? BAYRAMLAR:
?? BMT — Butunjahon telekommunikatsiya va axborot jamiyati kuni.
? Xalqaro virtual yordamchilar kuni.
? Xalqaro bolalar ishonch telefoni kuni.
? Arterial gipertoniyaga qarshi kurash kuni.
? Neyrofibromatoz haqida xabardorlik kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Norvegiya — Bolalar kuni.
?? Indoneziya — Kitoblar kuni.
?? Ispaniya — Galisiya adabiyoti kuni.
?? AQSh — Milliy yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlar kuni.
?? Latviya — O‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar kuni.
?? Argentina — Dengiz kuchlari kuni.
?? AQSh — Milliy mudofaa transporti kuni.
?? Nauru — Konstitutsiya kuni.
?? Kongo — Ozodlik kuni.
?? Norvegiya — Konstitutsiya kuni.
? VOQEALAR:
- 1497 — Vasko da Gama Hindiston qirg‘oqlariga yetib bordi.
- 1642 — Monrealga asos solindi.
- 1656 — Rossiya Shvetsiyaga urush e’lon qildi.
- 1718 — Ingliz ixtirochisi Jyeyms Pakl dunyodagi birinchi pulemyotga patent oldi.
- 1792 — Nyu York fond birjasi tashkil topdi.
- 1809 — Napoleon I Fransiyaga Papalar viloyatini qoʻshib oldi.
- 1814 — Norvegiyada birinchi konstitutsiya qabul qilindi.
- 1865 — Xalqaro elektr aloqalari ittifoqiga asos solindi.
- 1885 — Germaniya Shimoliy Yangi Gvineya va Bismark arxipelagini qo’shib oldi.
- 1898 — Andijon qo‘zg‘oloni boshlandi.
- 1900 — Angliya-Bur urushi: Mafeking qamali tugadi.
- 1902 — Arxeolog V. Stais bronza mexanizmlar topdi.
- 1928 — Amsterdam shahrida IX Olimpiya o‘yinlariga start berildi.
- 1933 — Germaniyada ish tashlashlar taqiqlandi.
- 1940 — fashist qo’shinlari Belgiya poytaxti Bryusselni egallab olishdi.
- 1954 — AQSh Oliy sudi maktablarda irqiy ajratishni noqonuniy deb topdi.
- 1959 — Kubada yerni dehqonlarga bo‘lib berish e’lon qilindi.
- 1983 — Isroil va Livan tinchlik shartnomasini imzolashdi.
- 1990 — 17-maydan 18-mayga o‘tar kechasi “Sterlitamak meteoriti” Sterlitamak shahridan 20 km g‘arbda qulab tushdi.
- 1996 — O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilindi.
- 1999 — Toshkent-Samarqand yo‘nalishida elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
- 2000 — Rossiya Davlat Dumasi Mixail Kasyanovni Ministrlar Soveti raisi lavozimiga tasdiqladi.
- 2006 — Saudiya Arabistoni hamda Quvayt davlatlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi» asrining arab tilidagi nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
- 2009 — dunyodagi eng mashhur o‘yinlardan biriga aylangan «Minecraft» kompyuter o’yinining birinchi sinov versiyasi chiqarildi.
- 2021 — Galapagos orollarida (Ekvador) tabiiy eroziya tufayli “Darvin arkasi” qulab tushdi.
? TAVALLUDLAR:
- 1490 — Albrext (1568) — Tevton ordeni so’nggi buyuk magistri, Prussiyaning birinchi gersogi (1525-1568).
- 1749 — Eduard Jyenner (1823) — Ingliz xirurgi, chechak kasalligiga qarshi vaksinani yaratgan.
- 1830 — Vladimir Mejov (1894) — taniqli bibliograf, “Turkiston to‘plami” ko‘rsatkichi tuzuvchisi.
- 1842 — Avgust Tissen (1926) — nemis sanoatchisi, konsern asoschisi.
- 1866 — Nikolay Baxtin (1940) — rus shoiri, tarjimon, adabiyotshunos, pedagog.
- 1886 — Alfonso XIII (1941) — Ispaniya qiroli (1886—1931), hozirgi qirol Xuan Karlos I ning bobosi.
- 1897 — Odd Hassel (1981) — norvegiyalik fizik-kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1969).
- 1900 — Nikolay Karaxan (1970) — O‘zbekiston xalq rassomi.
- 1936 — Dennis Xopper (2010) — amerikalik aktyor va rejissyor.
- 1947 — Halima Xudoyberdiyeva — shoira, publisist, jurnalist va tarjimon, O‘zbekiston Xalq shoiri (1992).
- 1951 — Azimjon Asqarov (2020) — qirgʻizistonlik oʻzbek siyosiy faoli va jurnalist.
- 1953 — Qosim-Jomart Tokaev — Qozog’iston Prezidenti (2019-yildan).
- 1973 — Uchqun Tillayev — aktyor, O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist.
- 1983 — Ilhomjon Suyunov — Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi hamda Paxtakor klubi futbolchisi.
- 1991 — Ge Misha — xalqaro toifadagi sport ustasi, 2010-yildan muzda nafis uchish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.