? BAYRAMLAR:
? Islom olamida yangi yil — Muharram oyining birinchi kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? AQSh ‐ Milliy shahar asalarichilik kuni.
?? AQSh ‐ Bort kuzatuvchisi xavfsizligi bo’yicha mutaxassislar kuni.
?? Yaponiya — Ayol vazirlar kuni.
?? Ukraina- Murabbiylar kuni.
?? Nepal — Muhandislar kuni.
?? Nikaragua — Sandinista inqilobi kuni.
?? Myanma — Shahidlar kuni.
?? AQSh — Milliy muzqaymoq kuni (National Ice Cream Day).
?? Laos — Fransiyadan Mustaqillik kuni.
? VOQEALAR:
Mil. av. 4241 — Misrliklar taqvimining boshlanishi.
- 711 — Arablar Pireney yarim orolini egallashdi.
- 1195 — Alarkos jangi bo’lib o’tdi.
- 1270 — Tatar O’rdasida pravoslav dinidan voz kechmagani uchun Ryazan knyazi Roman Olegovich qatl qilindi, keyinchalik u Rossiya pravoslav cherkovi tomonidan avliyoga aylandi.
- 1551 — Karlsburg shartnomasi Gabsburglarning Vengriya va Transilvaniyaga bo’lgan huquqlarini tasdiqlaydi.
- 1553 — 9 kun qirolicha bo’lgan Jeyn Grey Angliya taxtidan ag’darildi. Mariya Tyudor yangi qirolicha bo’ldi.
- 1802 — AQShda “Dyupon de Nemur” kimyoviy konserni tashkil etildi.
- 1814 — Ingliz dengiz sayyohi M. Flaynderz o’z kitobida birinchi marta «yashil qit’a”ni Avstraliya deb nomladi.
- 1822 — tarixdagi birinchi fotografiya olindi.
- 1870 — Fransiya-Prussiya urushi boshlandi.
- 1877 — Juranli jangi.
- 1918 — RSFSRda birinchi Sovet konstitutsiyasi kuchga kirdi.
- 1922 — Buxoro va Rossiya respublikalari oʻrtasida shartnoma imzolandi.
- 1923 — Turkiston davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) birinchi Oʻrta Osiyo davlat universiteti nomini oldi.
- 1928 — Xitoy Yevropa davlatlari bilan barcha «adolatsiz» shartnomalarni bekor qildi.
- 1900 — Parij metropoliteni ochildi.
- 1941 — I. V. Stalin SSSR Mudofaa xalq komissari etib tayinlandi.
- 1949 — Laos Fransiyadan mustaqil bo’ldi.
- 1980 — Moskvada XXII Olimpiya o’yinlariga start berildi.
- 1996 — Asakada «OzDEUavto» qoshma korxonasining rasmiy ochilish marosimi.
- 2003 — dunyoda birinchi marta til transplantatsiyasi (ko‘chirib o‘tkazish) muvaffaqiyatli o’tdi.
? TAVALLUDLAR:
- Mil. av. 3228 — Krishna — janmashtami, hinduizmda xudo shakllaridan biri, Vishnuning sakkizinchi avatari.
- 1814 — Semuel Kolt (1862) — Amerikalik konstruktor va sanoatchi, o‘qotar qurol ishlab chiqaruvchi firmaning asoschisi.
- 1834 — Dega Ilyer Jermen Edgar (1917) — Fransuz rassomi, haykaltarosh va impressionizmning yetuk namoyondasi.
- 1893 — Vladimir Mayakovskiy (1930) — rus sovet shoiri, XX asrning buyuk shoirlaridan biri.
- 1896 — Archibald Kronin (1981) — Ingliz yozuvchisi.
- 1910 — Fransisko Koloane Kardenas (2002) — Chililik yozuvchi.
- 1921 — Rozalin Yalov (2011) — Amerikalik biofizik ayol, Nobel mukofoti sohibasi (1977).
- 1937 — Damir Salimov (2019) — kinorejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983).
- 1938 — Vaxtang Kikabidze — sovet va gruzin aktyori, qo’shiqchi, ssenariynavis, kino rejissyori, qo’shiqlar muallifi.
- 1971 — Vitaliy Klichko — Ukrainalik siyosatchi, Kiyev meri, sobiq og’ir vazndagi bokschi, jahon chempioni.
- 1975 — Oksana Chusovitina — badiiy gimnastika sportchisi. U dunyo boʻyicha 8 ta olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachidir.
- 1976 — Benedikt Kamberbetch — Britaniya teatr, kino va televidenie aktyori.
- 1976 — Vinesa Shou — amerikalik aktrisa va model.
- 1984 — Diana Mokanu — ruminiyalik sportchi, suzish bo‘yicha ikki karra olimpiya chempioni (2000).