3 iyun kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT — Xalqaro velosiped kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Chernogoriya — Mustaqillik deklaratsiyasi kuni.
?? Tailand — Qirolicha Suthidaning tug’ilgan kuni.
?? AQSh — Konfederatsiyani xotirlash kuni.
?? Avstraliya — Mabo kuni.
?? Uganda — Shahidlar kuni.
?? Yangi Zelandiya, ?? Niue, ?? Kuk orollari ‐ Qirolning rasmiy tug‘ilgan kuni.

? VOQEALAR:

  • 1098 — Salibchilar Antioxiyani egallashdi.
  • 1326 — Novgorod kelishuvi imzolandi.
  • 1539 — Florida Ispaniya hududi deb e’lon qilindi. 
  • 1571 — Qrim xoni Davlat I Girey Moskvani yoqib yubordi
  • 1780 — „Lord Gordon inqilobi“  natijasida Nyuget qamoqxonasidan mahbuslar qochdi.
  • 1784 — Annapolis (Merilend) AQShning poytaxti bo‘lish maqomidan ayrildi.
  • 1785 — Londonda Fransua Blanshar birinchi parashyutni sinovdan o‘tkazdi.
  • 1789 — Aleks Makenzi Kanadadagi  Makenzi daryosini kashf etdi. 
  • 1828 — Kolumbiya-Peru urushi boshlanishi.
  • 1830 — Sevastopolda vabo isyoni.
  • 1839 — Lin Zeysuy 1,2 mln. kg. giyohvand moddalarni yoʻqotishni buyurib, Afyun urushlariga yoʻl qoʻydi.
  • 1896 — Xitoy Rossiyaga Xitoy-Sharqiy temir yo’lini qurishga ruxsat beruvchi maxfiy shartnoma imzolandi.
  • 1927 — Moskvaning qayta rekonstruksiyasi boshlanishi.
  • 1927 — Gretsiyada yangi konstitutsiya qabul qilindi.
  • 1937 — Britaniya qiroli Eduard VIII Uellis Simpsonga uylandi.
  • 1954 — Sahroi Kabirda fir’avn Sanxetning (mil.avv.2570 yil) qabri topildi.
  • 1959 — Singapurda Konstitutsiya qabul qilindi.
  • 1961 — Venada N. S. Xrushchev va Jon F. Kennedi o’rtasida ikki kunlik muzokaralar boshlandi.
  • 1968 — Valeri Solanas  rassom Endy Warhallni otib tashladi.
  • 1979 — Meksika qoʻltigʻida  600  ming tonna neft dengizga toʻkilib ketdi.
  • 1987 — Leningrad rok-klubida  Viktor Soy „Gruppa krovi“ qoʻshigʻini ijro etdi.
  • 1994 — Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari Bolalar folklor-etnografik festivali yakunlandi.
  • 2006 — Chernogoriya parlamenti  mamlakat mustaqilligini e’lon qildi. 
  • 2010 — Mars-500 loyihasining uchinchi bosqichi boshlandi.

? TAVALLUDLAR:   
   

  • 1843 — Kliment Arkadevich Timiryazev (1920) — rus botanigi va tabiatshunosi.
  • 1865 — Georg V (1936) — Buyuk Brutaniya qiroli (1910-1936).
  • 1873 — Otto Lyovi (1961) — avstraliyalik fiziolog va farmakolog, Nobel mukofoti sohibi (1936).
  • 1899 — Dyord fon Bekeshi (1972) — venger va amerika fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1961).
  • 1906 — Sergey Gerasimov (1985) — rus kino rejissyori, kino nazariyotchisi. 
  • 1924 — Torsten Nils Vizel — Shved vrach-neyrofiziologi, Nobel mukofoti sohibi (1981).
  • 1929 — Verner Arber — shvetsariyalik genetik olim, Nobel mukofoti sohibi(1978).
  • 1931 — Raul Kasstro — kubalik inqilobchi va davlat arbobi, 2011-yidan Kuba kompartiyasi rahbari.
  • 1962 — Tom Kruz  — amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariynavis va kino prodyuseri.
  • 1974 — Sergey Rebrov — Ukrain futbolchisi.
  • 1978 — Suthida — Tailand qirolichasi.
  • 1980 — Shayx Tamim ibn Hamad al Tani — 25-iyun 2013-yildan Qatar amiri.
  • 1982 — Yelena Isinbayeva — Rus yengilatletika ustasi, ikki karra Olimpiada chempioni.
  • 1986 — Rafael Nadal — Ispaniyalik taniqli raketka ustasi, “Katta dubulg‘a” turnirlarining 17 karra g‘olibi, ikki karra Olimpiada chempioni.
  • 1992 — Mario Gyotse — nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014).
  • 1992 — Dilraba Dilmurat — xitoylik aktrisa, boshlovchi, raqqosa va uygʻur millatiga mansub model.
  • 1994 — Nodirjon Mirzaahmedov — oʻzbek bokschisi, havaskorlar oʻrtasida ikki karra Osiyo chempioni (2019, 2021).