24 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Tez eriydigan kofe tug’ilgan kun.
? Xalqaro o’z-o’ziga mehribonlik kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh ‐ Milliy issiqlik muhandislari kuni.
?? Polsha — Politsiya kuni.
?? Venesuela — Dengiz kuchlari kuni.
?? Ekvador, ?? Venesuela, ?? Kolumbiya, ?? Boliviya — Simon Bolivar kuni.
?? Vanuatu — Bolalar kuni.
?? Rossiya — Kadastr muhandislari kuni.
?? Gretsiya — Demokratiyani tiklash kuni.

? VOQEALAR:

  • 971 — Dorostol yaqinida Kiyev knyazi Svyatoslav va Vizantiya imperatori Iogan Simisxiy  sharafli tinchlikka kelishdilar.
  • 1471 — Ivan III ning buyrug’i bilan Novgorod xalq lashkarining rahbari Dmitriy Boretskiyning boshi kesildi.
  • 1534 — Jak Kartye rahbarligidagi fransuz ekspeditsiyasi Sent-Lorens daryosi (Kanada) ga yetib bordi.
  • 1701 — Detroyt shahriga asos solindi.
  • 1704 — rus qo’shinlari Yuryevni shvedlardan qaytarib oldi.
  • 1759 — La-Bella-Familda jangi bo’lib o’tdi.
  • 1783 — Georgiy traktati imzolandi.
  • 1790 — Fransiyada tarixda birinchi marta Yerga tushgan meteorit hujjatlashtirildi.
  • 1837 — birinchi ommaviy parashyut namoyishi fojiali yakunlandi.
  • 1863 — Sulton Sayidxon ibn Mallaxon Qo’qon xonligi taxtini egalladi.
  • 1870 — Nyu-Yorkka San-Fransiskodan birinchi qit’alararo poezd keldi.
  • 1908 — Turkiyada 1876-yilgi konstitutsiya qayta tiklandi.
  • 1911 — Amerikalik arxeolog Xayram Bengem Peruda Inklar imperiyasiga tegishli Machu-Pikchu shahrini topdi.
  • 1923 — Lozanna konferensiyada bo’g’ozlar rejimi to’g’risida konvensiya imzolandi.
  • 1938 — Tezkor qahva ixtiro qilindi.
  • 1941 — Bo‘lg‘usi AQSh prezidenti Garri Trumen Germaniya g’olib bo’layotganda SSSRga va SSSR g’olib bo’layotganda Germaniyaga yordam berishga chaqirdi.
  • 1942 — Rostov-Donni nemis qo’shinlari egallashdi. Kavkaz uchun janglar boshlandi.
  • 1977 — Misr va Liviya o’rtasidagi to’rt kunlik urushning tugashi.
  • 1987 — IBM «DOS» 3.3 versiya operatsion tizimini chiqardi.
  • 1991 — Hindiston iqtisodiy rejalashtirishdan chetga chiqib ketganini e’lon qildi.
  • 1994 — Temuriylar tarixi Davlat muzeyiga O‘zbekiston Prezidentining sovg‘asini topshirildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1469 — Xuroson hukmdori sulton Husayn Boyqaroning onasi Feruzabegim olamdan o’tdi.
  • 1759 — Viktor Emmanuel I (1824) — Sardiniya qiroli va Savoy gertsogi (1802-1821).
  • 1775 — Fransua Evgeniy Vidok (1857) — Fransuz jinoiy politsiyasining asoschisi bo’lgan sobiq jinoyatchi.
  • 1783 — Simon Bolivar (1830) — Lotin Amerikasi ozodligi qahramoni.
  • 1802 — Aleksandr Dyuma (kattasi, 1870) — atoqli fransuz adibi.
  • 1803 — Adolpe Adam (1856) — fransuz bastakori.
  • 1828 — Nikolay Chernishevskiy (1889) — rus yozuvchisi, adabiyotshunos, faylasuf, inqilobchi demokrat.
  • 1857 — Xenrik Pontoppidan (1943) — Daniyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sohibi (1917). 
  • 1874 — Mixail Gernet (1953) — rus va sovet huquqshunos olimi, kriminolog.
  • 1897 — Amelia Erhart (1937 yilda bedarak yo’qolgan) — amerikalik yozuvchi va aviator, Atlantika okeanidan uchib o‘tgan birinchi ayol uchuvchi.
  • 1899 — Milisa Matуe (1966) — sovet misrshunos ayoli, san’atshunos, tarixchi.
  • 1956 — Narbaeva Tanzila — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi (2019-yildan), Oʻzbekiston velosport federatsiyasi prezidenti (2011-yildan), Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi (2016-2019), Senat aʼzosi (2019-yildan).
  • 1957 — Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekiston Respublikasining prezidenti (2016-yildan).
  • 1960 — Odilov Hasan — yogoch oymakori, O`zbekiston xalq ustasi (2002).
  • 1960 — Vyacheslav Bikov — Sovet va Rossiya xokkeychisi, 5 karra jahon chempioni, ikki karra Olimpiya chempioni, Rossiyada xizmat ko’rsatgan murabbiy.
  • 1969 — Jennifer Lopes — amerikalik aktrisa, qo’shiqchi, raqqosa, modelyer.
  • 1979 — Roz Birn — avstraliyalik aktrisa.
  • 1982 — Elizabet Singlton Moss — amerikalik aktrisa.
  • 1982 — Anna Pekuin — Oskar mukofotiga sazovor bo’lgan Yangi Zelandiya kino va teatr aktrisasi.
  • 1992 — Najmiddinova Feruzaxon — oʻzbek jurnalisti, Inson huquqlari himoyachisi.