30 avgust kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT — Xalqaro zo‘rlab yo‘qotish qurbonlari kuni.
? Elektr changyutgichning tug‘ilgan kuni.
? Ixcham kasseta (kompakt-kasseta) ning tug‘ilgan kuni.
? Xalqaro kit akulalari kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh — Plyajlar kuni.
?? Hindiston — Raksha Bandha bayrami.
?? Buyuk Britaniya — Notting-Hill karnavali kuni.
?? Italiya — Venetsiya kinofestivali.
?? Qirg’iziston — Arxiv xodimlari kuni.
?? Qozog’iston — Konstitutsiya kuni.
?? Ispaniya — Pomidorlar jangi.
?? Turkiya — G’alaba kuni.

? VOQEALAR:

  • 1700 — Rossiya Shimoliy Ittifoq tomonidan Shimoliy urushga qo‘ishildi.
  • 1721 — Shimoliy urush tugadi, Nishtadt shartnomasi tuzildi.
  • 1813 — Kulm jangi.
  • 1854 — Qrim urushi: Petropavlovsk mudofaasi.
  • 1873 — Frants -Iosif yeri kashf qilindi.
  • 1901 — ingliz ixtirochisi Xubert Sesil But elektr changyutgichni patentladi.
  • 1914 — Munavvar qori boshchiligida “Nashriyot” shirkati tuzildi.
  • 1914 — Birinchi jahon urushi: Tannenberg jangi.
  • 1928 — Javaharlal Neru Hindiston mustaqilligini talab qildi. Hindiston mustaqillik ligasi tuzildi.
  • 1942 — Germaniya Lyuksemburgni anneksiya qildi.
  • 1944 — Sovet armiyasining Buxarestga kirib kelishi.
  • 1963 — Fillips kompaniyasi kompakt-kassetalarni sotuvga chiqardi.
  • 1973 — Keniyada fillarni ovlash taqiqlandi.
  • 1984 — „Discovery“ fazo kemasi parvozi.
  • 1990 — Tatariston Respublikasi davlat suvereniteti to‘g‘risidagi deklarasiyani qabul qildi.
  • 1991 — SSSR da KGB tugatildi.
  • 1991 — Ozarbayjon o’z mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1995 — “Mehnat shuhrati” ordeni ta’sis etildi.
  • 1995 — Opera Software kompaniyasi tuzildi.
  • 1996 — O‘zbekiston Respublikasi demokratiyalash va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etilgan.
  • 2000 — Jaloliddin Manguberdi ordeni ta’sis etildi.
  • 2009 — Belarusiyaning Su-27 samolyoti Polshadagi aviasalonda halokatga uchradi. Uchuvchilar halok bo’lishdi.
  • 2010 — Boxoroda balandligi 18 metr bo‘lgan “Ko‘hna va boqiy Buxoro” monumenti qad rostladi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1401 — Jorj Sfranzi (1477 yoki 1478 yildan keyin) — Vizantiya tarixchisi.
  • 1705 — David Hartley (1757) — ingliz mutafakkiri, assotsiativ psixologiya asoschilaridan biri.
  • 1748 — Jak Lui David (1825) — fransuz rassomi, Napoleon saroyi rassomi.
  • 1809 — Adolf Fridrix Xesse (1863) — nemis bastakori va organisti.
  • 1852 — Yakob Xendrik Vant Xof (1911) — golland fizigi va kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1901).
  • 1869 — Vasiliy Lavrentevich Vyatkin (1932) — rus sovet arxeologi.
  • 1871 — Ernest Rezerford (1937) — ingliz olimi, yadro fizikasining «otasi», Nobel mukofoti laureati (1908).
  • 1884 — Teodor Svedberg (1971) — shved fizigi va kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1926).
  • 1877 — Aleksandr Arbuzov — organik kimyogar.
  • 1912 — Edvard Mills Pursell) (1997) — amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohw (1952).
  • 1913 — Richard Stoun (1991) — ingliz iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1984).
  • 1930 — Uorren Buffet — amerikalik tadbirkor, investor va saxovatpesha.
  • 1954 — Aleksandr Lukashenko — Belarus prezidenti.
  • 1956 — Qosimov Rustam (2021) — Oʻzbekiston Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha davlat maslahatchisi (2018-21), Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori (2019-21).
  • 1972 — Kameron Dias — amerikalik top-model va kinoaktrisa.
  • 1974 — Xojanazarov Turganbay — o’zbek siyosatchisi, agronom, Qoraqalpog’iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi raisi.
  • 1975 — Marina Anisina — rossiyalik va fransuz sportchisi, muz ustida raqs bo’yicha jahon  (2000) va Olimpiya o’yinlari chempioni (2002).
  • 1985 — Lizel Jons — avstraliyalik suzuvchi, uch karra Olimpiya chempioni, ko’p karra jahon chempioni.
  • 1991 — Mariya Ivashchenko — rossiyalik myuzikl, teatr, kino va dublyaj aktrisasi.