3 yanvar kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Ichimlik ichish uchun maxsus naycha(solominka)ning tug‘ilgan kuni.
? Xalqaro ruhiy va jismoniy salomatlik kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh — Rok-n-rolchi ayollar kuni.
?? Belarus — Bank va moliya xodimlari kuni.
?? Burkina-Faso — Inqilob kuni.
?? Indoneziya — Diniy ishlar vazirligi xodimlari kuni.
?? Estoniya — Ozodlik urushi kurashchilarini xotirlash kuni.
?? Yaponiya — Tamaseseri festivali.

? VOQEALAR:

  • 1431 — Burgundiya gersogi asir olingan Janna d‘Arkni yepiskop Koshonga 10 000 frankka sotdi.
  • 1799 — Konstontinopolda Rus-turk shartnomasi imzolandi. Turkiya antifransuz koalitsiyasiga qo‘shildi.
  • 1851 — Jean Fuko tajriba oʻtkazib, Yerning aylanishini isbotladi.
  • 1868 — Yaponiyada Meydzi imperatorlikni qayta tikladi.
  • 1888 — Vashingtonda Marvin Stoun kokteyl ichish uchun naychaga patent oldi.
  • 1905 — Putilov zavodi ishchilarining ish tashlashi boshlandi.
  • 1911 — Verniy zilzila sabab vayron bo‘ldi.
  • 1924 — Karter ekspeditsiyasi fir‘avinning toshtobutini topishdi. Ichidan mumiyo solingan oltin tobut chiqdi.
  • 1925 — Benito Mussolini “Duche” unvonini oldi.
  • 1926 — O’zbekiston Respublikasi Milliy kitob palatasi tashkil etildi.
  • 1934 — SSSRda radiolokator orqali samolyotni topish tajribasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
  • 1958 — Vest-Indiya federatsiyasi tashkil topdi.
  • 1959 — Alyaska AQShning 49-shtatiga aylandi.
  • 1961 — AQSh Kuba bilan diplomatik aloqalarini uzdi.
  • 1962 — Ioann XXIII Fidel Kastroni cherkovdan badargʻa qildi.
  • 1977 — Apple kompaniyasining birinchi kompyteri ishlab chiqildi.
  • 1987 — Areta Franklin ismi Rock-n-Roll hurmat taxtasiga yozildi.
  • 1992 — Fransiya O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi.
  • 1993 — Jorj Bush va Boris Yelsin Qurollanishni cheklash haqida shartnomaga imzo chekdilar.
  • 1994 — Tu-154 samolyoti halokati. Samolyotdagilarning hammasi — 125 ta va yerdagi 1 ta odam halok bo‘ldi.
  • 2007 — Ginnesning yangi rekordi: 14 yoshli britaniyalik maktab o‘quvchisi yolg‘iz o‘zi Atlantika okeanini suzib o‘tdi.
  • 2020 — AQSh Bag’dod aeroportiga havo hujumi uyushtirdi va Qosim Sulaymoniyni o’ldirdi.

? TAVALLUDLAR:

  • mil. av. 106 — Mark Tulliy Sitseron (mil. av. 43) — Rimlik orator, faylasuf va siyosiy arbob.
  • 1883 — Kilment Richard Ettli (1967) — Birlashgan Qirollik 62-Bosh vaziri (1945-1951).
  • 1927 — Doʻsjon Nasirov (1992) — qoraqalpoq tilshunosi. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977).
  • 1931 — Normatov Umarali – adabiyotshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1981).
    Kun tarixi kanalidan olindi.
  • 1936 — Veniamin Akudin — teatr rassomi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1974). 
  • 1938 — Yoqub Ahmedov — aktyor, Oʻzbekiston xalq artisti (1974).
  • 1945 — Mariyash Bostanova — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1999).
  • 1953 — Karlush Manuel — Portugaliyalik taniqli futbol murabbiyi. Hozirda Eron miliy terma jamoasi bosh murabbiyi.
  • 1956 — Mel Gibson — amerika va avstraliyalik aktyor, rejissor, ssenariychi va prodyuser.
  • 1961 — Vladimir Potanin — Rossiyalik yirik tadbirkor, milliarder, siyosat arbobi.
  • 1969 — Mixael Shumaxer — Nemis avtopoygachisi, ko’p marta rekord o’rnatgan va “Formula-1”ning chempioni.
  • 1970 — Bahrom Avazov — kurashchi, ikki karra jahon chempioni, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1998), «Oʻzbekiston iftixori» (2003).
  • 1995 — Jisoo — Janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa.
  • 1996 — Goʻzal Ismatova (2021) —  oʻzbek bokschisi, ogʻir vaznda ishtirok etgan.
  • 2003 — Greta Tunberg — shved o‘quvchi qizi, ekologik harakat faoli.