28 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro kino kuni‌‌

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh — Milliy qisqa metrajli filmlar kuni.
?? AQSh — Sadoqat kuni.
?? Tojikiston — Milliy xavfsizlik xodimlari kuni.
?? Ozarbayjon — Himoyachi advokat kuni.
?? Tailand — Qirol Taksin xotirasi kuni.
?? Rossiya — Qalmoqlar deportatsiyasi qurbonlarini xotirlash kuni.

? VOQEALAR:

  • 1065 — Londonda Vestminster abbatligi muqaddas qilindi.
  • 1810 — Britaniyaning «Elizabet» kemasi Irlandiya qirg’oqlari yaqinida bo’ron paytida halokatga uchradi; 400 ga yaqin kishi halok bo’ldi.
  • 1869 — Ogayo (AQSh) da Uilyam Sempl saqichli rezinkani patentladi.
  • 1895 — aka-uka Lyumyerlar kinematografni namoyish qilishdi.
  • 1895 — nemis fizigi Rentgen Vyursburgda rentgen nurlarini topganini e’lon qildi.
  • 1905 — Sochi Respublikasining tashkil topishi.
  • 1908 — Messina zilzilasi. 75000  qurbon.
  • 1943 — SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining Qalmog’iston ASSRni tugatish to’g’risidagi farmoni bilan NKVD qo’shinlari tomonidan qalmoqlarni Sibir va Uzoq Sharq viloyatlariga quvib chiqarish operatsiyasi o’tkazildi. 91919 ta qalmoq Qalmog‘iston ASSRdan deportatsiya qilindi.
  • 1948 — bortida 32 kishi bo’lgan AQSh harbiy-havo kuchlarining Duglas DC-3 samolyoti Karib dengizi ustida g’oyib bo’ldi.
  • 1964 — Binzya yaqinidagi jang.
  • 1973 — Parijda Aleksandr Soljenitsinning „GULAG Arxipelagi“ romani chop etildi.
  • 1968 — Bayrut xalqaro aeroportida isroil maxsus xizmati 14 ta samolyotni yo‘q qilishdi.
  • 1973 — Jizzax viloyati tashkil topdi.
  • 1991  — Suriya Arab Respublikasi, Xorvatiya Respublikasi va Yaponiya O’zbekiston suverenitetini tan oldi.
  • 1992 — Imom Buxoriy xalqaro jamg’armasi tashkil etildi.
  • 1999 — Saparmurot Niyozov Turkmanistonning umrbod prezidenti etib saylandi.
  • 2000 — Shahrisabz shahri YuNESKO ro‘yxatiga kiritildi.
  • 2005 — Mustaqillik monumenti oldida Baxtiyor ona siymosi ifoda etilgan muazzam haykal qad rostladi. Ushbu majmuaga “Mustaqillik va ezgulik monumenti”, deb nom berildi.
  • 2007 — Nepal Federativ demokratik respublika deb e’lon qilindi.
  • 2011 — KXDRda mamlakat rahbari Kim Chen Irning dafn marosimi bo’lib o’tdi.
  • 2014 — Indonesia AirAsia kompaniyasining Airbus A320 samolyoti Yava dengizida qulab tushdi, 162 kishi halok bo’ldi.
  • 2017 — «Kelajak bunyodkori» medali ta’sis etilgan.

? TAVALLUDLAR:

  • 1619 — Antuan Fyutryer (1688) — fransuz yozuvchisi va lugʻatshunosi.
  • 1775 — Juan Domingush Bontempu (1842) — portugal bastakori, pianinochi, o’qituvchi, romantizm davri vakili.
  • 1856 — Vudro Vilson (1924) — AQShning 28-prezidenti (1913-1921).
  • 1864 — Anri de Rene (1936) — fransuz shoiri va yozuvchisi.
  • 1882 — Artur Stenli Eddiington (1944) — ingliz astrofizigi. Xalqaro astronomiya ittifoqi prezidenti (1938-44). 
  • 1884 — Karel Andel (1947) — chex astronomi va selenograf, Oyning xaritasini tuzgan.
  • 1897 — Ivan Konev (1973) — sovet qo‘mondoni, Sovet Ittifoqi Marshali, ikki marta Sovet Ittifoqi qahramoni.
  • 1914 — Doni Zokirov (1985) — Kompazitor, sozanda (g`ijjak), dirijor, Ozbekiston xalq artisti.
  • 1926 — Aleksandr Shcherbak (2008) — turkiyshunos olim.
  • 1929 — Nosirxo’jayev Sobitxon — tarixchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), tarix fanlari doktori (1971), professor (1972).
  • 1929 — Marten Shmidt — niderland astronomi, kvazarlargacha masofani o‘lchagan.
  • 1936 — Erkin Vohidov (2016) — shoir, tarjimon, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni.
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1939 — Vitaliy Vasilyev — balet artisti, O’zbekiston xalq artisti (1974).
  • 1944 — Keri Mullis (2009) — amerikalik biokimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1993).
  • 1955 — Lyu Syabo (2017) — xitoylik huquq himoyachisi, Nobel mukofoti sohibi (2010).
  • 1969 — Linus Torvalds —  fin-amerikalik dasturchi va Linux operatsion tizimining yaratuvchisi.
  • 1994 — Adam Piti — britaniyalik suzuvchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.
  • 1999 — Merih O‘zturk — turk modeli va aktrisasi.