25 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Butunjahon bezgakka qarshi kurash kuni.
?? Xalqaro AKT sohasida qizlar kuni.
?? Xalqaro delegatlar kuni.
? Butunjahon pingvinlar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Qozog‘iston — Futbol kuni.
?? Tailand — Qirol Naresuan kuni.
?? Rossiya — Chuvash tili kuni.
?? AQSh — DNK kuni.
?? Germaniya — Daraxt ekish kuni.
?? Islandiya — Yozning birinchi kuni.
?? KXDR – Koreya xalq armiyasi kuni.
?? Indoneziya — Mintaqaviy avtonomiya kuni.
?? Svazilend — Milliy bayroq kuni.
?? Yangi Zelandiya,
??Avstraliya — Vatan himoyachisi kuni.
?? Farer orollari — Bayroq kuni.
?? Misr — Sinayni ozod qilish kuni.
?? Portugaliya — Ozodlik kuni.
?? Italiya — Ozodlik kuni.

? VOQEALAR:

  • 1333 — Polshaning feodal bo’linishiga chek qo’ygan Buyuk Kazimir III Krakovda toj kiydi.
  • 1433 — Knyaz Yuriy Dmitrievich Klyazmadagi jangda Vasiliy II ni mag’lub etdi, shundan so’ng u Moskvada Buyuk knyaz taxtiga o’tirdi.
  • 1498 — Puli chirog‘ darasida Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro va uning o‘ttiz yoshili o‘g‘li Badiuzzamon o’rtasida qattiq jang bo‘lib o‘tdi.
  • 1607 — Gibraltar jangida Gollandiya floti ispanlar flotini yo’q qildi.
  • 1626 — O’ttiz yillik urush: Dessau jangi bo’lib o’tdi.
  • 1707 — Bervikning 1-gersogi Jeyms Fitsjeyms Almans jangida g’alaba qozondi.
  • 1719 — Londonda Daniel Defoning “Robinzon Kruzo” romani birinchi nashri chop etildi.
  • 1783 — Fransiyada ilk bor havo shari kattalar vazniga teng yuk bilan osmonga ko‘tarildi.  
  • 1792 — Fransiyada gilyotinadan qatl etish vositasi sifatida birinchi marta foydalanish.
  • 1808 — Sharqiy Evropadagi birinchi Praga konservatoriyasi tashkil etildi.
  • 1822 — Liberiya tarixining poydevorini qo’ygan G’arbiy Afrikadagi Britaniya mustamlakasida AQSh bayrog’i ko’tarildi.
  • 1826 — Angliyada ichki yonuvchan dvigatelli birinchi avtomobilga patent berildi.
  • 1839 — Britaniya armiyasining Qandahorga (hozirgi Afg’oniston) kirishi.
  • 1859 — Port-Saidda fransuz muhandisi va diplomati Ferdinand Lesseps boshchiligida Suvaysh kanali qurilishi boshlandi.
  • 1867 — Tokio shahri birinchi bo‘lib tashqi savdo uchun ochildi.
  • 1895 — «Rossiya imperatori Aleksandr III muzeyi» (hozirgi Rossiya davlat muzeyi) ni tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi.
  • 1901 — AQShda avtoulovlarning raqamlari rasmiy ravishda joriy etildi.
  • 1931 — Ferdinand Porshe «Porsche» kompaniyasiga asos solgan.
  • 1934 — SSSR Fanlar akademiyasini Moskvaga o’tkazish to’g’risida qaror qabul qilindi.
  • 1945 — San-Fransiskoda BMT Nizomini tayyorlash bo’yicha 50 ta mamlakatning xalqaro konferentsiyasi boshlandi (26-iyungacha).
  • 1945 — Sovet va Amerika qo’shinlarining Elbadagi uchrashuvi.
  • 1945 — Sovet qo’shinlarining Sharqiy Prussiya strategik hujumi operatsiyasi yakunlandi.
