinchi vertolyot — amfibiyani ommaga ko’rsatdi.
    Ikkinchi jahon urushi paytida — 1941 — Yugoslaviya armiyasi taslim bo’lishi haqidagi aktining imzolandi.
  • 1946 — Fransiya Suriya mustaqilligini tan oldi.
  • 1969 — Buyuk Britaniyada ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan shaxsning yoshi 21 dan 18 yoshga kamaydi.
  • 1970 — «Apollon-13» kosmik kemasi ekipaji Yerga sog‘-salomat qaytib keldi.
  • 1975 — Kambodjadagi fuqarolar urushi paytida qizil kxmerlar mamlakat poytaxti Pnompenni egallashdi.
  • 1980 — Janubiy Rodeziya o’z nomini Zimbabvega o’zgartirdi.
  • 1982 — Angliya qirolichasi Yelizaveta II Kanadaning yangi konstitutsiyaviy qonunini tan olib, uni to’liq mustaqil deb e’lon qildi.
  • 1989 — Polshada «Birdamlik» mustaqil kasaba uyushmasi qonuniylashtirildi.
  • 1992 — Rossiyaga ikki rasmiy nom berildi – “Rossiya Federatsiyasi” va “Rossiya”.
  • 2021 — Edinburg gersogi shahzoda Filippning dafn marosimi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1403 — Ali Qushchi (Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy) (1474) — XV asrda ilmiy faoliyat ko’rsatgan matematik va astranom, Mirzo Ulug‘bekning shogirdi.
    1598 — Jovanni Battista Ritsioli (1671) — italiyalik astronom va ilohiyotchi, Oy xaritasini tuzuvchilaridan biri.
  • 1745 — Semyon Shchedrin (1804) — rus rassomi, peyzaj ustasi.
  • 1812 — Anatoliy Demidov (1870) — rus va fransuz metsenati, sayyoh, tadbirkor.
  • 1820 — Aleksandr Kartrayt (1892) — amerikalik sportchi, beysbol qoidalarini ishlab chiqqan.
  • 1837 — Jon Perpont Morgan (1913) — amerikalik moliyachi, sanoatchi, General Electric kompaniyasining asoschisi.
  • 1855 — Semyon Vengerov (1920) — rus adabiyotshunosi, tanqidchi, muharrir, bibliograf.
  • 1916 —  Elenio Errera (1997) — buyuk futbol murabbiyi.
  • 1929 —  Jeyms Last (2015) — nemis bastakori.
  • 1946 — Georg Koxler (1995) — nemis biologi va immunologi, Nobel mukofoti sohibi (1984).
  • 1959 — Shon Bin — britaniyalik aktyor. 
  • 1968 — Valeriya — rus estrada xonandasi, Rossiya xalq artisti.
  • 1974 — Viktoriya Bekxem (Adams) — qo‘shiqchi, Spice Girls guruhi a’zosi, qo’shiq muallifi, raqqosa, model, aktrisa, dizayner.
  • 1985 — Takuya Honda  — yaponiyalik futbolchi.