Savol javoblar t.me/Eski_Savollar_Bazasi telegram kanalidan olingan.
3601. Xo‘ja Nasriddindan so‘rashibdi tobutning oldida yurgan yaxshimi yoki orqa tomonida.
Savol: Xo‘ja Nasriddin nima deb javob berganini toping?
Javob: Tobutni Oldimi orqasimi farqi yo‘q. Ichida bo‘lmasang bo‘ldi.
3602. Bu — yer yuzidagi eng dahshatli kasallik ekan. Bu bilan odamlar odatda 15-20 yoshlarida kasal boʻlib, to oʻlimiga qadar kasal boʻlishadi. U juda keng tarqalgan — Yer shari aholisining 1/8 qismi unga chalingan. U davosizdir. AQSH patent byurosida u bilan kurashning 186 ta vositalari roʻyxatdan oʻtkazilgan, ammo hech biri foydasiz. Insonga bu kasallikka chalinganini aytmaguningizcha bu haqida u bilmas ekan.
Bu qanaqa kasallik boʻldi?
Javob: Hurrak otish
3603. Bizga ma’lumki oylar 30,31 kundan iborat. Filip Morris kompaniyasi o‘z hodimlarining 40%i ga aynan bir oyda mehnat tatili berar ekan. Sababi bu oyda savdo hajmi keskin kamayib ketadi.
Diqqat savol qaysi oyda?
Javob: Ramazon oyida
3604. XVIII asrgacha dastro’mollar aylana shaklda bo’lgan. Keyin negadir to’rtburchak shaklida ishlatila boshlangan. Nima maqsadda dastro’mollarni aylana shaklda tikish to’xtatilgan?
Javob: Maqsad bitta bo’lgan, u ham bo’lsa matoni tejash. Aylana shaklda ko’p mato isrof bo’lgan.
3605. Mahmudovning «Mehmonnoma» kitobida shunday yozilgan:..
«Juda issiq va suyuq ovqatlar dasturxonga keltirib qo’yilgandan keyin unga albatta o’sha narsani qo’shib berish maqsadga muvofiq», deyilgan.
U nima.?
Javob: Yog’och qoshiq
3606. X- bu din, jins, irq va yoshga asosan odamlarni ajratmaydigan, insoniyat tomonidan yaratilgan yagona ishonch tizimidir. X ning sharofati bilan xatto bir-birini tanimaydigan va bir-biriga ishonmaydigan odamlar ham o’zaro hamkorlik qila oladilar?
X-ni toping…?
Javob: Pul
3607. Odatda biror narsaning sinishini baxtsizlik deb hisoblashadi.
Yaxshilikga bo‘lsin deyishadi. Lekin X ning sinishi yaxshilikka olib keladi. Ko‘pincha X ni bir emas ikkita qilib sindirib qo‘yishadi.
DIQQAT SAVOL: X nima?
Javob: Non sindirish
3608. XVIII asrda «X» ni desert sifatida dasturxonga tortilardi. Uni iste’mol qilishdan oldin qaynatib, so’ng shakar qo’shib yeyishardi. Hozirda esa biz uni juda ko’p, deyarli har kuni iste’mol qilamiz.Hozirgi kunda uning narxi bir muncha qimmatlashdi ham.Hatto uni sotib olishda navbatlar hosil bo‘lmoqda.
X nima?
Javob: Kartoshka
3609. Ushbu mahsulot reklamalaridan birida unga shunday ta’rif berilgan: «Unga musiqiy asarlar bag’ishlangan, u turli dindagi insonlarni yaqinlashtirishga yordam bergan, ko’pgina illatlarga qarshi dori sifatida foydalanishgan, uning yordamida sevgi izhorlari qilishgan(yurakni rasmini chizib)
Diqqat savol U nima?
Javob: Kofe Qahva
3610. Qadimda ota bobolarimiz xirmonlarni chumoli va boshqa hashoratlardan himoya qilish maqsadida, xirmon atrofini X bilan «o’rab» chiqishgan. Uni qishloq va hovlili uylarda topishimiz mumkinligini hisobga olgan holda, X ni nimaligini toping?
Javob: Kul
3611. Bu metall- kumush rang oqish yaltiroq tusli metall bo’lib, temir moddasiga nisbatan 3 marta yengil. Undan soch tolasidan ingichkaroq sim cho’zish, loyiha qog’ozi qalinligidagi plastinalar tayyorlasa bo’ladi. U yer qobig’i massasining 8% ni tashkil qiladi.
