29 oktabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon insult bilan kurash kuni.
🌏 Butunjahon ultratovush diagnostikasi shifokorlari kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇰🇬 Qirgʻiziston — Mahalliy hamjamiyat kuni.
🇺🇸 AQSh — Milliy mushuklar kuni.
🇷🇸 Serbiya — Konstitutsiya qabul qilingan kun.
🇺🇦 Ukraina — Harbiy moliyachilar kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston — Xavfsizlik xizmati kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston — Ijtimoiy ishchilar kuni.
🇷🇺 Rossiya, 🇺🇦 Ukraina, 🇧🇾 Belarus — Avtomobil ishchilari kuni.
🇮🇷 Eron — Buyuk Kir kuni.
🇺🇬 Uganda — Yepiskop Jeyms Xanningtonni xotirlash kuni.
🇹🇷 Turkiya — Respublika kuni.
🇰🇭 Kambodja — Qirolning toj kiyish marosimi kuni.
🇲🇳 Mo‘g‘uliston — Poytaxt kuni.

👉 VOQEALAR:

  • mil. avv. 539 — Kir II Bobilni bosib oldi.
  • 1762 — Frayberg jangi.
  • 1887 — Konstantinopolda Suvaysh kanali bo’ylab erkin suzish to’g’risida bitim imzolandi.
  • 1863 — Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi tashkil topdi.
  • 1888 — Rossiyada imperator poyezdi halokati.
  • 1918 — Rossiya Kommunistik Yoshlar Ittifoqi (RKSM; keyinchalik VLKSM) tuzildi.
  • 1922 — Italiya fashistlarining Rimga yurishi natijasida Italiya qiroli Viktor Emmanuel III Benito Mussolinini Bosh vazir lavozimiga tayinladi.
  • 1923 — Turkiya Respublika deb e’lon qilindi.
  • 1924 — Urga shahri Ulan-Bator deb o‘zgartirildi va Mo‘g‘uliston poytaxti deb e‘lon qilindi.
  • 1929 — «Qora seshanba» deb nomlanuvchi Wall Street birjasidagi inqiroz.
  • 1945 — Nyu-York shahrida sharikli ruchkalar sotuvga chiqarildi.
  • 1956 — Isroil Angliya va Fransiya yordamida Sinay yarim oroliga bostirib kirdi.
  • 1969 — ARPANET loyihasi doirasida tarmoqdagi ikkita kompyuter o’rtasida birinchi ma’lumotlar uzatildi — Internet tug’ildi.
  • 1998 — Eng keksa fazogir Jon Glenn (77 yoshli) fazoga chiqdi.
  • 2008 — Pokistonda kuchli yer silkinishi sodir bo‘ldi.
  • 2011 — Qarshining «Nasaf» futbol klubi OFK kubogini qo‘lga kiritdi.
  • 2012 — Microsoft Windows Phone 8 mobil operatsion tizimini taqdim etdi.
  • 2014 — Slovakiya kompaniyasi dunyodagi ilk uchar mashinani namoyish etdi.
  • 2015 — Xitoy hukumati 1979-yilda joriy etilgan «Bir oila — bir bola» siyosati tugaganini e’lon qildi.
  • 2018 — Jakarta yaqinida Boeing 737 samolyoti halokatga uchradi, 189 kishi halok bo’ldi.

    👉 TAVALLUDLAR:
  • 1463 — Alessandro Akvillini (1512) — italiyalik anatom va faylasuf, «ikkinchi Aristotel» nomini olgan.
  • 1880 — Abraam Ioffe (1960) — Rus sovet fizigi.
  • 1904 — Nabi G’aniev (1953) — O’zbek kinosi asoschilaridan biri, kinorejisyor, O’zbkistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi.
  • 1906 — Anatoliy Xarlampiyev (1979) — sambo kurashi asoschilaridan biri.
  • 1920 — Barux Benarserraf (2011) — amerikalik genetik olim, Nobel mukofoti sohibi 1980).
  • 1950 — Abdullah Gül — Turkiya prezidenti (2007-2014), o‘z nomidagi Abdullah Gül universitetini ochgan.
  • 1954 — Ruslan Aushev — rossiyalik siyosatchi, jamoat arbobi, Ingushetiya Respublikasining birinchi prezidenti (1993-2001).
  • 1959 — John Pombe Joseph Magufuli (2021 —  Tanzaniyaning beshinchi prezidenti (2015-2021).
  • 1970 — Edvin Van der Sar — gollandiyalik darvozabon.
  • 1970 — Filipp Koku — gollandiyalik futbolchi.
  • 1971 —  Vaynona Rayder — amerikalik kinoaktrisa.
  • 1973 — Robert Pires — fransuz futbolchisi, Jahon (1998) va Yevropa (2000) chempioni.
  • 1982 — Chelan Simmons — kanadalik kino va televidenie aktrisasi, model.
  • 1986 — Italiya Richchi — kanada-amerikalik aktrisa.
  • 1989 — Primoj Roglich — sloven velopoygachisi, olimpiya chempioni (2020).