22 sentabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Fillarni qadrlash kuni.
? Astronomiya kuni.
? Butunjahon avtomobilsiz kuni.
? Butunjahon karkidonlar kuni.
? Butunjahon narkolepsiya kuni.
? Butunjahon surunkali miyeloid leykemiya kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Estoniya — Qarshilikka qarshi kurash kuni.
?? Latviya, ?? Litva — Boltiq birligi kuni.
?? Ukraina — Partizan shon-sharafi kuni.
?? Tojikiston ‐ Rudaki kuni.
?? Barbados — Daraxt ekish kuni.
?? Urugvay — O’qituvchilar kuni.
?? AQSh — Amerikalik ishbilarmon ayollar kuni.
?? Mali — Mustaqillik kuni.
?? Bolgariya ‐ Mustaqillik kuni.

? 22-SENTABRDA SODIR BO’LGAN VOQEALAR:

  • 1236 — Saul jangi.
  • 1499 — Bazel shartnomasiga binoan Shveytsariya Konfederatsiyasi Muqaddas Rim imperiyasidan mustaqil bo’ldi.
  • 1692 — Salemda so’nggi sakkiz «jodugar» osilishi.
  • 1789 — Turk armiyasi rus-avstriya qo’shinlari tomonidan tor-mor qilindi.
  • 1792 — Fransiya Respublika deb e’lon qilindi.
  • 1792 — Fransuz respublikasi taqvimidagi birinchi kun.
  • 1862 — AQSh prezidenti Avraam Linkoln negr qullarni ozod qilishni e’lon qildi.
  • 1869 — Avstriyada dunyoda birinchi pochta otkritkalari chiqarildi.
  • 1908 — Bolgariya Usmonli imperiyasidan mustaqillikka erishdi.
  • 1908 — Amerikalik injiner va sanoatchi Genri Ford Ford- T deb nomlangan yangi avtomobil modelini ishlab chiqarishni boshladi. 
  • 1921 — Latviya, Litva va Estoniya Millatlar Ligasiga qabul qilindi.
  • 1939 — Vermaxt va Qizil Armiyaning birgalikdagi paradi.
  • 1960 — Mali Respublikasi Fransiyadan mustaqillikka erishdi.
  • 1974 — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida birinchi marta mustaqil «Falastin masalasi» kun tartibiga kiritildi.
  • 1980 — Eron-Iroq urushining boshlanishi.
  • 1989 — qozoq tili Qozog’istonning davlat tili deb e’lon qilindi.
  • 1991 — Tojikistonda Kommunistik partiya faoliyati taqiqlandi.
  • 1991 — Mustaqil Kosovo Respublikasining birinchi marta e‘lon qilinishi.
  • 1993 — Suxumi uchun jang: Abxaz qo’shinlari Tu-154 yo’lovchi samolyotini urib tushirdi. 108 kishi vafot etgan.
  • 2010 — Isroilda dinsiz fuqarolar uchun fuqarolik nikohi to’g’risidagi qonun kuchga kirdi.

? 22-SENTABRDAGI TAVALLUDLAR:

  • 1791 — Maykl Faradey (1867) — ingliz fizigi va kimyogari, elektromagnit induksiyani kashf etgan, generatorni yaratgan.
  • 1835 — Aleksandr Potebnya (1891) — ukrain-rus slavyanshunos filoligi, so’zning ichki shakli qoidalari muallifi.
  • 1835 — Potanin Grigoriy Nikolayevich (1920) — rus sayyohi, etnografi, folklorshunosi.
  • 1842 — Abdulhamid II (1918) — Turkiya sultoni (1876-1909).
     — 1891 — Viktor Bunak (1979) — antropologiya maktabi asoschisi, biologiya fanlari doktori (1935).
  • 1900 — Sergey Ozhegov (1964) — sovet tilshunosi, leksikograf, rus tilining izohli lug’atini tuzgan.
  • 1905 — Eygen Zenger (1964) — nemis raketasozi, Xalqaro astronavtika federatsiyasining birinchi prezidenti.
  • 1915 — Shomatov Nasriddin (1987) — travmatolog-ortoped, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1972).
  • 1917 — Sohiboev Rixsi (1974) — jurnalist, jamoat arbobi. Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi (1968).
  • 1922 — Yang Chen Ning — xitoy fizigi, Nobel mukofoti sohibi.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1932 — Algirdas Brazauskas (2010) — Litva Respublikasi Prezidenti (1993-1998) va Bosh vaziri (2001-2006).
  • 1938 — Din Rid (1986) — amerikalik qo’shiqchi, kinoaktyor, kinorejissyor va jamoat arbobi.
  • 1953 — Nosirov Elyor — O’zbekiston xalq artisti (2003). 
  • 1958 — Andrea Bocelli — italiyalik qo’shiqchi (tenor).
  • 1976 — Ronaldu — braziliyalik futbolchi, ikki karra jahon chempioni (1994, 2002).
  • 1981 — Serdar Berdimuhamedov — turkman davlat va siyosat arbobi, Turkmaniston prezidenti (2022-yil 19-martdan).
  • 1989 — Sabina Lisitski — nemis tennischisi, ayollar ichida koptokcha tezligi bo’yicha jahon rekordchisi.
  • 1997 — Halima Aden — somali-amerikalik model, 2021-yilda u BBCning 100 ayoli roʻyxatiga kiritilgan.
  • 1999 — Kim You Jung — janubiy koreyalik aktrisa.