22 fevral kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon fikrlash kuni.
? Butunjahon ensefalitga qarshi kurash kuni.
?? Yevropa Ittifoqi — Jinoyat qurbonlari kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Yaponiya — Mushuklar kuni.
?? Yaponiya — Takeshima kuni.
?? Polsha — Jinoyat qurbonlari kuni.
?? AQSh — Milliy yovvoyi tabiat kuni.
?? AQSh — Supermarket xodimlari kuni.
?? Saudiya Arabistoni — Tashkil etilgan kun.
?? Sent-Lyusiya — Mustaqillik kuni.

? VOQEALAR:

  • 1407 — Amir Temurning nabirasi, Sohibqiron vafotidan oldin uni oʻziga valiahd deb eʼlon qilgan Temuriy shahzoda Pirmuhammad Mirzo vafot etdi.
  • 1495 — Fransiya qiroli Karl VIII Neapolni jangsiz egalladi.
  • 1632 — Galelio Galiley o‘zining “Dunyoning ikki yetakchi — Ptolemey va Kopernik sistemalari to‘g‘rida dialog” asarini chop etdi.
  • 1714 — Sankt-Peterburgda Botanika bog‘i tashkil etildi. 
  • 1744 — Avstriya merosxo‘ri uchun urushda Tulon jangi boshlandi.
  • 1819 — Ispaniya Floridani AQShga 5 million dollarga sotdi.
  • 1828 — Rossiya va Eron o‘rtasida Turkmanchoy shartnomasi imzolandi.
  • 1848 — Parijda burjua-demokratik inqilobi boshlandi. 
  • 1878 — Birinchi martta Chaykovskiyning to’rtinchi simfoniyasi ijro etildi.  
  • 1901 — “Rio-de-Janeyro” yo‘lovchi kemasi halokati: 128 ta qurbon.
  • 1913 — Meksika inqilobi: to‘ntarish natijasida prezident Fransisko Madero o‘ldirildi.
  • 1918 — Qoʻqon shahridagi Rus-Osiyo banki binosida bolsheviklar tomonidan tayyorlangan «tinchlik shartnomasi» imzolandi. 
  • 1945 — Urugvay Germaniyaga urush e‘lon qildi.
  • 1946 — Doktor Zelman Vaksman streptomitsin antibiotigini kashf qildi.
  • 1958 — Misr va Suriya prezidentlari ikki davlat birlashishi to‘g‘risidagi aktni imzolashdi.
  • 1966 — “Kosmos-110” yo‘ldoshi bortida Veterok va Ugolok itlari bilan kosmosga uchirildi.
  • 1968 — sovet antarktika stansiyasi — “Bellensgauzen” ishga tushdi.
  • 1979 — Sent-Lyusiya Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
  • 1990 — Angliya hukumati “Jinoyat qurbonlari Xartiyasi” ni e’lon qildi.
  • 1993 — Ganjada ozarbayjon zobiti Surat Guseynov hukumatga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi.
  • 1995 — “Adolat” gazetasi chiqa boshladi.
  • 2015 — Xarkovda terakt sodir etildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1403 — Karl VII Muzaffar (1461) — Valualardan bo‘lgan Fransiya qiroli (1422-yildan).
  • 1732 — Jorj Vashington (1799) — Amerika davlat arbobi va harbiy rahbari, AQShning birinchi Prezidenti (1789-1797).
  • 1788 — Artur Shopengauer (1860) — nemis faylasufi, irratsionalizm maktabi ilk namoyondalaridan.
  • 1800 — Anna Kern (1879) — rus zodagon ayoli, memuarist.
  • 1810 — Shopen Friderik (1849) — polyak kompozitori, pianinochi, musiqiy romantizmning yirik vakili, milliy kompozitorlik maktabi asoschisi.
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1850 — Fedor Vasilyev (1873) — rus peyzaj rangtasvirchisi.
  • 1857 — Gers Genrix Rudolf (1894) — nemis fizigi, elektrodinamikaning asoschilaridan biri, elektromagnit to’lqinlarni kashf etgan (1888).
  • 1909 — Jamol Karimov (1993) — matematik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967).
  • 1914 — Renato Dulbekko (2012) — amerikalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi (1975).
  • 1917 — Yo’ldoshev Sadriddin — biolog olim, akademik (1978), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1968). 
  • 1921 — Jan-Bedel Bokasso (1996) — Markaziy Afrika respublikasining prezidenti (1966-1976) va imperatori (1976-1979).
  • 1921 — Mazina Juletta (1994) — italyan kinoaktrisasi.
  • 1948 — Azim Suyun (2020) — shoir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
  • 1969 — Xoakin Kortes — ispan aktyori, balet raqqosi, YI da lo‘lilar vakili.
  • 1975 — Dryu Berrimor — amerikalik aktrisa.
  • 1975 — Olga Budina — rossiyalik aktrisa, romanslar ijrochisi.
  • 1982 — Dichen Lachman — kelib chiqishi nepallik boʻlgan avstraliyalik aktrisa.
  • 1988 — Ximena Navarrete — meksikalik model, ”Dunyo go‘zali 2010“ konkursi g‘olibasi.