30 iyun kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT — Xalqaro asteroid kuni.
?? Xalqaro parlamentarizm kuni.
? Ijtimoiy tarmoqlar kuni.
? Xalqaro Seylor Mun kuni.

?  MILLIY BAYRAMLAR:

?? O‘zbekiston — Yoshlar kuni.
?? Ozarbayjon — Sevishganlar kuni.
?? Filippin ‐ Filippin-Ispaniya do’stlik kuni.
?? Nikaragua ‐ Daraxt ekish kuni.
?? Dominikan — O’qituvchilar kuni.
?? Belarus — Iqtisodchilar kuni.
?? Misr ‐ 30 iyun yilligi.
?? Markaziy Afrika Respublikasi ‐ Umumiy ibodat kuni.
?? Kongo DR — Mustaqillik kuni.
?? Sudan — Inqilob kuni.
?? Gvatemala — Armiya kuni.
?? Isroil — Harbiy dengiz floti kuni.
?? Salvador — Bank xodimlari kuni.
?? Daniya — Malika Aleksandraning tavallud kuni.

? VOQEALAR:

  • 1520 — Ispan istilochilarining Tenochtitlandan chekinishi, «Qayg‘u kechasi» nomi bilan mashhur.
  • 1736 — Azov turk garnizonining taslim bo’lishi, shaharning Rossiyaga butunlay qo’shib olinshi.
  • 1859 — Charlz Blonden  Niagara sharsharasidan dorda oʻtdi.
  • 1860 — Vatikanda 1-rasmiy gazeta «L’Osservatore Romano» ning ilk soni nashr etildi.
  • 1876 — Serbiya va Chernogoriya Turkiyaga qarshi urush e’lon qilishdi.
  • 1889 — Parij Tinchlik Konferentsiyasida Parlamentlararo Ittifoq tashkil qilindi.
  • 1893 — «EKSELSIOR» nomli olmos topildi. Og‘irligi: 995 karatga teng.
  • 1894 — Butun dunyoga mashhur London ko‘prigi — Tauer Bridj ochildi.
  • 1894 — Koreya Xitoydan mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1908 — Tungus meteoritining  Sibirga tushishi oqibatida 2150 km² oʻrmon yer bilan yakson boʻldi.
  • 1913 — Ikkinchi Bolqon urushining boshlanishi.
  • 1934 — Germaniyada «uzun pichoqlar tuni».
  • 1941 — Pepsi-Cola kompaniyasi “Loft” qandolat kompaniyasi bilan birlashtirildi.
  • 1945 — SSSR da mehnat ta‘tillari qayta tiklandi.
  • 1960  — SSSR va Xitoy mafkuraviy bo’linishni e’lon qilishdi.
  • 1960 — Yangi tashkil etilgan sobiq Belgiya mustamlakasi o’zini Kongo Respublikasi deb e’lon qildi.
  • 1964 — Oyning yaqin masofadan birinchi fotosuratlari olindi.
  • 1970 — Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya va Irlandiya Lyuksemburgda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga qo’shilish bo’yicha muzokaralarni boshladi.
  • 1971 — «S-11» kosmik kemasi halokati.
  • 2005 — Ispaniyada LGBT  qonuniy tus oldi.
  • 2008 — Sankt-Peterburgda Tu-154 samolyoti halokatga uchradi.
  • 2009 — A310 samolyoti Komor orollari yaqinida halokatga uchradi.
  • 2017 — O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tashkil topdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1470  — Karl VIII (1498) — Fransiya- qiroli (1483-1498), Valualar sulolasidan.
  • 1685 — Jon Gey (1732) — angliyalik shoir va dramaturg.
  • 1722 — Yirji Berda (1795) — mashhur chexiyalik bastakor.
  • 1791 — Savart Feliks (1841)  fransuz fizigi.
  • 1887 — Yevgeniy Betger (1956) — tarixshunos va sharqshunos olim, kitobshunos, bibliograf.
  • 1914 — Kalonov Saidjon (1971) — sozanda (nay), bastakor, O’zbekiston xalq artisti (1966).
  • 1917 — Syuzan Heyvord (1975) — amerikalik kinoaktrisa.
  • 1920 — Zeno Kolo (1993) — italiyalik sportchi, olumpiada chempioni (1952).
  • 1926 — Pol Berg — amerikalik bioximik, Nobel mukofoti sohibi (1980).
  • 1933 — Lea  Massari — italiyalik kinoaktrisa.
  • 1939 — Yanis Peters — latviyalik shoir.
  • 1941 — O‘lmas Alixoʻjayev (2015) — aktyor, O‘zbekiston xalq artisti (1983). 
  • 1941 — Pol Anka — kanadalik qo‘shiqchi.
  • 1954 — Serj Sarkisyan — Armaniston Prezidenti (2008-2018).
  • 1966 — Andrey Abduvaliyev — sovet, tojik va o’zbek yengil atletikashisi, Olimpiya chempioni (1992), ikki karra jahon chempioni.
  • 1966 — Mayk Tayson — amerikalik bokschi, sobiq jahon chempioni.
  • 1969 — Anastasiya Nemolyayeva — rossiyalik aktrisa. 
  • 1977 — Xusto Vilyar — Paragvay terma jamoasi darvozaboni .
  • 1982 — Otis Xarris — amerikalik yengil atlet, olimpiada chempioni (2004).
  • 1982 — Sevinch Moʻminova — oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi. 
  • 1983 — Cheryl Ann Tweedy — ingliz qoʻshiqchisi, raqqos va teleboshlovchi.
  • 1985 — Maykl Felps —  amerikalik suzuvchi, 23 karra Olimpiya chempioni, 26 karra jahon chempioni.