2 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

 ?? Xalqaro qulchilikka qarshi kurash kuni.
? Butunjahon kompyuter savodxonligi kuni.
? 2D rassomlar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Kanada — Ayollar miya salomatligi kuni.
?? AQSh — Milliy aralash zotli itlar kuni.
?? Hindiston — Assam kuni.
?? Eron — Konstitutsiya kuni.
?? Hindiston — Atrof muhitning ifloslanishini oldini olish milliy kuni.
?? AQSh — Milliy maxsus ta’lim kuni.
?? Rossiya — Bank xodimlari kuni.
?? Kuba — Qurolli Kuchlar kuni.
?? BAA — Mustaqillik kuni.
?? Laos — Milliy kun.

? VOQEALAR:

  • 1409 — Leypsig universiteti ochildi
  • 1804 — Napoleon I boshiga imperator toji kiydirildi.
  • 1805 — Austerliz jangida ruslar magʻlubiyati.
  • 1823 — AQSh Prezidenti Jeyms Monro oʻz doktrinasini  oʻqib eshittirdi.
  • 1848 — Imperator Frans Iosif Avstriya taxtiga o‘tirdi.
  • 1852 — Napoleon III Fransiyada ikkinchi imperiyani e’lon qildi.
  • 1875 — Po‘latxon qo‘zg‘oloni: Botir to‘ra boshchiligadi otliq qo‘shin Pichigin va Meller-Zakomelskiyning jazo otryadlari tomonidan tor-mor etiladi.
  • 1902 — Andijonda 6,5-9 balli zilzila sodir bo‘ldi.
  • 1917 — Birinchi jahon urushi: Sovet Rossiyasi Uchlar ittifoqi bilan urushdan chiqish haqidagi Brest-Litovsk sulhini imzoladi.
  • 1920 — Turkiya va Armaniston oʻrtasida Aleksandropol kelishuvi tuzildi.
  • 1925 — O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Komiteti «Yer va suvni musodara etish to‘g‘risida» va «Yer-suv islohoti o‘tkazish to‘g‘risida»gi dekretlarni qabul qildi.
  • 1942 — Enriko Fermi birinchi zanjirli atom reaksiyasini oldi.
  • 1956 — «Granma» yaxtasi Kubaga Ernesto Che Gevara va Fidel Kastroni eltib qoʻydi.
  • 1971 — “Mars-3” Sovet sayyoralararo avtomatik stansiyasi dunyoda birinchi marta Mars sathiga qo‘ndi.
  • 1971 — Birlashgan Arab Amirliklari tashkil topdi.
  • 1975 — Laosda Respublika e’lon qilindi.
  • 1976 — Fidel Kastro Kuba prezidenti etib saylandi.
  • 1977 — Al-Bayda (Liviya) yaqinida Tu-154 samolyoti halokati. 59 kishi halok bo‘ldi.
  • 1982 — Yuta universitetida ilk bor sun’iy inson yuragi o‘rnatildi.
  • 1990 — Namangan shahrida harbiy xizmatchilar va mahalliy aholi o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
  • 2003 — Xorazm viloyatiga Jaloliddin Manguberdi ordeni topshirildi.
  • 2008 — «Shashmaqom» musiqasi YuNESKO tomonidan «Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi durdonasi» deb tan olindi.
  • 2010 — iPhone uchun Viber messenjeri ishga tushirildi.
  • 2010 — Isroil tarixidagi eng kuchli o‘rmon yong‘inlari sodir bo‘ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1728 — Ferdinando Galiani — italiyalik iqtisodchi.
  • 1825 — Krishyanis Valdemar (1891) — latish yozuvchisi, folklorshunosi va ma’rifatparvari.
  • 1825 — Pedru II (1891) — Braziliyaning ikkinchi va so‘nggi imperatori (1831-1889).
  • 1837 — Jozef Bell (1911) — britaniyalik xirurg, Sherlok Xolmsning prototipi.
  • 1859 — Jorj-Pyer Syora — fransuz rassomi, neoimpressiinizm asoschisi.
  • 1885 — George Minot (1950) — amerikalik patofiziolog va gematolog, Nobel mukofoti sohibi (1934).
  • 1898 — Indra Lal Roy (1918) — hind uchuvchusi, I jahon urushi qatnashchisi.
  • 1921 — Ramz Bobojon (2008) — shoir va dramaturg, Oʻzbekiston xalq shoiri (1981).
  • 1923 — Mariya Kallas (1977) — amerikalik opera qo‘shiqchisi.
  • 1946 — Nosir Muhammad — o‘zbek shoiri.
  • 1946 — Janni Versache (1997) — italyan modelyeri va dizayneri.
  • 1948 — Antonin Panenka — chex futbolchisi, Yevropa chempioni (1976).
  • 1973 — Monica Seles — amerikalik professional tennischi.
  • 1978 — Nelly Furtado — kanadalik qoʻshiqchi, qoʻshiqlar muallifi, instrumentalchi, ovoz yozish prodyusseri va aktrisa.
  • 1981 — Britni Spirs — amerikalik pop qo‘shiqchisi, qo‘shiqlar muallifi, aktrisa.