17 noyabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro talabalar kuni.
? Muddatidan oldin tug’ilgan bolalar kuni.
? Xalqaro zo’ravonlikka qarshi kurash kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Ozarbayjon — Milliy tiklanish kuni.
?? Qirg’iziston — Qirg‘iz kinosi kuni.
?? AQSh — Milliy sayyohlik kuni.
?? Italiya — Qora mushuklar kuni.
?? Filippin — Milliy talabalar kuni.
?? Armaniston — Harbiy shifokorlar kuni.
?? Gretsiya — Afina politexnika qo’zg’olonini xotirlash kuni.
?? Rossiya — Tuman militsiya xodimlari kuni.
?? Marshall orollari — Prezident kuni.
?? Chexiya, ?? Slovakiya — Ozodlik va demokratiya uchun kurash kuni.

? VOQEALAR:

  • 1558 — Tyudorlar sulolasining so’nggi vakili Yelizavetta I ingliz taxtiga o‘tirdi.
  • 1757 — Sankt-Peterburgda Badiiy akademiya tashkil etildi (bugun — Rossiya Badiiy akademiyasi).
  • 1800 — Vashingtonda birinchi marta Qo’shma Shtatlar Kongressi yig’ildi.
  • 1804 — Qozon va Xarkovda universitetlar tashkil etildi.
  • 1812 — Krasnoe jangi.
  • 1853 — Tarixdagi birinchi bug‘ fregatlari jangi.
  • 1855 — David Livingstone Viktoriya sharsharasini kashf qildi.
  • 1869 — Suvaysh kanali ochildi.
  • 1922 — Sibir SSSR tarkibiga qõshildi.
  • 1933 — Qo’shma Shtatlar SSSRni tan olishini e’lon qiladi va u bilan savdo aloqalarini tiklaydi.
  • 1948 — Sankt-Peterburgda Avrora kreyseri abadiy parkga qo’yildi.
  • 1950 — Dalay-lama XIV Tibet hukmdori boʻldi.
  • 1973 — Afina politexnika universitetida «Qora polkovniklar» harbiy xuntasiga qarshi qo’zg’olon.
  • 1978 — Sovet Ittifoqi neytron bombasi muvaffaqiyatli sinovdan o’tganini e’lon qildi.
  • 1989 — Pragada „Baxmal inqilobi“ boshlandi.
  • 1991 — Ekvatorial Gvineyaning amaldagi konstitutsiyasi ma’qullangan. 
  • 1997 — Luksorda sayyohlar qirgʻini.
  • 2000 — Samarqandda buyuk fiqh oli­mi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi Imom Abu Mansur Moturidiyning 1130 yillik yubileyi tantanali nishonlandi. Samarqand shahrida Moturidiy yodgorlik majmui ochildi.
  • 2019 — Xitoyda Covid-19 bilan kasallangan birinchi odam aniqlandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1503 — Agnolo Bronzino (1572) — italiyalik rassom, uslubshunoslik vakili.
  • 1755 — Lyudovik XVIII (1824) — Fransiya qiroli (1814—1815 va 1815—1824), Burbonlar sulolasidan.
  • 1787 — Dager Lui Jak Mande — fransuz rassomi va ixtirochisi, fotografiya ixtirochilaridan biri. Birinchi dioramani yaratgan (1822).
  • 1790 — Avgust Myobus (1868) — nemis matematigi va astronomi.
  • 1901 — Ivan Piyryev (1968) — Sovet rejissyori va ssenariy muallifi, SSSR xalq artisti.
  • 1902 — Yudjin Vigner (1995) — amerikalik nazariyotchi fizik, Nobel mukofoti sohibi (1963).
  • 1906 — Soichiro Xonda (1991) — yaponiyalik dizayner va ixtirochi, ishbilarmon, Honda asoschisi.
  • 1930 — Bob Matias — amerikalik sportchi, ikki karra Olimpiya chempioni, siyosatchi.
  • 1935 — Toni Sayler (2009) — avstriyalik chang’ichi, uch karra Olimpiya chempioni va mutlaq jahon chempioni.
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1940 — Yelena Petushkova (2007) — sovet sportchisi (ot sporti), murabbiy, Olimpiya chempioni.
  • 1942 — Martin Skorsese — amerikalik rejissyor, aktyor, prodyuser va ssenariy muallifi, «Oskar» mukofoti sovrindori.
  • 1944 — Denni De Vito — amerikalik aktyor, rejissyor, prodyuser.
  • 1947 — Otaxon Ollaberganov — teatr rassomi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1981).
  • 1966 — Sofi Marso — fransuz kino aktrisasi va rejissyori.
  • 1968 — Robin Li — Xitoylik tadbirkor, Baidu internet qidiruv tizimi asoschisi.
  • 1983 — Amena Khan — britaniyalik modelyer, Pearl Daisy moda kompaniyasiga asos solgan.
  • 1987 — Nadiya Dusanova — Oʻzbekiston sportchisi, balandlikka sakrash boʻyicha ixtisoslashgan, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro toifadagi sport ustasi.
  • 1993 — Anna Andres — ukrainalik model, tadbirkor.