  • 1954 — «Bell Phone»  kompaniyasining Amerika tadqiqot markazi quyosh batareyalarini yaratishni e’lon qildi.
  • 1974 — “Chinnigullar inqilobi” ning g’alabasi. Portugaliyada fashistik tuzumning ag’darilishi.
  • 1983 — SSSR rahbari Yu.V. Andropov amerikalik qiz Samanta Smitni Sovet Ittifoqiga taklif qildi.
  • 2005 — Bolgariya va Ruminiya Evropa Ittifoqiga qo’shilish to’g’risidagi bitimni imzolashdi.
  • 2007 — Rossiyaning birinchi Prezidenti B. N. Yeltsinning dafn marosimi.
  • 2015 — 7.8 Mvt kuchga ega zilzila Nepalda sodir bo’lgan. Takroriy zilzilalar 28-aprelga qadar davom etdi.
  • 2022 — Ilon Mask Twitterni 44 milliard dollarga sotib oldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1214 — Lyudovik IX Avliyo (1270) — Fransiya qiroli (1226-yildan). Kapetinglar sulolasidan, 1248 yil va 1270 yildagi 7 va 8 — salib yurishlariga rahbarlik qilgan.
  • 1228 — Konrad IV (1254) — Germaniya qiroli (1237-yildan), Sitsiliya qiroli (1250-yildan), Quddus qiroli (1228-yildan).
  • 1873 — Feliks D’Erel (1949) — mikrobiolog olim, yuqumli bakteriyalar sohasidagi yirik tadqiqotchi.
  • 1874 — Guglielmo Markoni (1937) — italiyalik radiotexnika muhandisi, radio ixtirochilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1909).
  • 1883 — Semyon Budyonniy (1973) — Sovet harbiy qo’mondoni, Fuqarolar urushi qahramoni, Sovet Ittifoqi marshali.
  • 1900 — Volfgang Pauli (1958) — Shveytsariyalik fizik, kvant mexanikasining asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1945).
  • 1903 — Andrey Kolmogorov (1987) — sovet matematigi. 
  • 1907 — Vasiliy Solovyov-Sedoy (1979) — Sovet qo’shiq yozuvchisi, SSSR xalq artisti.
  • 1919 — Hamid Gʻulom (2008) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). 
  • 1921 — Adham Tenishev (2004) — turkiyshunos olim.
  • 1928 — Yuriy Yakovlev (2013) — sovet va rus kino va teatr aktyori, SSSR xalq artisti.
  • 1940 — Al Pachino — amerikalik teatr va kino aktyori, rejissyor, prodyuser.
  • 1946 — Vladimir Jirinovskiy — (2022) — rossiyalik siyosatchi, Liberal-demokratik partiya asoschisi va raisi.
  • 1949 — Dominik Gaston Andre Stross-Kan — fransuz iqtisodchisi, huquqshunos va siyosatchi.
  • 1952 — Vladislav Tretyak — sovet xokkeychisi, uch karra Olimpiya chempioni, Rossiyaning jamoat arbobi.
  • 1969 — Rene Zellveger — amerikalik kinoaktrisa. 
  • 1988 — Sara Pakston — amerikalik aktrisa, model va qo’shiqchi
  • 1991 — Aleks Shibutani — amerikalik figurali uchish ustasi (muzda raqs, singlisi Mayya Shibutani bilan birgalikda ijro etadi), to’rt qit’aning chempioni (2016).
  • 1993 — Rafael Varan — fransuz futbolchisi, jahon chempioni (2018).
  • 1994 — Yelena Ilinix — rossiyalik figurali uchish ustasi (muzda raqs), Olimpiya chempioni (2014).
  • 1996 — Ellison Eshli Arm — amerikalik televideniye va kino aktrisasi, komediyachi va qo’shiqchi.
  • 2002 — Kamola Irnazarova — badiiy gimnastika boʻyicha oʻzbek sportchisi, xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi, Oʻzbekiston terma jamoasi sardori.