25 oktabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon opera kuni.
🌏 Xalqaro rassomlar kuni.
🌏 Butunjahon makaron kuni.

👉 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇿 O’zbekiston — Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni.
🇦🇺 Avstraliya — Umumjahon bolalar kuni.
🇺🇸 AQSH — Birlik kuni.
🇪🇸 Ispaniya — Basklar mamlakati kuni.
🇸🇮 Sloveniya — Suverenitet kuni.
🇱🇹 Litva — Konstitutsiya kuni.
🇷🇴 Ruminiya — Qurolli kuchlar kuni.
🇷🇺 Rossiya — Bojxona xodimi kuni.
🇰🇿 Qozog’iston — Respublika kuni.
🇬🇩 Grenada — Minnatdorchilik kuni.
🇧🇾 Belarus — Tegirmonchilar kuni.
🇷🇺 Rossiya — Rossiya kabel sanoati xodimlari kuni.
🇯🇵 Yaponiya — Karate kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1147 — Lissabon qamali.
  • 1415 — Yuz yillik urush: Azenkur jangida Fransiya magʻlub boʻldi.
  • 1495 — Manuel I Portugaliya taxtiga o’tirdi.
  • 1825 — AQShda Buyuk ko’llarni Gudzon daryosi orqali Nyu-York bilan bog’lovchi Eri kanali ochildi.
  • 1854 — Qrim urushi: Yengil kavaleriya brigadasining hujumi.
  • 1875  — Bostonda Pyotr Chaykovskiyning  fortepiano uchun Birinchi kontserti premyerasi bo‘lib o‘tdi.
  • 1900 — Angliya Janubiy Afrikadagi Transvaal (Burlar davlati) ni anneksiya qildi.
  • 1944 — Leyte oroli yaqinidagi jang.
  • 1955 — AQShning Tappan Company kompaniyasi birinchi mikroto’lqinli pechni namoyish qildi.
  • 1971 — Xitoy Respublikasi BMTda Xitoy Xalq Respublikasi deb ataldi.
  • 1990 — Vlad Listyevning «Mo’jizalar maydoni» kapital shousi boshlandi.
  • 1991 — Andijon viloyat televideniyesi tashkil etildi.
  • 1992 — O’zbekiston Respublikasi va BAA o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
  • 2001 — Microsoft Windows XP tizimi chiqarildi.
  • 2003 — Mixail Xodorkovskiy qamoqqa olindi.
  • 2009 — Bag’doddagi eng yirik teraktda 160 dan ortiq odam halok bo’ldi.
  • 2020 — Ozarbayjon armiyasi Gubadli shahrini arman istilosidan ozod qildi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1623 — Ramo Jan Filipp (1764) — fransuz kompozitori va musiqashunos. Zamonaviy garmoniya nazariyasining asoschisi.
  • 1825 — Shtraus Iogann-o’g’li (1899) — ommaviy raqs musiqasi va operetta janri ustasi, vals qiroli.
  • 1827 — Bertelo — Fransuz kimyogari.
  • 1864 — Toʻqtagʻul, Sotilgʻonov Toʻqtagʻul (1933) — qirgʻiz xalq oqini va bastakor, qirgʻiz adabiyoti asoschilaridan biri. 
  • 1865 — Pryanishnikov Dmitriy (1948) — rus agrokimyo asoschisi.
  • 1881 — Pikasso Pablo (1973) — fransuz rassomi, jamoat arbobi, kelib chiqishi ispan.
  • 1907 — Quddus Muhammadiy (1999) — bolalar shoiri, O’zbekiston xalq yozuvchisi (1982).
  • 1908 — Maqsud Shayxzoda (1967) — shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog. 
  • 1912 — Abdullayev Lutfulla — rangtasvir ustasi, O’zbekiston xalq rassomi (1950).
  • 1914 — Zaynab Sadriyeva (1991) — aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1952). 
  • 1917 — Samig‘ Abdullayev (1998) — rassom, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1975).
  • 1918 — Rahimov Matyoqub (1993) — xonanda, (lirik — dramatik tenor) va aktyor, O’zbekiston xalq artisti (1967). 
  • 1926 — Galina Vishnevskaya (2012) — rossiyalik soprano opera qoʻshiqchisi va resitalist, SSSR xalq artisti (1966).
  • 1927 — Ismoil Ibodov (1998) — xirurg, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980).
  • 1928 — Pirimqul Qodirov (2009) — yozuvchi, adabiyotshunos olim, O’zbekiston xalq yozuvchisi (1988).
  • 1930 — Jabborov Jumaniyoz — O’zbekiston xalq shoiri (1977).
  • 1934 — Toʻxtamurod Joʻrayev (2009) — matematik olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991).
  • 1962 — Dilorom Egamberdiyeva — oʻzbek aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1995).
  • 1982 — Eyal Baumel — Yoola prezidenti.
  • 1984 — Keyti Perri — amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisa.
  • 1992 — Karina Kross — rossiyalik videobloger, qoʻshiqchi, aktrisa, Kross Kosmetik asoschisi.
  • 1992 — Ayça Ayşin Turan — turk aktrisasi.
  • 1998 — Dovurxon Karomatov — oʻzbek dzyudochisi- paralimpiyachi.
  • 2001 — Elizabet — Brabant gertsoginyasi, Belgiya valiahd malikasi.
  • 2001 — Marita Kramer — avstriyalik chang’ida sakrovchi, jahon chempioni.