25 yanvar kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Rossiya — Dengiz floti navigatori kuni
?? Hindiston — Saylovchilar kuni.
?? AQSh — NASAning Xotira kuni.
?? Hindiston — Himachal-Pradesh shtati kuni.
?? Angola — Luanda shahri kuni.
?? Indoneziya — Oziq-ovqat va ovqatlanish kuni.
??????? Shotlandiya — Robert Byorns milliy bayrami.
?? Hindiston — Turizm kuni.
?? AQSh — Milliy IV hamshiralar kuni.
?? Tojikiston — Ijtimoiy ishchilar kuni.
?? Misr — Politsiya kuni.
?? Rossiya — Talabalar kuni.
?? Aruba — Betiko Krosning tavallud kuni.
?? Misr — 2011-yilgi inqilob kuni.
?? Gonduras — Xotin-qizlar kuni.

? VOQEALAR:

  • 41 — Senat Klavdiyni Rim imperatori deb e’lon qildi.
  • 750 — Ummaviylar va abbosiylar o‘rtasida Katta Zab daryosi bo‘yidagi jang.
  • 1479 — Venetsiya Respublikasi va Usmonli imperiyasi o’rtasidagi 15 yillik urush Konstantinopol shartnomasi bilan yakunlandi.
  • 1533 — Genrix VIII va Anne Boleyn xufiyona turmush qurdilar.
  • 1554 — Portugal Iyezuitlari San-Paulu shahriga asos solishdi.
  • 1658 — Yangi Amsterdam gubernatori tennisni taqiqladi, chunki u odamlarni ibodatdan chalg’itgan.
  • 1701 — Moskvada matematika va navigatsiya fanlari maktabiga asos solindi.
  • 1708 — Moskvada fuqarolik shriftida bosilgan birinchi rus kitobi — «Slavyan yer o’lchash geometriyasi» — Rossiyada geometriya bo’yicha birinchi bosma darslik nashr etildi.
  • 1755 — Moskva davlat universiteti tashkil topdi.
  • 1763 — Yekaterina II farmoniga ko‘ra Rossiya imperiyasi QK Bosh shtabi tashkil etildi.
  • 1791 — Angliya parlamenti Kvebekni Yuqori va Quyi Kanadaga (hozirgi Ontario va Kvebek) ajratdi.
  • 1799 — AQShda mexanik ekish mashinasi (seyalka) patentlandi.
  • 1802 — Napoleon I Italiya prezidenti etib saylandi.
  • 1807 — Morungen jangi.
  • 1813 — Napoleon I Papa Piy VII ni Papa davlatining anneksiyasini tan olgan ikkinchi konkordatni imzolashga majbur qildi.
  • 1831 — Polsha Seymi imperator Nikolay I ning Polsha taxtidan ag’darilganini e’lon qildi.
  • 1878 — Leyden universitetida dunyodagi birinchi nazariy fizika kafedrasi ochildi.
  • 1905 — JAR da 3106 karat keladigan „Kullinan“ olmosi topildi.
  • 1908 — Bokuda Uzeyir Hojibekovning “Layli va Majnun” operasi – islom olamidagi birinchi opera qoʻyildi.
  • 1914 — Armaniston (780) asteroidi topildi.
  • 1915 — ixtirochi Aleksandr Bell birinchi trans-Amerika (Nyu-York — San-Fransisko) telefon seansini o’tkazdi.
  • 1918 — Toshkent Xalq  xo‘jaligi xizmati soveti o‘z faoliyatini boshladi.
  • 1919 — Parij tinchlik konferensiyasida Millatlar ligasining prinsiplari tasdiqlandi.
  • 1919 — Nyu-Yorkda dunyodagi eng katta «Pensilvaniya» mehmonxonasi (2200 xonali) ochildi.
  • 1921 — Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Sovetining “Viloyat arxivi jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
    -1924 — Shamonida 1-Qishki olimpiya oʻyinlari boshlandi.
  • 1942 — Tailand AQSh va Buyuk Britaniyaga urush e’lon qildi.
  • 1957 — Kashmir Hindistonga qo‘shib olindi.
  • 1960 — SSSRda GULAG (Axloq tuzatish mehnat lagerlari, mehnat posyolkalari va qamoqxonalar bosh boshqarmasi) yopildi.
  • 1964 — AQShda Exo-2 sun’iy yo’ldoshi uchirildi, u AQSh va SSSR o’rtasida sun’iy yo’ldosh aloqasini o’rnatdi.
  • 1971 — Idi Amin Ugandada davlat to‘ntarishini amalga oshirdi.
  • 1972 — Sobiq SSSR va Bangladesh o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi.
  • 1983 — Natsist jinoyatchisi Klaus Barbye Boliviyada hibsga olindi.
  • 1992 — G‘arbiy Afrikadagi Burkina-Faso davlati O’zbekiston Respublikasi va suverenitetini tan oldi.
  • 1992 — Oʻzbekiston Moʻgʻuliston va Daniya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatdi.
  • 1994 — Toshkentda Yevropa va  Osiyo mamlakatlari sanoatchilar va ishbilarmonlar xalqaro kongressi kengashining yigʻilishi ish boshladi.
  • 1995 — Norvegiya qirg’oqlari yaqinida meteorologik raketaning uchirilishi dunyoni Rossiya va AQSh o’rtasidagi yadroviy zarba almashinuvi tahdidiga duchor qildi.
  • 1999 — Kolumbiyadagi zilzila tufayli mingga yaqin odam halok bo’ldi.

