21 oktabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon yod tanqisligining oldini olish kuni.
? Uy kinosi kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? O’zbekiston — Davlat tili kuni.
?? Hindiston — Politsiyachilarni xotirlash kuni.
?? Tayvan — Dengiz ortidan kelgan xitoylik(xuatsyao)lar kuni.
?? Tailand — Milliy hamshiralar kuni, Milliy stomatologik gigiyena kuni.
?? Misr — Misr dengiz floti kuni.
?? Gonduras — Qurolli kuchlar kuni.
?? Burundi — Prezident Ndadayeni xotirlash kuni.
?? Belarus — Otalar kuni.
?? Buyuk Britaniya — Olma kuni (Apple Day).

? VOQEALAR:

  • 1097 — salibchilar Antioxiyani qamal qilishdi.
  • 1520 — Fernan Magellan Magellan bo’g’ozini kashf etdi.
  • 1578 — Venden jangi.
  • 1641 — Olsterda katoliklar qo’zg’oloni: minglab inglizlar va shotlandlar o’ldirildi.
  • 1727 — Kyaxtada Rossiya-Xitoy shartnomasi imzolandi.
  • 1731 — Qozoqlarning kichik juzi, Abulxayrxon tashabbusi bilan Rossiya imperiyasining fuqarosi bo’ldi.
  • 1805 — Trafalgar jangi: Napoleon I flotsiz qoldi.
  • 1824 — Angliyalik Jozef Aspdin portland sementiga patent oldi.
  • 1879 — Amerikalik ixtirochi Tomas Alva Edison o’zining ko’mirli ipda ishlovchi ilk lampasini sinovdan o’tkazdi.
  • 1895 — Yaponiya Tayvanni bosib oldi.
  • 1935 — Germaniya rasman Millatlar ligasidan chiqdi.
  • 1950 — Tibet armiyasi taslim bo’lganidan so’ng, Xitoy qo’shinlari Tibetni egallab olishdi.
  • 1966 — Yak-40 samolyotining birinchi parvozi.
  • 1968 — Toshkentda Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari 1-Xalqaro kinofestivali ochildi.
  • 1969 — Somalida qonsiz inqilob (Milliy kun).
  • 1971 — SSSR Semipalatinsk poligonida yadro sinovlarini o’tkazdi.
  • 1975 — “Venera 9” — Venera orbitasiga chiqarilgan birinchi sun’iy yo’ldosh bo‘ldi.
  • 1975 — SSSR Novaya Zemlyada yadro sinovlarini o’tkazdi.
  • 1989 — O’zbek tili O’zbekistonning davlat tili deb e’lon qilindi.
  • 1991 — Marshall orollari mustaqillikka erishgan 
  • 1994 — Xalqaro “Tefi” mukofoti ta’sis etildi.
  • 1996 — Toshkent shahrida Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi va unda Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
  • 1997 — Aleksandr Soljenitsin nomidagi Adabiy mukofot ta’sis etildi.
  • 1993 — Burundida Prezident Melchior Ndadaye va 6 vazir harbiy to’ntarishga urinish paytida o’ldirildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1328 — Chju Yuanjang (1398) — Xitoy imperatori, Min sulolasining asoschisi (1338-yildan).
  • 1675 — Xigashiyama (1710) — Yaponiyaning 113-imperatori (1687-1709).
  • 1833 — Alfred Nobel (1896) — Shved kimyogari, dinamit ixtirochisi, taniqli mukofotning asoschisi.
  • 1908 — Sulaymon Azimov (1996) — faylasuf olim, jamoat arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1958).
  • 1909 — Sobitov Zohid — kinorejissyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1964), O’zbekiston xalq artisti (1970).
  • 1922 — Liliane Bettencourt (2017) — kosmetik vositalar ishlab chiqaruvchi «LʼOréal» shirkatining asoschisi.
  • 1940 — Pele (haqiqiy ismi Edson Arantis du Nasimentu) — braziliyalik futbolchi.
  • 1928 — Radner Muratov (2004) — kinoaktyor (Vasiliy Alibabayevich — “Omadli jentelmenlar”).
  • 1929 — Ursula Le Guyn (2018) — amerikalik ilmiy — fantast yozuvchi.
  • 1945 — Nikita Mixalkov — aktyor va kinorejissyor, Oskar mukofoti sovrindori.
  • 1949 — Benyamin Netanyaxu — Isroil Bosh vaziri.
  • 1957 — Volfgang Ketterli — nemis fizigi, Nobel mukofoti sovrindori (2001).
  • 1958 — Andrey Geym — golland fizigi, Nobel mukofoti sovrindori (2010).
  • 1980 — Kim Kardashyan — amerikalik model, aktrisa, televidenie yulduzi.
  • 1986 — Munisa Rizayeva — xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
  • 1996 — Mahmud Gaipov — oʻzbek bokschisi.