27 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Gamburgerning tug’ilgan kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Buyuk Britaniya — Norfolk kuni.
?? Puerto-Riko — Xose Selso Barbosa kuni.
?? Vyetnam — Xotira kuni.
?? Ukraina ‐ Tibbiyot xodimlari kuni.
?? AQSh — Koreya urushi faxriylari yarashish kuni.
?? AQSh ‐ Milliy stajyor kuni.
?? KXDR — G’alaba kuni.
?? Finlyandiya — Uyqu kuni.

? VOQEALAR:

  • 1147 — «Suzdal shahridagi Daniyelning o’ldirilishi haqidagi afsona va Moskvaning boshlanishi» hikoyasida aytilishicha, Moskva shahriga asos solingan.
  • 1586 — Ingliz dengizchisi Uolter Roley birinchi marta Britaniyaga tamaki olib keldi.
  • 1606 — Kanadadagi birinchi doimiy fransuz mustamlakasi Port Royalda tashkil etildi.
  • 1694 — Parlamentning qonuniga binoan Angliya Banki ta’sis etilgan.
  • 1710 — Ratusha maydonida shahar ma’murlari rus podshosi Pyotr I ga sodiqlik qasamyodini qabul qildilar.
  • 1794 — Parijda Termidor toʻntarishi
  • 1866 — Transatlantika telegrafi foydalanishga topshirildi.
  • 1880 — Mayvand jangi.
  • 1900 — amerikalik oziq-ovqat sotuvchisi Lui Lessing o’zining ona shahri Nyu-Heyvenda ilk gamburgerni sotgan.
  • 1920 — Birinchi marta aviatsiya navigatsiyasi uchun radio kompasdan foydalanish.
  • 1921 — Kanada fiziologi Frederik Banting birinchi marta insulinni izolyatsiya qildi.
  • 1922 — Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo’mitasi Turkistonda sud idoralarini tashkil etish to‘g‘risida yangi dekret qabul qildi.
  • 1944 — Sovet qo’shinlari Lvovni ozod qildi.
  • 1953 — 3 yil davom etgan “Koreya urushi” Panmunjom sulh bitimi natijasida yakun topdi. 
  • 1983 — 5 arman terrorist Turkiyaning Lissabon elchixonasiga bosqin uyushtirdi. Arman terrorchilari yo’q qilindi.
  • 1990 — Belarussiya SSR Oliy Kengashi Davlat suvereniteti to’g’risidagi deklaratsiyani qabul qildi.
  • 2002 — Lvov aviashousidagi halokat.
  • 2010 — Qirg’izistonda yangi konstitutsiya qabul qilindi.

? TAVALLUDLAR:

  • 774 — Kukay (835) — Yapon voizi, Buddaviy avliyo.
  • 1612 — Murod IV (1640) — Usmonli imperiyasining 17-sultoni (1623-1640).
  • 1667 — Iogann Bernulli (1748) — Shveytsariyalik matematik va mexanik.
  • 1768 — Sharlot Korde (1793) — fransuz zodagon ayoli, inqilobchi Maratning qotili.
  • 1777 — Tomas Kempbell (1844) — Shotlandiya shoiri.
  • 1784 — Denis Davidov (1839) — rus shoiri, gusar, 1812-yilgi Vatan urushi qahramoni.
  • 1835 — Jozue Karduchchi (1907) — Italyan shoiri, Nobel mukofoti sohibi (1906).
  • 1852 — Vladimir Nalivkin (1918) — Muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasi rahbari, birinchi ruscha-o’zbekcha va ruscha-forscha lug’atlar muallifi.
  • 1881 — Xans Fisher (1945) — Nemis kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1930).
  • 1904 — Lyudmila Rudenko (1986) — Sovet shaxmatchisi, grossmeyster, shaxmat bo’yicha ayollar o’rtasida 2-jahon chempioni.
  • 1923 — Masutatsu Oyama (1994) — Karate ustasi va o’qituvchisi, Kyokushin uslubining asoschisi.
  • 1928 — Abdug‘ani Abduqayumov — dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti (1974), Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1981).
  • 1937 — Husan Sharipov (2018) — aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1991).
  • 1946 — Toktar Aubakirov — SSSR ning so‘nggi va qozoq millatining birinchi kosmonavti.
  • 1970 — Fotima Rejametova — aktrisa, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2001).
  • 1977 — Jonatan Rays-Mayers — Irlandiyalik kino aktyori, «Oltin globus» mukofoti sohibi.
  • 1981 — Li Syaopan — xitoylik gimnastikachi, 4 karra Olimpiya chempioni.