17 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Sekon-xendlar kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇧🇴 Boliviya — Bayroq kuni.
🇯🇲 Yamayka ‐ Markus Garvey kuni.
🇸🇮 Sloveniya ‐ Prekmurje Ittifoqi kuni.
🇹🇯 Tojikiston ‐ Favqulodda vaziyatlar va fuqarolik mudofaasi organlari xodimlari kuni.
🇹🇯 Tojikiston — Temir yo’l xodimlari kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy qora mushukni qadrlash kuni.
🇨🇴 Kolumbiya — Muhandislar kuni.
🇲🇨 Indoneziya — Mustaqillik kuni.
🇬🇦 Gabon — Mustaqillik kuni.
🇦🇷 Argentina — General San Martinni xotirlash kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 986 — Vasiliy II bolgarlar tomonidan magʻlub etildi.
  • 1231 — So‘nggi Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi kurd qaroqchipari tomonidan o‘ldirildi.
  • 1502 — Xristofor Kolumb Gondurasni Ispaniyaning mulki deb e’lon qildi.
  • 1771 — ingliz olimi J. Pristli fotosintezni kashf etdi.
  • 1807 — Robert Fulton Amerikaning birinchi bug’ kemasi — «North River Steamboat»da suzishga chiqdi.
  • 1896 — Bridjet Driskoll tarixda birinchi avtomobil urib yuborgan shaxs boʻldi.
  • 1903 — Jozef Pulitser “Pulitser” mukofotini ta’sis etdi.
  • 1910 — Asfandiyorxon Xiva xonligi taxtiga o‘tirdi.
  • 1933 — SSSRda suyuq yoqilg‘ida uchadigan ilk raketa sinovdan o‘tkazildi.
  • 1945 — Indoneziya Gollandiyadan mustaqillik e’lon qildi.
  • 1950 — Indoneziya Qo’shma Shtatlari Respublikasi unitar davlatga — Indoneziya Respublikasiga aylandi.
  • 1958 — Xitoy rahbari Mao Szedun “Ulkan sakrash” siyosati boshlanganini e’lon qildi.
  • 1960 — Gabon Fransiyadan mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1962 — Berlin devorini kesib o’tish paytidagi birinchi qurbon (Piter Fexter).
  • 1974 — Gavanada havaskor boks bo’yicha birinchi jahon chempionati ochildi.
  • 1992 — Janubiy Afrika Taraqqiyot Hamjamiyati tuzildi.
  • 1998 — Rossiyada iqtisodiy inqiroz boshlandi.
  • 1999 — Izmit zilzilasi.
  • 2005 — Bangladeshda 500 ga yaqin portlash sodir bo’ldi.
  • 2009 — Nazran shahrida (Rossiya, Ingushetiya) yirik terakt sodir etildi. Natijada 20 kishi halok bo’ldi, 138 kishi yaralandi.
    -2009 — Sayano-Shushinskaya GES halokati.
  • 2012 — Pussy Riot ishi bo’yicha hukm chiqarildi.
  • 2018 — Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1601 — Per Fermat (1665) — fransuz matematiki, analitik geometriya va sonlar nazariyasi asoschisi.
  • 1844 — Yelizaveta Vodovozova (1923) — rus bolalar yozuvchisi, o’qituvchi, memuarist.
  • 1887 — Karl I (1922) — Avstriya-Vengriyaning oxirgi imperatori (1916-1918).
    1911 — Mixail Botvinnik (1995) — sovet shaxmatchisi, 6-jahon chempioni.
  • 1932 — Vidiadhar Naypol (2018) — hind millatiga mansub ingliz yozuvchisi, Nobel mukofoti sohibi (2001).
  • 1935 — Oleg Tabakov (2018) — teatr va kino aktyori, SSSR xalq artisti.
    -1939 — To‘lan Nizom  (Nizomiddinov To‘lanboy)   — O‘zbekiston xalq shoiri.
  • 1940 — Al Pachino — amerikalik aktyor, rejissyor.
  • 1942 — Muslim Magomaev (2008) — sovet, ozarbayjon va rus opera va estrada xonandasi (bariton), SSSR xalq artisti.
  • 1943 — Robert De Niro — amerikalik kinoaktyor, rejissyor, prodyuser, «Oskar» va «Oltin globus» mukofotlari sovrindori.
  • 1944 — Larry Ellison — amerikalik taniqli tadbirkor, Oracle (Orakul) kompaniyasining asoschisi, bosh direktori (1976-2014), milliarder.
  • 1977 — Tyerri Anri — fransuz futbolchisi, jahon chempioni (1998).
  • 1992 — Nozimaxon Qayumova — oʻzbek atletikachisi, paralimpiyachi, nayza uloqtiruvchi, Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida ikki karra Olimpiya chempioni (2016, 2020), Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionati ikki karra sovrindori.
  • 1993 — Diyorbek Oʻrozboyev — oʻzbekistonlik dzudochi, 60 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.