? VOQEALAR:

  • 2004 — «Opportunity» fazo kemasi Marsga qoʻndi.
  • 2006 — Sankt-Peterburg sammitida Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyatiga Oʻzbekiston Respublikasi rasman a’zo boʻldi.
  • 2010 — Bayrut yaqinida Ethiopian Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing-737 halokati; 90 ta qurbon.
  • 2017 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘grisida”gi qarori qabul qilindi.
  • 2018 — O‘zbekiston Respublikasining Ma‘muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi tasdiqlandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 750 — Lev IV Xazar (780) — Vizantiya imperatori (775-780).
  • 1585 — Xendrik Averkamp (1634) — golland rassomi, muz ustida uchayotga odamlar tasvirlangan qishki manzaralar muallifi.
  • 1627 — Robert Boyl (1691) — taniqli ingliz ximigi, fizik va faylasufi.
  • 1736 —  Jozef Lui Lagranj (1813) — matematika va mexanika fanlariga oid kashfiyotlar qilgan fransuz olimi.
  • 1739 — Sharl Dyumurye (1823) — Buyuk fransuz inqilobiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan general.
  • 1759 — Robert Byorns (1796) — taniqli shotland shoiri va folklorshunosi.
  • 1783 — Uilyam Kolgeyt (1857) — amerikalik tadbirkor, Colgate kompaniyasi asoschisi.
  • 1787 — Semyon Korsakov (1853) — rossiyalik mexanik qurilmalar ixtirochisi, dunyodagi birinchi kibernetik olimlardandan biri.
  • 1832 — Ivan Shishkin (1898) — rus rassomi.
  • 1874 — Somerset Moyem (1965) — mashhur ingliz yozuvchisi va dramaturgi.
  • 1882 — Virjiniya Vulf (1941) — Ingliz yozuvchisi.
  • 1902 — Sobir Rahimov (1945) — harbiy arbob, general-mayor (1943), Sovet Ittifoqi qahramoni (1965).
  • 1905 — Sharif Qayumov (1973) — rejissyor va aktyor, O‘zbekiston xalq artisti.
  • 1917 — Ilya Prigojin (2003) — kelib chiqishi rus bo‘lgan belgiyalik fizik va kimyogar,  Nobel mukofoti sohibi (1977). 
  • 1928 — Abdunabiyev Abdulla — tarixchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1978). 
  • 1928 — Eduard Shevarnadze — Gruziya sobiq prezidenti.
  • 1934 — Umarbekov O‘lmas (1994) — O’zbekiston xalq yozuvchisi, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi.
  • 1938 — Visotskiy Vladimir  (1980) — rus aktyori, shoir, qo‘shiqlar muallifi va ijrochisi.
  • 1942 — Eysibio Ferreyra da Silva — futbolchi, Portugaliya futbol afsonasi.
  • 1948 — Xalifa ibn Zayd al Nahayon — BAA Prezidenti va Abu Dabi amiri (2004-yildan).
  • 1951 — Ergasheva Ma’mura — raqqosa, baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti (1983).
  • 1952 — Vayl Makr — rejissyor, teatrshunos, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1989).
  • 1954 — Kay Koti — avstraliyalik dengiz sayyohi, dunyoni yakka tarzda aylanib chiqishni yakunlagan birinchi ayol.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1978 — Vladimir Zelenskiy — Ukrainalik siyosatchi, aktyor, qiziqchi va rejissor, Ukraina Prezidenti (2019-yildan).
  • 1974 — Oʻtkirbek Haydarov — bokschi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000), «Oʻzbekiston iftixori» (1999).
  • 1980 — Xaver Ernandes Kreus — ispaniyalik futbolchi, jahon 2010) va Yevropa chempioni (2008, 2012).
  • 1981 — Alisha Ojello Kuk — amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis va aktrisa.
  • 1982 — Sin Aovey — Xitoylik gimnastikachi, Olimpiada chempioni (2000).
  • 1982 — Noemi — Italiyalik qoʻshiqchi.