26 fevral kun tarixi

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇺🇸 AQSh — Milliy pista kuni.
🇹🇭 Tailand — Kooperativlar kuni.
🇵🇬 Papua-Yangi Gvineya — Maykl Somareni xotirlash kuni.
🇺🇦 Ukraina — Qrim va Sevastopolni bosib olishga qarshilik kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon — Xo‘jali qurbonlarini xotirlash kuni.
🇰🇼 Quvayt — Ozodlik kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1658 — Shvetsiya va Daniya Roskill tinchlik sulhini imzolashdi.
  • 1712 — Pyotr I Tula Qurol-aslaha zavodiga asos soldi.
  • 1794 — Fransiyada Konvent inqilob dushmanlarining mol-mulkini musodara qilish toʻgʻrisidagi dekretni eʼlon qildi.
  • 1815 — Elba oroliga badargʻa qilingan Napoleon I oroldan qochdi.
  • 1832 — Polsha Rossiya imperiyasiga qo‘shib olindi, o’z armiyasi va Seymdan mahrum bo’ldi.
    -1848 — Fransiyada zodagonlik bekor qilindi.
  • 1848 — Karl Marks va Fridrix Engelsning „Kommunistik Partiya Manifesti“ ilk bor chop etildi.
  • 1878 — fransuz filologi  Littre “mikrob” atamasini fanga kiritdi.
  • 1886 — Rossiyada birinchi simob ishlab chiqarildi.
  • 1888 — Buxoroga birinchi poyezd keldi.
  • 1896 — Anri Bekkerel uran parchasi yonida turgan fotoplyonkani yoritganligini aniqladi.
  • 1919 — AQShning Arizona shtatida Grand Kanyon Milliy Parkiga asos solindi.
  • 1924 — Adolf Gitler „Pivo isyoni“ uchun 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.
  • 1930 — Amerika mafiyasining boshliqlaridan biri Gaetano «Tommy» Rein Nyu-Yorkda o’ldirildi; Nyu-York tarixidagi eng yirik mafiya urushi boshlanadi.
  • 1935 — Ixtirochi Robert Uotson-Uatt birinchi bo‘lib radarni sinovdan o‘tkazdi.
    -1936 — „Volkswagen“ zavodi ishga tushirildi.
  • 1936 — Yaponiyada harbiy to’ntarishga urinish.
  • 1970 — Pontiac Firebird ikkinchi avlodi ishlab chiqarila boshlandi.
  • 1990 — Chexoslovakiyadan Sovet qoʻshinlari chiqarila boshlandi.
  • 1991 — Saddam Husayn Iroq qoʻshinlarini Quvaytdan chiqara boshladi.
  • 1992 — O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar tashkiloti (XIA) ga a’zo bo‘ldi.
  • 1992 — Qorabog‘da Xo‘jali qirg‘ini.
  • 1994 — GKCHP a’zolari amnistiya orqali Lefortovo qamoqxonasidan ozod qilindi.
  • 1995 — Tojikistonda ilk parlament saylovlari.
    -2004 — Latviya Seymi NATOga qoʻshilish haqida qaror qabul qildi.
  • 2019 — Hindiston va Pokiston o’rtasidagi chegara mojarosi: Balakotga havo hujumi.
  • 2022 — Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Shchastye shahri Lugansk Xalq Respublikasi nazoratiga o’tdi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1361 — Vensel (1419) — Germaniya qiroli (1376-1400) ( Vatslav IV nomi bilan Chexiya knyazi (1378-yildan)).
  • 1416 — Bavariya qiroli Kristofer III (1448) — Daniya (1440-yildan), Shvetsiya (1441-yildan) va Norvegiya (1442-yildan) qiroli.
  • 1802 — Viktor Gyugo (1885) — fransuz yozuvchisi, fransuz romantitsizmining yetakchisi va nazariyachisi.
  • 1808 — Domye Onore (1879) — fransuz rangtasvir ustasi, grafik rassomi va haykaltaroshi, tanqidiy realizmning yirik vakili.
  • 1829 — Livay Strauss — (1902) — jinsi shim kashfiyotchisi, “Levi Strauss & Co” kompaniyasi asoschisi.
  • 1845 — Aleksandr III (1894) — Rossiya imperatori (1881–94), Aleksandr II ning 2-o‘g‘li.
  • 1903 — Julio Natta (1979) — italiyalik organik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1963).
  • 1915 — Sattor  Yarashev (1991) — taniqli opera artisti va xonanda, “O’zbekiston xalq artisti” (1959).
  • 1938 — Muhiddin qiziq Darveshov (1995) — qiziqchi.
  • 1946 — Gʻayrat Boymatov — grafik rassom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). 
  • 1946 — Ahmad Zevayl — misrlik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1999).
  • 1954 — Rajab Tayyip Erdo’g’on — Turkiya Prezidenti (2014-yildan).
  • 1956 — Mirza Kenjabek — shoir.
  • 1957 — Nabijon Qodirov — kulol, rishton kulollik maktabining yirik vakili, Oʻzbekiston xalq ustasi (2001).
  • 1959 — Ahmad Dovud oʻgʻli — Turkiya Bosh vaziri (2014-2016).
  • 1983 — Pepe Képler — portugal — braziliyalik futbolchi.
  • 1984 — Beren Saat — turk aktrisasi.
  • 1985 — Xanna Kirni — amerikalik fristaylchi, Olimpiya chempioni (2010), uch karra jahon chempioni.
  • 1988 — Antonella Rokkutstso — argentinalik ijtimoiy tarmoq shaxsi, Messining rafiqasi.
  • 1992 — Demet O‘zdemir — turk aktrisasi.
  • 1999 — Elvira Oeberg — shved biatlonchisi, Olimpiada chempioni (2022).