19 sentabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌍 Aorta disseksiyasi haqida xabardorlik kuni.
☺️ Smaylikning tug‘ilgan kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇸🇰 Slovakiya — Slovakiya Milliy Kengashining birinchi ommaviy chiqishi kuni.
🇲🇩 Moldova ‐ Fuqaro aviatsiyasi kuni.
🇹🇭 Tailand — Tailand muzeylari kuni.
🇷🇺 Rossiya — Qurolsozlar kuni.
🇳🇵 Nepal ‐ Konstitutsiya kuni.
🇰🇳 Sent-Kitts va Nevis ‐ Mustaqillik kuni.
🇨🇱 Chili — Armiya kuni.
🇳🇱 Niderlandiya ‐ Shahzoda kuni.
🇹🇷 Turkiya — Faxriylar kuni.

👉19-SENTABRDA SODIR BO’LGAN VOQEALAR:

  • 1356 — Angliyaliklar Puatye jangida fransuzlarni mag’lubiyatga uchratishdi.
  • 1618 — Plzen qamalining boshlanishi.
  • 1648 — Fransuz olimi Blez Paskal atmosfera bosimi mavjudligini isbotladi.
  • 1841 — birinchi xalqaro temir yo’l qurildi (Strasburg-Bazel).
  • 1888 — Belgiyaning Spa kurortida ilk bor go’zallik tanlovi bo’lib o’tdi.
  • 1893 — Yangi Zelandiyada dunyoda birinchi boʻlib ayollarga saylov huquqi berildi.
  • 1928 — Nyu-Yorkda Mikki Maus multfilmning premyerasi bo’lib o’tdi.
  • 1941 — Kiyevning fashistlar tomonidan egallanishi.
  • 1944 — Finlyandiya va SSSR o’rtasida Moskva sulh shartnomasi imzolandi.
  • 1969 — Mi-24 vertolyotining birinchi parvozi.
  • 1982 — Skot Falman tomonidan “Smaylik”(elektron belgi) o’ylab topildi.
  • 2000 — Berlindagi Reyxstagga o’t qo’yishga urinish.
  • 2006 — Tailandda davlat to’ntarishi sodir bo’ldi.
  • 2017 — O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutq so’zladi

👉 19-SENTABRDAGI TAVALLUDLAR:

  • 86 — Tit Eliy Sezar Antonin (161) — qadimgi Rim imperatori (138-161).
  • 1551 — Genri III Valua (1589) — Fransiya qiroli (1574 yildan), Polsha qiroli va Litva Buyuk knyazi (1574 yildan).
  • 1724 — Nikita Demidov (1789) — rus sanoatchisi, xayriyachi, Tagil fabrikalarining egasi.
  • 1888 — Vsevolod Ivanov (1971) — rus yozuvchisi, tarixiy hikoyalar muallifi.
  • 1911 — Semyon Lipkin (2003) — rus shoiri, tarjimon, Qalmogʻiston xalq shoiri (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1968).
  • 1911 — Uilyam Golding — Angliyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1983).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1917 — Anikushin Mixail Konstantinovich — haykaltarosh, Rossiya Federatsiyasi Badiiy Akademiyasi haqiqiy a’zosi (1962).
  • 1926 — Masatoshi Koshiba — yapon fizigi, Nobel mukofoti sohibi (2002).
  • 1949 — Herold Rooʻd — AQShlik sharqshunos va siyosiy sharhlovchi.
  • 1967 — Aleksandr Karelin — rus klassik uslub kurashchisi, jahon, Yevropa va Olimpiya chempioni, siyosatchi.
  • 1969 — Konstantin Tszyu — sovet, rus va avstraliya bokschisi, jahon chempioni.
  • 1982 — Elena Zamolodchikova — rus gimnastikachisi, ikki karra jahon va Olimpiya chempioni (2000).
  • 1990 — Yuliya Jima — ukrainalik biatlonchi, Olimpiya chempioni (2014).