19 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon gumanitar yordam kuni.
🌎 Butunjahon fotosuratlar kuni.
🌏 Xalqaro uysiz hayvonlar kuni.
🌍 Xalqaro orangutan kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇳🇴 Norvegiya — Valiahd malika Mette-Maritning tug’ilgan kuni.
🇻🇳 Vyetnam — Avgust inqilobini xotirlash kuni.
🇺🇸 AQSh — Aviatsiya kuni.
🇺🇸 AQSh ‐ Milliy asalarilar kuni.
🇺🇦 Ukraina — Asalarichilar kuni.
🇳🇷 Nauru ‐ Qabilalar kuni.
🇦🇫 Afg’oniston — Mustaqillik kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1071 — Imperator Roman IV Diogen va Saljuqiylar sultoni Alp Arslon qo’shinlari o’rtasida Mansikert jangi bo’lib o’tdi.
  • 1692 — Massachusets shtatida beshta ayol jodugarlik uchun osildi.
  • 1722 — Inchxe daryosidagi jang.
  • 1812 — Valutina Goradagi jang.
  • 1874 — Telnyashka Rossiya flotida dengizchi formasi sifatida tasdiqlandi.
  • 1856 — Amerikalik Geyl Borden quyultirilgan sut ishlab chiqarish usulini patentladi.
    1887 — Dmitriy Mendeleyev havo shari bilan yuqoriga ko’tarilgan  va quyosh tutilishi hodisasini kuzatgan kun.
  • 1914 — Sharqiy Prussiyada harbiy operatsiya boshlanishi.
  • 1919 — Afg‘oniston Britaniyadan mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1934 — Germaniyada referendum orqali reyxprezident va reyxkansler lavozimlari birlashtirildi.
  • 1941 — Germaniya va Ruminiya o‘rtasida Tiraspol shartnomasi imzolandi.
  • 1944 — Parijda fashistlarga qarshi qo‘zg‘olon boshlandi.
  • 1945 — Yaponiyaning Kvantun armiyasi Manchjuriyada taslim bo‘ldi.
  • 1945 — Vetnam kommunistlari Xanoyni egallab olishdi.
  • 1947 — A vitamini (retinol) birinchi marta sintez qilindi.
  • 1960 — SSSR»   Sputnik-5″ kosmik  kemasida Belka va Strelkani fazoga uchirdi.
  • 1981 — SSSR da maxsus “Vimpel” otryadi tuzildi.
    -1991 — SSSRda davlat toʻntarishiga  urinish.
  • 1991 — Islom Karimov Hindiston safaridan qaytib kelib, Toshkentda faollar yig‘ilishi o‘tkazdi
  • 2004 — Google o’z aktsiyalarini fond bozorida sotishni boshladi.

👉  TAVALLUDLAR:

  • 1646 — Jon Flemstid (1719) — ingliz astronomi, Grinvich rasadxonasining birinchi direktori.
  • 1780 — Pyer Jan De Beranje (1857) — fransuz shoiri, qo’shiqlar muallifi.
  • 1871 — Orvil Rayt (1948) — amerikalik konstruktor, aviatsiya kashshoflarinig kichkinasi.
  • 1879 — Viktor Aleksandrovich Uspenskiy (1949)  — kompozitor, etnograf, pedagog, musiqachi, jamoat arbobi.
  • 1883 — Gabrielle «Koko» Shanel (1971) — fransuz dizayner ayoli, modalar asoschisi.
  • 1886 — Aleksandr Volkov (1957) — rassom.
  • 1939 — Alan Beyker (2018) — britaniyalik matematik. 
  • 1946 — Bill Klinton — AQShning 42-prezidenti (1993-2001).
    -1946 — Firuz Yusupovich Gʻarib — immunolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1998).
  • 1967 — Satya Nadella — asli kelib chiqishi hindistonlik boʻlgan amerikalik  top menejer. 2014-yil 4-fevraldan Microsoft bosh direktori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
  • 1975 — Treysi Toms — amerikalik kinoaktrisa.
  • 1987 — Niko Xulkenberg — germaniyalik poygachi, Formula-1 haydovchisi.
  • 1994 — Nafissatu Tiam — belgiyalik sportchi, yettikurash bo’yicha ikki karra Olimpiada chempioni (2016, 2020).
  • 1995 — Syuy Szyayuy — xitoylik suzuvchi, ikki karra jahon chempioni, ikki karra Olimpiada sovrindori.
  • 1995 — Kim Ji-Yeon — Bona  bilan mashhur, Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa.