? BAYRAMLAR:
?? BMT — Butunjahon matbuot erkinligi kuni.
? Xalqaro Quyosh kuni.
? Turkiylar birdamligi kuni.
? Spam tug’ilgan kun.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Filippin — Santa Kruz kuni.
?? Yaponiya — Konstitutsiyani xotirlash kuni.
?? Polsha — Konstitutsiya kuni.
? VOQEALAR:
- 1241 — Piza va Sitsiliyaning birlashgan floti Meloriya (Giglio) jangida Genuya flotini butunlay tor-mor qildi.
- 1494 — Xristofor Kolumb Yamaykani kashf etdi.
- 1791 — Varshavada seym Yevropada birinchi Rech-Pospolita konstitutsiyasini qabul qildi.
- 1802 — Derpt universiteti ochildi.
- 1803 — Rossiya imperatori Aleksandr I Moskvada Hospis uyi (keyinchalik Sklifosovskiy nomidagi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti) tashkil etishga ruxsat berdi.
- 1808 — Rus-Shved urushi: ruslar Sveaborg qal’asini egalladilar.
- 1815 — Polsha Qirolligi tashkil topdi. Vena kongressining qaroriga ko‘ra Rossiya imperiyasining tarkibiga kiritildi.
- 1815 — Tolentino jangida Neapol urushi hal boʻldi.
- 1841 — Yangi Zelandiya britan mustamlakasi deya e’lon qilindi.
- 1867 — Birinchi Jeneva konvensiyasi qabul qilinganidan uch yil o’tgach, Rossiyada Qizil Xoch jamiyati tashkil etildi.
- 1902 — AQShda «Pepsi» kompaniyasi tashkil topdi.
- 1904 — Amerikalik ixtirochi Jorj Parker birinchi sharikli ruchka uchun patent oldi.
- 1919 — Bavar Respublikasining soʻnggi hukumat majlisi boʻldi.
- 1920 — Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston — turk mustaqil islom jumhuriyati tashkil topdi.
- 1932 — G. M. Beriev MBR-2 uchuvchi qayig’ining birinchi parvozi.
- 1937 — Margaret Mitchellning «Shamollarda qolgan hislarim» romaniga Pulitser mukofoti berildi.
- 1946 — Tokioda yaponiyalik harbiy jinoyatchilar ustidan sud jarayoni boshlandi (1948-yil 12-noyabrgacha davom etgan).
- 1947 — Yaponiyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1953 — Germaniyada «Deutsche welle» («Nemis to‘lqini») radiostansiyasi eshittirishlarini boshladi.
- 1957- Qorachoy xalqi vataniga qaytarildi.
- 1958 — AQSh prezidenti Eyzenxauer Antarktikani demilitarizatsiyalashni taklif qildi.
- 1968 — Parijda talabalar qoʻzgʻolonining bostirilishi.
- 1978 — Yoqmaydigan reklama xabari — spam ilk bor rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan.
- 1991- Namibiya poytaxtida «Vindxuk deklaratsiyasi» imzolandi. Unda dunyo mamlakatlari hukumatlari matbuot erkinligini ta’minlashga chaqiriladi. YUNESKO qarori bilan har yili Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanadi.
- 1992 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «O‘zbekneftgaz» — O‘zbekiston neft va gaz sanoati» Davlat konsernini tuzish to‘g‘risida» Farmon chiqardi.
- 1994 — Toshkentda “Buyuk ipak yo‘li” nomi ostida tennis bo‘yicha xalqaro musobaqasi ochildi.
- 1997 — Inson va kompyuter kurashi: Garri Kasparov «Deep Blue»ga qarshi shaxmat musobaqasiga kirishdi.
- 2000 — London va Frankfurt birjalari birlashdi.
- 2004 — Yangi “Sasser” internet qurti butun dunyo bo‘ylab yuz minglab shaxsiy kompyuterlarni zararlagan.
- 2005 — Afg’onistondagi harbiy omborda portlash (Bashgah qishlog’i, Bag’lon viloyati, Kobuldan 125 km uzoqlikda). 28 kishi halok bo’ldi, 70 dan ortiq kishi jarohat oldi.
- 2006 — Armanistonning «Armavia» kompaniyasiga qarashli «A320» yo‘lovchi samolyoti Sochi yaqinida dengizga qulab tushdi. Samolyot bortidagi 105 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a’zosi halok bo‘ldi.
- 2009 — «The Mail on Sunday» gazetasi tanklar vatani Buyuk Britaniya ularni chiqarishni to‘xtatganini ma’lum qildi.
- 2021 — Mexiko shahridagi metro estakadasining qulashi. 26 kishi halok bo’ldi.
? TAVALLUDLAR:
- 1469 — Nikkolo Makiavelli (1527) — italyan davlat arbobi va mutafakkiri.
- 1845 — Ilya Mechnikov (1916) — rus biologi, qiyosiy patologiya, evalyutsion embriologiya va immunologiya asoschilaridan. Nobel mukofoti sohibi (1908).
- 1848 — Vasnetsov Viktor (1926) — rus rassomi.
- 1860 — Jon Skott Xoldeyn (1936) — shotland fiziologi.
- 1866 — Geynrix Evald Xering (1948) — ingliz fiziologi, taktil sezuvchanlikning mutlaq chegarasini oʻrganish uchun asbob ixtirochisi.
- 1874 — Vagn Ekman (1954) — shved okeanografi, zamonaviy okeanografiya asoschilaridan biri.
-1891 — Mixail Bulgakov (eski taqvim bo‘yicha) (1940) — rus adibi, “Usta va Margarita” “Ityurak” va boshqa bir qator asarlar muallifi. - 1892 — Jorj Pajet Tomson (1975) — ingliz fizigi, Nobel mukofoti sohibi.
- 1901 — Ebbe Shvarts (1964) — daniyalik futbol funksioneri, UEFAning birinchi prezidenti (1954-1962).
- 1902 — Alfred Kastler (1984) — fransuz fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1966).
- 1906 — Mary Astor (1987) — amerikalik kinoaktrisa.
- 1919 — Noil Abubakirov (1998) — kimyogar olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1979).
- 1921 — Mirmuhsin (2005) — o‘zbek yozuvchisi va shoiri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
- 1924 — Izador Zinger (2021) — amerikalik matematik, Abel mukofoti sohibi.
- 1933 — Stiven Vaynberg — amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1979).
- 1940 — Hoshimjon Olimjonov (2017) — aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1987).
- 1941 — Nona Gaprindashvili — gruzin shaxmatchisi, jahon chempioni.
- 1942 — Vera Chaslavska (2016) — chexoslovakiyalik gimnastikachi, 7 karra Olimpiya chempioni, 4 karra jahon chempioni.
- 1942 — Szin Yuyshjan — 1644-1912-yillarda Xitoyni boshqargan Aysin Gyoro imperator sulolasining avlodi. 2015-yildan beri Manchjur taxtining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vorisi.
- 1965 — Mixail Proxorov — rossiyalik sobiq siyosatchi va tadbirkor, millarder.
- 1965 — Rob Brydon Jones — uelslik aktyor.
- 1976 — Sergey Mixaylov — bokschi, «Oʻzbekiston iftixori» (2002), «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi» (2000).
- 1982 — Rebekka Mariya Xoll — ingliz aktrisasi.
- 1983 — Kamolidiin Tojiyev — Oʻzbekistonlik futbolchi, ampluasi himoyachi.
- 1989 — Katinka Xossu — vengriyalik suzuvchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon va Yevropa chempioni.