20 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Xalqaro inson birdamligi kuni.
? Xalqaro ajinli(dazmollanmagan) ko’ylak kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Myanma — Bo Aung Kyaw kuni.
?? Panama — Motam kuni.
?? Qozogʻiston — Davlat kuryerlik xizmati kuni.
?? Rossiya, ?? Armaniston, ?? Belarus, ?? Qirg‘iziston — Xavfsizlik xizmati xodimlari kuni.
?? Reyunon — Qullik bekor qilingan kun.
?? Makao — Makao maxsus ma’muriy hududi tashkil etilgan kun.

? VOQEALAR:

  • 1398 — Amir Temurning Hindistonga yurishi chog‘ida egallangan Dehli sultonligining poytaxti Dehli shahridagi jome‘ masjidida Sohibqiron nomi xutbaga qo‘shib o‘qildi.
  • 1408 — Xon Edigey Moskvadan chekindi, Rusga so‘nggi yirik bosqinning tugashi.
  • 1522 — Usmonlilar Rodos qal’asini egallashdi.
  • 1658 — Valyesar shartnomasi.
  • 1699 — Pyotr I o’zining farmoni bilan Yangi yilni nishonlashni 1 sentyabrdan 1 yanvarga ko‘chirish haqida farmon chiqardi.
  • 1792 — AQSh va Kanada o‘rtasida pochta xizmati yo‘lga qo‘yildi.
  • 1828 — Kanada Rossiya bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi.
  • 1879 — Tomas Edison cho‘g‘lanma lampa ishlashini namoyish qildi.
  • 1880 — Bronxorstspruitdagi otishma, birinchi Bur urushining dastlabki to’qnashuvlaridan biri.
  • 1892 — Muhandislar Aleksandr Braun va Jorj Stillmanning pnevmatik avtomobil shinasi ixtirosiga patent berildi.
    @Kun_tarixi_TV24
  • 1917 — Butunrossiya sabotaj va kontrrevolyutsiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasi (ВЧК) tashkil topdi.
  • 1938 — SSSRda mehnat daftarchasi joriy qilindi.
  • 1958 — Moskvada Feliks Dzerjinskiy haykali ochildi.
  • 1974 — Efiopiya sotsialistik davlat deb e’lon qilindi.
  • 1987 — Filippinda „Donya Pas“ paromi halokatga uchradi, 4375 kishi halok boʻldi.
  • 1989 — AQCh qo‘shinlari Panamaga bostirib kirishdi.
  • 1991 — Pokiston Islom Respublikasi va Ruminiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
  • 1996 — Tokioda O‘zbekiston elchixonasining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
  • 1996 — NeXT kompaniyasi Apple Computer bilan birlashdi, Mac OS X ni ishlab chiqish boshlandi.
  • 1999 — Portugaliya Makao orolini Xitoyga topshirdi.
  • 2000 — Tibbiy maqsadlar uchun klonlashtirish Buyuk Britaniya parlamenti tomonidan tasdiqlandi.
  • 2019 — AQShda Tramp tashabbusi bilan Pentagon koshmik qo‘shinlarni faollashtirdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1629 — Piter De Xox (1685) — golland rassomi, portretchi.
  • 1841 — Ferdinand Byuisson (1932) — fransuz tinchlikparvari, Inson huquqlari Ligasi asoschisi, Nobel mukofoti sohibi (1927).
  • 1873 — Mehmet Akif Ersoy (1936) — turk yozuvchisi va shoiri, Turkiya madhiyasi matni muallifi.
  • 1891 — Mariya Skobsova (1945) — rus shoirasi, yozuvchi, jamoat arbobi, rohiba.
  • 1892 — Ivan Panfilov (1941) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, gvardiya general-mayori, Sovet Ittifoqi Qahramoni (1942).
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1896 — Rahim Pirmuhamedov 1972) — aktyor, O‘zbekiston xalq artisti (1948), SSSR xalq artisti 1967).
  • 1898 — Aleksey Balandin   (1967) — Rossiyada kataliz sohasidagi maktab asoschisi.
  • 1917 — David Jozef Bom   (1992) — iqtidorli fizik.
  • 1922 — Dovidova Berta (2007) — xonanda, maqom yo’llari mohir ijrochisi, Ozbekiston xalq artisti (1964).
  • 1927 — Abduraim Ahmadiy — uygʻur xonandasi, Oʻzbekiston xalq artisti (1989). 
  • 1947 — Yerniyazov Musa (2020) — sovet, keyin Oʻzbek davlat va siyosat arbobi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi (parlamenti) raisi (2002-2020).
  • 1949 — Muhammad Solih — oʻzbek siyosiy muxolifat lideri va yozuvchisi, siyosatchi, jurnalist, shoir.
  • 1963 — Yelena — ispan malikasi, qirol Xuan Karlos I ning katta qizi.
  • 1973 — Vasiliy Slipak (2016) — ukrain opera qo‘shiqchisi, Parij milliy operasining solisti.
  • 1998 — Kilian Mbappe — fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018).