23 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon snoubord kuni (World Snowboard Day).

? MillIY BAYRAMLAR:

?? Sudan — Bolalar kuni.
?? Misr — G‘alaba (Port-Saidning ozod qilinish) kuni.
?? Shvetsiya — Qirolicha Silviyaning tug’ilgan kuni.
?? Meksika — Rediska kuni.
?? Hindiston — Fermerlar kuni.

? VOQEALAR:

  • 484 — Gunerixning o’limidan so’ng Guntamund vandallar qiroliga aylandi.
  • 558 — Xlotar I Frank qirolligini o‘z qo‘l ostida birlashtirishni yakunladi.
  • 962 — Halab qamali.
  • 1558 — Ingliz sayyohi, savdo agenti va diplomati Antoniy Jenkinson Buxoroga keldi.
  • 1672 — Italyan astronomi Jovanni Kassini Saturnning navbatdagi yo‘ldoshi — Reyani kashf qildi.
  • 1876 — Usmonlilar imperiyasining birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1888 — Vincent van Gog o’z qulog’ini kesdi.
  • 1900 — Rejinald Fessenden dunyodagi birinchi ovozli eshittirishni amalga oshirdi.
  • 1904 — Vilnyusda litva tilidagi birinchi gazeta — «Vilnyaus Jinios» nashr etildi.
  • 1913 — AQShda bir nechta yirik banklardan Federal zahira tizimi tashkil etildi.
  • 1938 — London muzeyiga Latimeriya balig’i olib kelindi.
  • 1953 — SSSRda L. P. Beriya, V. N. Merkulov, B. Z. Kobulov, S. A. Goglidze, P. Ya. Meshik, V. G. Dekanozov va L. E. Vlodzimirskiy otib tashlandi.
  • 1947 — Amerikada tranzistorning rasmiy taqdimoti o’tkazildi. Shu kun tranzistor ixtiro etilgan kun hisoblandi.
  • 1972 — Managua zilzilasi.
  • 1979 — Afg’oniston urushi: Sovet qo’shinlari Kobulni egallashdi.
  • 1990 — Sloveniyaning Yugoslaviyadan ajralib chiqishi to‘g‘risidagi referendum. Qatnashganlarning 95%i rozilik bildirishgan.
  • 1991 — Shveytsariya Konfederatsiyasi O’zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
  • 1993 — Xalqaro Bobur jamg’armasi tashkil etildi.
  • 1994 — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublika muzeylar faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
  • 1994 — Moldova Respublikasi tarkibidagi Gagauziya (Gagauz-Yeri) avtonom hududiy birligi to’g’risidagi qaror rasman e’lon qilindi.
  • 2007 — Nepalda monarxiya tugatildi.
  • 2007 — Islom Karimov 7 yil muddatga uchinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
  • 2008 — Gvineyadagi harbiy to’ntarish.
  • 2009 — Nijniy Tagildagi «Yestyuninskaya» konida portlash sodir bo’ldi, 9 kishi halok bo’ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1722 — Aksel Kronstedt (1765) — nikelni kashf etgan shved kimyogari va mineralogi.
  • 1777 — Aleksandr I (1825) — Rossiya imperatori (1801-1825).
  • 1790 — Jan-Fransua Shampolyon (1832) — fransuz tarixchi sharqshunosi va lingvisti, misrshunoslik asoschisi.
  • 1799 — Karl Bryullov (1852) — Mashhur rus rassomi.
  • 1810 — Karl Rixard Lepsius (1884) — nemis arxeologi va misrshunosi.
  • 1881 — Xuan Ramon Ximenes — Ispan shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1956).
  • 1908 — Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (1982) — muftiy, din va jamoat arbobi.
  • 1911 — Niels Kaj Jerne (1994) — ingliz immunologi, Nobel mukofoti sohibi (1984).
  • 1918 — Gelmut Shmidt (2015) — nemis siyosatchisi, GFR ning 5-federal kansleri (1974-1982).
  • 1920 — Asqad Muxtor (1997) — Atoqli shoir va yozuvchi.
  • 1931 — Lev Durov (2015) — teatr va kino aktyori, SSSR xalq artisti.
  • 1933 — Akixito — Yaponiyaning 125-imperatori (1989-2019).
  • 1943 — Najimatdin Ansatboyev — qoraqalpoq aktyori va rejissyori, Oʻzbekiston xalq artisti (1974).
  • 1953 — Mariya Romanova — Rossiya imperatorlik uyining rahbari.
  • 1976 — Sevarа  Nazarxonova —  xonanda, “Nihol” mukofoti sohibasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist (2002).
  • 1976 — Yuliya Chepalova — rossiyalik chang’ichi, uch karra Olimpiya chempioni, ikki karra jahon chempioni.
    -1978 — Samandar Hamroqulov — oʻzbek pop qoʻshiqchisi, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
  • 1989 — Yulduz Rajabova ‐ oʻzbek hamda turk film va teatr aktrisasi.
  • 1997 — Mateya Yelich — xorvatiyalik taekvondochi, Olimpiada chempioni (2020).
  • 1999 — Dmitriy Kozlovskiy — rossiyalik figurali uchuvchi, Yevropa chempioni, Jahon chempionati sovrindori.