23 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Xalqaro qul savdosini yo’qotish va uning qurbonlarini xotirlash kuni.
🇪🇺 Yevropada stalinizm va natsizm qurbonlari xotirasi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇷🇴 Ruminiya — Fashizm va kommunizm qurbonlarini xotirlash kuni.
🇺🇦 Ukraina — Bayroq kuni.
🇮🇷 Eron — Shifokorlar kuni.
🇧🇾 Belarus — Milliy statistika qo’mitasi xodimlari kuni.
🇧🇷 Braziliya — Dengiz aviatsiyasi kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 476 — Odoakr Titsin yonida rim qo’mondoni Flaviy Orestayni mag’lub etdi va o’z qo’shinlari tomonidan Italiya qiroli deb e’lon qilindi.
  • 634 — Birinchi xalifa Abu Abu Bakr r.a. 63 yoshida vafot etdi.
  • 1514 — Yavuz Sulton Selim boshchiligidagi Usmonli Armiyasi Chaldiran jangida Shoh Ismoil qo’shini ustidan g’alaba qozondi.
  • 1552 — Ivan IV Qozonni qamal qildi.
  • 1572 — Parijda Varfolomey kechasi.
  • 1382 — Moskvani To’xtamishxon hujumidan himoya qilish paytida  Rossiyada birinchi marta artilleriya ishlatilgan.
  • 1839 — Inglizlar Gonkongni egallab olishdi.
  • 1866 — Pragada tinchlik bitimi imzolanib, Avstriya-Prussiya urushi tugadi.
  • 1904 — avtomobil shinalari zanjiri patentlangan.
  • 1905 — Rossiya-Yaponiya o’rtasida kelishuv.
  • 1913 — Kopengagenda Andersen ertak qahramoni — suv parisi haykali ochildi.
  • 1914 — Yaponiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi va Antanta tomonida I Jahon urushiga kirdi.
  • 1920 — Chorjo‘yda Buxoro amirligiga qarshi qo‘zg‘olon boshlandi.
  • 1921 — Sakarye jangining boshlanishi — II yunon-turk urushida tub burilish davri.
  • 1923 — Turkiya parlamenti Lozanna  shartnomasini tasdiqladi.
  • 1924 — “Monako” fransuz futbol klubi tashkil etildi.
  • 1939 — SSSR va Germaniya o’rtasida hujum qilmaslik haqidagi kelishuv imzolandi.
  • 1943 — Kursk jangida nemis qo’shinlari Sovet qo’shinlari tomonidan yanchib tashlandi.
    -1959 — AQSh hukumati mamlakatdagi 400 ta maktabda rus tilini o’qitish dars soati sifatida kiritilishini e’lon qildi.
  • 1975 — Xarkov metrosi ochildi.
  • 1976 — Xitoyda kuchli zilzila oqibatida minglab odamlar halok bo’ldi.
  • 1990 — Armaniston SSSR dan mustaqillik e’lon qildi.
  • 1991 — Butunjahon O‘rgimchak to‘ri tashkil etilgan: dunyodagi birinchi veb -serverga ochiq kirish.
  • 1994 — O‘zbekiston va Moldova Respublikalari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
  • 1998 — Rossiyada Sergey Kirienko boshchiligidagi hukumat iste’foga chiqdi.
  • 2002 — Xitoy poytaxtining Tyananmen markaziy maydonida Italiya, Daniya va Xitoyning etakchi dizaynerlarining moda namoyishi bo‘lib o‘tdi.
  • 2005 — TANS Peru kompaniyasining Boeing 737-244 Advanced samolyoti Pukalpa yaqinida qulab tushdi va bortdagi 98 kishidan 40 nafari halok bo’ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1603 — Abulg’oziy Bahodirxon (1663) —  xoni (1643—1664), shayboniylar sulolasidan, tarixchi va tabib.
  • 1754 — Lyudovik XVI (1793 yil 21 yanvarda qatl etilgan) — Fransiya qiroli (1774-1792).
  • 1773 — Yakob Fridrix Friz (1843) — Nemis idealist faylasufi, fizik va matematik.
  • 1836 — Muso ibn Mulla Isoxo’ja Sayramiy — tarixchi, davlat arbobi, mudarris, adib va shoir.
  • 1880 — Aleksandr Grin (1932) — rus sovet neo-romantik yozuvchisi.
  • 1899 — Albert Claude (1983) — belgiyalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1974).
  • 1921 — Kennet Jozef Errou (2017) — Amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1972).
  • 1924 — Robert Merton Solou — amerikalik iqtisodchi, Nobel mukofoti sohibi (1987).
  • 1931 — Xamilton Smit — amerikalik mikrobiolog, gen muhandisi, Nobel mukofoti sohibi (1978).
  • 1933 — Robert Kyorl — amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1996).
  • 1952 — Roza Otunbayeva —  Qirgʻiziston prezidenti (2010-2011).
  • 1954 — Halima binti Yoqub — Singapurlik siyosatchi, mamlakat Prezidenti.
  • 1978 — Kobe Brayant (2020) — amerikalik basketbolchi, ikki karra Olimpiya chempioni (2008, 2012).
  • 1986 — Vik Uayld — amerikalik va rossiyalik snoubordchi, ikki karra Olimpiya chempioni (2014).
  • 1990 — Mariama Yamanka — nemis bobsleychisi, Olimpiya chempioni (2018).