20 yoshli eronlik dunyodagi eng pakana odam deb topildi
20 yoshli eronlik yigit dunyodagi eng pakana odam sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi. Erkakning bo‘yi 64 santimetrga teng.
Rekord muallifi Afshin Ismoil Qodirzoda hisoblanadi. Ota-onasining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘il tug‘ilganda vazni atigi 600 gramm bo‘lgan. Shifokorlarning noxush bashoratiga qaramay, bola yashab ketgan.
Yigit o‘zining bo‘yi pakana ekanidan aslo siqilmaydi.
«Dunyodagi eng baland odam kimligini bilaman. Men uning kaftiga sig‘ardim», deb hazillashadi Qodirzoda.
Afshin jismoniy xususiyatlari tufayli ish topishda qiynalayotganidan shikoyat qiladi, ammo erishgan shuhrati oilasini moddiy jihatdan ta’minlashga yordam beradi degan umidda.
«Orzum — ota-onamga yordam berish. Balki, dunyo miqyosidagi e’tirof orzumni ro‘yobga chiqarishga yordam berar», deydi u.
O‘xshash so‘zlar
- Doimiy charchoqning 7 ta tibbiy bo‘lmagan sabablari
- EctoLife — dunyodagi birinchi sun’iy bachadon tushunchasi
- Jaziramada smartfoningizni asrash uchun beshta maslahat
- O’zbekistonda yangi o’zbek sporti — Ucharto’p ixtiro qilindi
- Olimlar nima uchun yashil rang og’riqni yengillashtirishini tushuntirishdi
- Shirinliklar yeyishning zarari
- Tesla kompaniyasi odamga o`xshash robotni namoyish etdi











