28 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Xalqaro komikslarni ommaviy o’qish kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇦🇪 BAA ‐ Amirlik ayollari kuni.
🇲🇽 Meksika — Bobolar va buvilar kuni.
🇲🇪 Chernogoriya — Shohlik e’lon qilingan kun.
🇵🇭 Filippin ‐ Milliy qahramonlar kuni.
🇱🇹 Litva — Temiryo’lchilar kuni.

👉 VOQEALAR:

  • 475 — Romul Avgust Rim taxtiga chiqdi.
  • 1189 — Uchinchi salib yurishi: Salibchilar Gi de Lyuzegnan boshchiligida Akra qamalini boshladilar.
  • 1349 — Maynsdagi 6000ga yaqin yahudiylar vabo tarqatishda ayblanib qirg’in qilindi.
  • 1565 — Shimoliy Amerikadagi yevropaliklarning birinchi doimiy qarorgohi San -Agostin (Florida) tashkil topdi.
  • 1789 — Uilyam Gershel Enseladni — Saturnning yo‘ldoshini kashf qildi.
  • 1910 — Chernogoriya mustaqil qirollikka aylanib, Turkiyadan to’liq mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1914 — Munavvar qori boshchiligida “Nashriyot” shirkati tuzildi.
  • 1916 — Italiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi.
  • 1919 — Moskvada Turkiston davlat universiteti tashkil etildi.
  • 1937 — “Toyota” avtomobil kompaniyasi tashkil topdi.
    -1946 — AQSH Mongoliya va Albaniyani BMTga qabul qilnishiga veto qo’ydi.
    -1900 — Pekinning egallanishi.
  • 1963 — Martin Lyuter King mashhur “ Mening orzularim bor” degan nutqi bilan „xalqqa murojaat qildi“.
  • 1966 — Argentinada ish tashlash huquqi bekor qilindi.
  • 1990 — Quvaytning Iroq tomonidan qo’shib olinishi.
  • 1991 — SSSR Vazirlar Mahkamasi tarqatildi (Pavlov hukumati, SSSR tarixidagi oxirgi hukumat).
  • 1996 — Prezident I.Karimovning Samarqand shahrini “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlash togrisidagi Farmoni e‘lon qilindi.
  • 1998 —  “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni ta’sis etilgan kun. 
  • 1999 — Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi etib tayinlandi.
  • 2009 — Toshkent shahri markazida «Oʻzbekiston» xalqaro anjumanlar saroyi ochildi.
  • 2010 — Buxoroda balandligi 18 metr bo‘lgan “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti qad rostladi.
  • 2014 — Rajab Erdog‘an Turkiya Prezidenti lavozimini egalladi, Ahmet Dovudo’g’li Turkiya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi bo’ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1749 — Iogann Volfgang Gyote — nemis yozuvchisi va mutafakkiri, yangi davr nemis adabiyotining asoschisi.
  • 1801 — Antuan Ogyustin Kurso (1877) — fransuz matematigi, iqtisodchisi va faylasufi.
  • 1878 — Jorj Xoyt Uipl (1976) — amerikalik shifokor va patolog, Nobel mukofoti sovrindori (1934).
  • 1909 — Xosil Fozilovich Fozilov (2003) — energetik-olim, texnika fanlari doktori, professor.
  • 1910 — Tyalling Kupmans (1985) — amerikalik iqtisodchi va matematik, Nobel mukofoti sohibi (1975).
  • 1918 — Liza Chaykina (1941) — partizan ayol, Sovet Ittifoqi Qahramoni (vafotidan keyin).
  • 1919 — Godfri Xaunsfild (2004) — ingliz fizigi Nobel mukofoti sovrindori (1979).
  • 1931 — Choriyev Roʻzi (2004) — rang-tasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1987). 
  • 1936 — Fayzulla Ahmedov — aktyor.
  • 1969 — Daniil Spivakovskiy — rus teatr va kino aktyori, pedagog.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1972 — Yerkinboy Qutiboyev — muaytaychi, kikboksingchi, «Oʻzbekiston iftixori» (1999).
  • 1984 — Sara Remer — amerikalik aktrisa va model.
  • 1989 — Sezar Aspilikueta Tanko — ispaniyalik futbolchi, «Chelsi» himoyachisi va sardori, Ispaniya terma jamoasi futbolchisi.
  • 1999 — Aleksandr Galyamov — rossiyalik figurali uchish ustasi, jahon chempioni.