? BAYRAMLAR:
?? BMT — Ziddiyatlar vaqtida jinsiy zo’ravonlikka qarshi xalqaro kurash kuni.
?? Butunjahon bolalar futboli kuni.
? Ishga borish kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? AQSh — Qullarni ozod qilish kuni.
?? AQSh, Texas shtati — Emansipatsiya kuni.
?? Paragvay — Daraxt ekish kuni.
?? Bermud orollari — Milliy qahramonlar kuni.
?? Buyuk Btitaniya — Bo‘sa olish kuni.
?? Eron — Avliyolar va ziyoratgohlarni ulug‘lash kuni.
?? Filippin — Janubiy Surigao provinsiyasi kuni
?? Jazoir — Inqilob kuni.
?? Norfolk oroli — Qirolichaning tug‘ilgan kuni.
?? Quvayt — Mustaqillik kuni.
?? Urugvay — Xose Artigas tug‘ilgan kuni.
?? Ukraina — Fermerlar kuni.
?? Trinidad va Tobago — Mehnat kuni.
?? Vengriya — Mustaqillik kuni.
? VOQEALAR:
- mil. avv. 240 — Eratosfen Kirenskiy birinchi marta yer meridiani uzunligini o‘lchadi.
- 1205 — Zavixost jangi, unda Kiyev va Galisiya-Volin Buyuk Knyazi Roman Mstislavich halok bo‘di.
- 1324 — Kalyarining taslim boʻlishi. Piza Sardiniyaga bo’lgan huquqlarni Aragonga o’tkazadi.
- 1762 — Rossiya Prussiya bilan tinchlik shartnomasini imzoladi.
- 1790 — Fransiyada dvoryanlikning meros o‘tishi bekor qilindi.
- 1796 — Kirxgeym yonidagi jang.
- 1809 — Fin davlati tashkil topdi.
- 1829 — Ser Robert Pil London Poytaxt Politsiyasini tashkil qildi.
- 1846 — Nyu-Jersida tarixdagi birinchi beysbol oʻyini boʻldi.
- 1862 — Butun AQSh hududida qullik ta’qiqlandi.
- 1899 — Rossiyada Tangalar to‘g‘risidagi ustav tasdiqlandi, S. Yu. Vitte tomonidan moliyaviy islohot tugallandi.
- 1910 — AQShda Vashingtonning Spokan shahrida Dodd xonim tomonidan ta’sis etilgan Otalar kuni birinchi marta nishonlandi.
- 1917 — Buyuk Britaniyadagi hukmron sulola nomi Vindzorlarga oʻzgardi.
- 1921 — Buyuk Britaniyada aholi ro‘yxatga olindi.
- 1961 — Quvayt mustaqilligi e’lon qilindi.
- 1974 — Kanadalik muhandis Don Beytmen keyinchalik minglab odamlarning hayotini saqlab qolgan quruqlik yaqin qolgani to’g’risida ogohlantirish tizimi (GPWS) ga patent olish uchun hujjat topshirdi.
- 1990 — Shengen bitimi davlatlari oʻrtasida chegara nazorati bekor qilindi.
- 1991 — Sovet qo’shinlarining Vengriyadan chiqarilishi yakunlandi.
-1992 — Moldova armiyasi Bendera shahriga qarshi urush harakatlarini boshladi. - 1993 — O‘zbekiston Iroq Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
- 1999 — mashhur onlayn-shooter Counter-Strike ning birinchi versiyasi (1.0 Beta) chiqdi.
- 2006 — Shpitsbergenda butunjahon urugʻ omborxonasi ochildi.
? TAVALLUDLAR:
- 1566 — Yakov I (1625) — Shotlandiya qiroli, Styuartlar sulolasidan bo‘lgan birinchi Angliya qiroli (1603).
- 1623 — Blez Paskal (1662) — fransuz matematigi, fizik, ixtirochi, faylasuf va adabiyotchi.
- 1786 — Fyodor Glinka (1880) — rus shoiri, publisist, prozanavs, dekabrist.
- 1842 — Karl Seller (1898) — avstriyalik bastakor.
- 1897 — Siril Norman Hinshelvud (1967) — ingliz fizik-kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1956).
- 1906 — Ernst Boris Cheyn (1979) — germaniya va brutaniyalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1945).
- 1909 — Osamu Dadzay (1948) — yapon yozuvchisi.
- 1910 — Pol Flori (1985) — amerikalik fizik va kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1974).
- 1922 — Aare Nils Bor (2009) — daniyalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1975).
- 1924 — Vasiliy Bikov (2003) — Belorus xalq yozuvchisi (1980).
- 1926 — Azizxon Qayumov (2018) — adabiyotshunos, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1995).
- 1941 — Vaslav Klaus — chex siyosatchisi, Chexiyaning 2-prezidenti (2003-2013).
- 1954 — Ketrin Tyorner — amerikalik kinoaktrisa.
- 1961 — Bidhya Devi Bhandari — ikkinchi va amaldagi Nepal prezidenti (2015-yildan).
- 1964 — Boris Jonson — britaniyalik siyosatchi va davlat arbobi, Buyuk Britaniya premyer-ministri (2019-yildan).
- 1971 — Lola (Lobar) Islomova — oʻzbek jurnalisti, muxbir va muharrir, publisist.
- 1975 — Oksana Chusovitina — sovet, o‘zbek va nemis gimnastika ustasi, olimpiada chempioni (1992).
- 1978 — Zoi Saldana — amerikalik kinoaktrisa.
- 1986 — Mari Doren Aber — fransuz biatlonchi ayoli, besh karra jahon chempioni.