20 iyun kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT — Butunjahon qochoqlar kuni.
? Butunjahon Wi-Fi kuni.
? Xalqaro tennis kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? O‘zbekiston — Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan kun.
?? AQSh ‐ G’arbiy Virjiniya kuni.
?? AQSh ‐ Milliy Amerika burguti kuni.
?? Avstraliya — Daraxt ekish kuni.
?? Ozarbayjon — Gaz sektori kuni.
?? Eritreya — Shahidlar kuni.
?? Argentina — Milliy bayroq kuni.

? VOQEALAR:

  • 404 — 360-yil 15 oktyabrda  cherkov sifatida bino qilingan Ayasofiya  404-yil 20-iyunda  sodir bo’lgan isyonda yoqib yuborildi.
  • 451 — Kataloniyadagi jang. 
  • 1685 — Angliyada Monmut qo’zg’oloni.
  • 1792 — Buyuk fransuz inqilobi: Parijda xalq qo‘zg‘oloni.
  • 1793 — Amerikalik Eli Uitni paxta tozalash mashinasiga patent oldi.
  • 1837 — Viktoriya I Buyuk Britaniya taxtiga o‘tirdi.
  • 1840 — Samuel Morze telegraf uchun patent oldi.
  • 1895 — Boltiq va Shimoliy dengizlarini bog‘lovchi Kil kanali ochildi.
  • 1933 — SSSR Bosh prokuraturasi tashkil etildi.
     — 1933 — Klara Setkin Moskvada surgun yillarida vafot etdi.
  • 1945 — Reyxstag ustiga o‘rnatulgan g‘alaba bayrog‘i Berlindan Moskvaga olib kelindi.
  • 1949 — Rim papasi Chexoslovakiyaning kommunistik rahbarlarini anafemaga berdi.
  • 1950  — «Pravda» gazetasi Stalinning «Marksizm va tilshunoslik» maqolasini nashr etdi.
  • 1954 — Bolgariya va Ruminiya o’rtasida Dunay daryosidagi “Do’stlik” ko’prigi ochildi.
  • 1963 — SSSR va AQSh o’rtasida «qaynoq telefon» liniyasi yaratildi.
  • 1967 — Muhammad Ali Vyetnamda urushayotgan AQSh armiyasida xizmat qilishdan bosh tortgani uchun 5 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.
  • 1990 — Germaniya poytaxti  Bonndan Berlinga ko’chdi.
  • 1990 — Oʻz SSR Oliy Soveti  Oʻzbekiston mustaqillik deklaratsiyasini qabul qildi.
  • 1990 — Latviyada 1922-yilgi konstitutsiya qayta tiklandi.
  • 1993 — La-Mansh bo‘g‘ozi ostidagi Yevrotunnel bo’ylab birinchi poezd qatnovi sinab ko‘rildi.
  • 2003 — Vikimideya fondi tuzildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1583 — Sigizmund Vaza (1632) — Polsha qiroli, Buyuk litva knyazi (1587-1632) va shved qiroli (1592-1599).
  • 1819 — Jak Offenbax (1880) — fransuz bastakori, mumtoz operetta asoschisi.
  • 1861 — Ser Frederik Goulend Xopkins (1947) — ingliz medigi va bioximigi, Nobel mukofoti sohibi (1929).
  • 1905 — Imomxo’jayev Ortiqxo’ja (1996) — xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (1949).
  • 1915 — Terens Yang (1994) — ingliz kinoressyori va ssenariynavisi.
  • 1919 — Karimov Muhammadjon (1998) — xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (1992).
  • 1927 — Simin Behbahoniy (2014) — taniqli eronlik shoira va yozuvchi.
  • 1932 — Sayfi Jaliliy (2003) — taniqli kompozitor, sozanda va dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti.
  • 1932 — Robert Rojdestvenskiy (1994) —  rus sovet shoiri va tarjimon.
  • 1967 — Nikol Kidman — avstraliyalik aktrisa, “Oskar”, BAFTA, “Oltin globus” kabi mukofotlar sohibasi.
  • 1978 — Frenk Lempard — ingliz futbolchisi, murabbiy va bolalar yozuvchisi.
  • 1983 — Ignatiy Nesterov — Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasining sobiq darvozaboni.
  • 1987 — Gulhida Joʻrayeva — taniqli oʻzbek jurnalisti va teleboshlovchisi. „Oltin qalam“ mukofoti sohibasi (2014).
  • 1998 — Muslima Odilova — oʻzbek paralimpiyachi suzuvchisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi.