26 oktabr kun tarixi

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇹🇯 Tojikiston — Sud organlari xodimlari kuni.
🇺🇸 AQSH — Milliy xachirlar kuni.
🇨🇰 Kuk orollari — Milliy Xushxabar kuni.
🇱🇾 Liviya — Motam kuni.
🇧🇯 Benin — Qurolli Kuchlar kuni.
🇳🇷 Nauru — Angam kuni.
🇦🇹 Avstriya — Milliy kun.
🇮🇳 Hindiston — Qo‘shilish kuni.
🇹🇳 Tunis — Muhandislar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 1581 — Sibirning bosib olinishi: Yermak Timofeyevich kazaklar bilan Iskerga qo’shildi.
  • 1795 — Buyuk fransuz inqilobi: Milliy konvent bekor qilindi, Direktoriya davri boshlanishi.
  • 1810 — G’arbiy Florida AQShga qo’shilb olindi.
  • 1824 — Moskvada Kichik teatr ochildi.
  • 1863 — Jenevada Xalqaro Qizil Xoch tashkil etildi
  • 1863 — Londonda Angliya futbol assotsiatsiyasi tashkil etildi.
  • 1896 — Italiya va Efiopiya o’rtasida Addis-Abeba tinchlik shartnomasi imzolandi.
  • 1898 — Moskva badiiy akademik teatri ochildi.
  • 1909 — Yaponiya bosh vaziri Ito Hirobumi o’ldirildi.
  • 1938 — DuPont yangi sintetik material — neylonni ishlab chiqdi.
  • 1956 — Atom energiyasi bo‘yicha Xalqaro Agentlik (МАГАТЭ) tashkil etildi.
  • 1957 — Georgiy Jukov Sovet Ittifoqi Mudofaa vaziri lavozimidan bo’shatildi.
  • 1965 — “Bitlz”ga Britaniya imperiyasi ordenlari topshirildi.
  • 1976 — Trinidad va Tobago respublikaga aylandi.
  • 1993 —  Toshkent shahrida tasavvufining mashhur namoyandalaridan biri, shoir Xo’ja Ahmad Yassaviy me’rosiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy-ma’rifiy konferensiya bo’lib o’tdi.
  • 1994 — Husayn I va Is‘hoq Rabin Isroil-Iordaniya tinchlik shartnomasini imzoladilar va 46 yillik mojaroga chek qo’ydilar.
  • 1999 — “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamg’armasi tuzildi.
  • 2002 — Moskvadagi Dubrovka teatr markazini egallab olgan terrorchilar yo‘q qilindi. Afsuski, 128 kishi vafot etdi.
  • 2012 — yangi Windows 8 operatsion tizimi yaratildi.
  • 2015 — Afg’oniston va Pokistonda 7,5 magnitudali zilzila,  yuzlab qurbonlar.

    👉 TAVALLUDLAR:
  • 1645 — Arent de Gelder (1727) — golland rassomi.
  • 1759 — Jorj Jak Danton (1794) — fransuz inqilobchisi, Birinchi Fransiya Respublikasining asoschilaridan biri.
  • 1842 — Vasiliy Vereshagin (1904) — rus rassomi.
  • 1914 — Jeki Kugan (1984) — kelajakdagi Gollivud yulduzi.
  • 1916 — Fransua Mitteran (1996) — Fransiya prezidenti (1981-1995).
  • 1919 — Muhammad Rizo Pahlaviy (1980) — Pahlaviylar sulolasidan Eronning 35-chi va oxirgi shohi (1941-1979).
  • 1935 — Ergash Karimov — aktyor, rejissyor, O‘zbekisto Xalq artisti 1990).
  • 1940 — Muhammad Rafiqov — aktyor, rejessyor, O’zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2003).
    1947 — Hillari Klinton — AQSh davlat va siyosat arbobi.
  • 1954 — Vasilis Xadjipanagis — taniqli futbolchi.
  • 1964 — Ravshan Komilov — xonanda, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (2000).
  • 1964 — Elisabet Lipa — ruminiyalik sportchi, akademik eshkak eshish bo’yicha 5 karra Olimpiya chempioni.