25 fevral kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Revolver tug‘ilgan kun.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇮🇷 Eron — Muhammad al-Mahdiy tavallud topgan kun.
🇮🇸 Islandiya — Ayollar kuni.
🇭🇺 Vengriya — Kommunistik rejim qurbonlarini xotirlash kuni.
🇬🇪 Gruziya — Sovet istilosi kuni.
🇹🇭 Tailand — Milliy radio kuni.
🇩🇴 Dominikan Respublikasi — Qurolli kuchlar kuni.
🇸🇷 Surinam — Inqilob kuni.
🇵🇭 Filippin — Xalq kuchi kuni.
🇰🇼 Quvayt — Milliy bayram kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1221 — Marv shahri mo‘g‘ullar tomonidan egallandi.
  • 1570 — Rim papasi Piy V Yelizaveta I ni cherkovdan badarg‘a qildi.
  • 1791 — J. Vashington AQSh Milliy bankini tashkil etish haqidagi hujjatni imzoladi. 1811-yilgacha faoliyat yuritgan.
  • 1831 — ruslar va isyonchi qo’shinlar o’rtasida Groxov jangi bo’lib o’tdi (1830-yilgi Polsha qo’zg’olonini bostirish doirasida).
  • 1836 — Samuel Kolt revolver uchun birinchi patentni oldi.
  • 1848 — Fransiyada Ikkinchi Respublika e’lon qilindi.
  • 1856 — Parij kongressi ish boshladi.
  • 1904 — Akri Respublikasi Braziliya tarkibiga kirdi.
  • 1921 — Gruziya Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi eʻlon qilindi.
  • 1951 — Birinchi Panamerika o’yinlari Argentina prezidenti Xuan Peron tomonidan Buenos-Ayresda rasman ochildi.
  • 1956 — Nikita Xrushchyov Stalin shaxsiga sigʻinish siyosatini fosh etdi.
  • 1964 — Muhammad Ali (CLay) Sonny Listonni mag’lub etib og’ir vaznda boks bo‘yicha jahon chempioni bo’ldi.
  • 1964 — Leningradda kardiojarroh Vasiliy Kolesov SSSRda ishlab turgan yurakda birinchi muvaffaqiyatli operatsiyani o’tkazdi.
  • 1977 — “Rossiya” mehmonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi, 42 ta qurbon.
  • 1992 — Rossiyada Federal kosmik agentlik tuzildi.
  • 1993 — O‘zbekiston Respublikasi hamda Malta Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
  • 1994 — Tashqi Ishlar vazirligi huzurida “Jahon axborot agentligi” tashkil etildi.
  • 1997 — «Oʻzagrosugʻurta» Davlat sugʻurta kompaniyasi tashkil etildi.
  • 2008 — Kubada hokimiyat tepasiga salomatligi yomonlashgan Fidel Kastro Rus oʻrniga uning ukasi Raul Kastro Rus keldi.
  • 2010 — Kiyevda Ukraina prezidenti Viktor Yanukovichning inaugratsiyasi bo‘lib o‘tdi.
  • 2022 — Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy umumiy safarbarlik e’lon qildi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1661 — Ahmed II (1695) — Usmonlilar imperiyasining hukmdori (1691-1695).
  • 1707 — Goldoni Karlo (1793) — italyan dramaturgi, italyan teatri islohotchisi, milliy komediya asoschisi.
  • 1778 — Xose de San-Martin (1850) — Lotin Amerikasi milliy- ozodlik harakati rahbarlaridan biri, Argentina milliy qahramoni.
  • 1841 — Pyer Ogyust Renuar (1919) — fransuz impressionist rassomi, grafikachi va haykaltarosh, impressionizm namoyandasi. 
  • 1891 — Korovin Yevgeniy (1963) — botanik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1947).
  • 1913 — Po‘lat Rasulov (1990) — kinooperator,  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1928 — Hushangi Ibtihoj (Soya) — zamonaviy fors she’riyatining yorqin yulduzlaridan biri.
  • 1943 — Shokir Axmedov — baletmeyster, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2000). 
  • 1948 — Vladimir Shapiro — rejissyor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2000). 
  • 1964 — Sobir O’nar — yozuvchi.
  • 1976 — Rashida Li Jons — amerikalik kino va televideniye aktrisasi, komiks va ssenariylar muallifi va qoʻshiqchi.
  • 1978 — Yuji Nakazava — yaponiyalik futbolchi.
  • 1997 — Yuki Soma — yaponiyalik futbolchi.
  • 1997 — Ana Mena Rojas — ispaniyalik aktrisa va qoʻshiqchi.
  • 1999 — Janluiji Donnarumma — italiyalik futbolchi, darvozabon.