29 dekabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro violonchel kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Mongoliya — Mustaqillik kuni.
?? Irlandiya — Konstitutsiya kuni.
?? AQSh — Texas shtati qo‘shib olingan kun.

? VOQEALAR:

  • 1503 — Gonsalo Fernandes de Kordoba qo’mondonligi ostidagi ispanlar Garilyano jangida fransuzlarni mag’lub etishdi.
  • 1708 — Pyotr I ning farmoniga ko‘ra Rossiya 8 ta guberniyaga bo‘lindi.
  • 1768 — Yekaterina II qog‘oz pullarni muomalaga kiritdi.
  • 1845 — Texas AQSH shtatlaridan biriga aylandi.
  • 1860 — Blekuollda HMS Warrior — zirhli kemasi suvga tushirildi.
  • 1911 — Igor Sikorskiy o’zining «S-6» rusumidagi 2 yo‘lovchili samolyotida 111 km / soat tezlikda parvoz qilib jahon rekordini o’rnatdi.
  • 1930 — Muhammad Iqbol Pokiston davlatini tashkil etish taklifi bilan chiqdi.
  • 1977 — IIV “Vityaz” maxsus otryadu tuzildi.
  • 1989 — Vatslav Gavel Chexoslovakiyaning prezidenti bo‘ldi.
  • 1991 — O‘zbekiston respublikasi mustaqilligi to‘g‘risida referendum va O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga saylov o‘tkazildi. I. Karimov mustaqil O‘zbekistonning birinchi prezidenti etib saylandi.
    -1993 — Biologik xilma-xillik to’g’risidagi konvensiya kuchga kirdi.
  • 1996 — Gvatemaladagi  fuqarolar urushi tugadi.
  • 1998 — Qizil kxmerlar 1970-yillarda 1 million odamni o’ldirgan genotsid uchun kechirim so’radi.
  • 2012 — Vnukovo aeroportida Tu-204 samolyotining halokati.
  • 2013 — O‘zbek shaxmatchilari Butunjahon yoshlar chempionatida qatnashgan kun.
  • 2013 — Volgograddagi temir yo’l vokzalidagi portlash.
  • 2021 — 17 yoshli Nodirbek Abdusattorov shaxmatning rapid  yo‘nalishida eng yosh jahon chempioniga aylandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1709 — Yelizaveta Petrovna (1762) — Rossiya imperatritsasi (1741-1762).
  • 1766 — Charlz Makintosh (1843) — shotland kimyogari, suv o‘tmas plashni (makintosh) ixtiro qilgan.
  • 1788 — Kristian Yurgensen Tomsen (1865) — daniyalik arxeolog, insoniyat tarixini tosh, bronza va temir aslariga bo‘lgan.
  • 1809 — Uilyam Yuart Gladston — (1898) — angliyalik davlat arbobi, 41-chi (1868-1874), 43-chi (1880-1885), 45-chi (1886) va 47-chi (1892-1894) Birlashgan Qirollik Bosh vaziri.
  • 1813 — Aleksandr Parks (1890) — ingliz metallurgi, birinchi sun’iy plastikni ixtiro qilgan.
  • 1880 — Aleksandr Samoylovich (1938) — turkiyshunos olim, akademik (1929).
  • 1882 — Tolstoy Aleksey (1945) — Rus yozuvchisi, jamoat arbobi.
  • 1890 — Yaroslav Heyrovskiy (1967) — chex kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1959).
  • 1913 — Halima Nosirova (2003) — opera xonandasi (lirik-dramatik soprano), oʻzbek xonandalik sanʼatining yirik namoyandasi, Oʻzbekiston xalq artisti (1937). 
  • 1919 — Hamid  Inayatov (1987) — tarixchi olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1973), Tarix fanlari doktori (1958), professor.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1936 — Nurmonov Ibrohim — aktyor, rejissyor.
  • 1937 — Rixsixon Ibrohimova — aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1979).
  • 1958 — Agrippina Shin — oʻzbekistonlik davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri (2017-yildan).
  • 1984 — Shirin Abidova — Oʻzbekistonlik volontyor va jamoat arbobi, Oʻzbekiston Volontyorlari Assotsiatsiyasi rahbari (2020-yildan).
  • 1991 — Olga Yakushova — rossiyalik biatlonchi, Yevropa chempioni 2016).