Gap qaysi metall haqida ketyapti?
Javob: Alyuminiy
3612. «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» O’tkir Hoshimov.
Ba’zilarga hayron qolasiz. Qilg’ilikni qilib qo’yadi-da, «bilmay qoldim, shayton yo’ldan urdi», deydi. To’g’ri, odamzod qonida shayton vasvasasi aylanib yurishi bor gap. Ammo, shunaqangi erkaklar borki, 40 ta urg’ochi shaytonni bolalatib tashlaydi. Shunaqangi ayollar borki, 40 ta erkak shaytonni «U» ishni qilishga majbur qilib qo’yadi.
Nima qilishga?
Javob: Alyument
3613. Olimlarning aniqlashicha Alfa nomli a’zo 16 xil vazifani bajarar ekan. Va juda qiynalar ekan. Agar biz Bu ishni qiladigan bo’lsak, Alfa hech bo’lmaganda 12 soatning 6 soatida vazifalari yengillashib, dam olar ekan.
Alfa va Bu ishni aniq ayting?
Javob: Jigar ro’za tutish
3614. Balzakning » Sarg’i teri tilsimi » asari qahramoni Rafael o’z holatiga quyidagicha taʼrif beradi…
«Men, xuddi, X kabi o’z-o’zimga maqbara bunyod etaman va vaqt o’tib, go’zallik va shon-shuhrat olamida qayta dunyoga kelaman».
X ni maxsimal aniqlikda ayting.
Ha aytguncha» X» Xitoy da paydo bo‘lib, hozirgi kunda X ning ayni mavsumi hisoblanadi.
Javob: ipak qurti (pilla qurti)
3615. Salibchilar Quddusni egallashganidan so’ng juma kuni Fulka va Melisendini nikoh marosimini tashkillashtirishadi. Ikki yoshni nikoh kechasini o’tkazish uchun X joydan foydalanishadi.
U joy O‘zbekiston da ham mavjud,bizning kelin kuyovlar ham X joyga borishadi.
Diqqat savol X qayer yoki nima?
Javob: Masjid edi
Izoh Bilamizki Quddus musulmon davlat shuning uchun u yerda masjidlar ko’p savolda juma kuni ham deyildi ular to’yni masjidda o’tkazishgan
3616. Bu «mo’jiza» ni yiliga minimum darajada 2 marta kuzatib kelganmiz va kuzatib borsak ham kerak. U «mo’jiza» shu darajada rivojlanib ketyaptiki, hatto dunyoga mashxur titanik filmini tomosha qilgan tomoshabinlardan ko’ra, bu «mo’jizani» tomosha qiladiganlarni soni ko’p ekan. Yordam uchun, har safar mo’jizani ko’rgandan keyin «ko’pchilik tosh oynani izlab qoladi».
Bu qanday «MO’JIZA»-?
Javob: El-klassiko.
(gap Real ~Barsa haqida edi)
3617. U siz yashab bo’lmaydi, uni ko’p qilish ham dangasalikka olib keladi. U chaqaloqlarda ko’p, aksincha kattalarda kamroq vaqtni egallaydi. U yo’qligidan aziyat chekadiganlar ham oramizda uchrab turadi.
U ni aniq ayting?
Javob: Uyqu
3618. Hindistonda shunday vaqtlar bo’ladiki zaharli ilonlar odamlarning uylariga qo’rqmasdan kirib oladi.
Bunga sabab X ularning asabiga o’ynaganidir. Hindistondagi holat O‘zbekiston da ham bo‘ladi. Lekin bizda X sodir bo‘lganda kattalar uchun quvonchli bolalar uchun vaximali holat yuzaga keladi. X nima…?
Javob: Chaqmoq chaqib yomg‘ir yog‘ishi…(momaqaldiroq)…
3619. Bugungi kunda Gollandiya dehqonlari erishayotgan natijalar butun dunyoga mashxur. Ayniqsa, issiqxonalardan foydalanishda ularni oldiga tushadigani topilmayapti. Deyarli hamma meva va sabzavotlarni yiliga 3-4 martadan xosili olinmoqda. Biz so‘ramoqchi bo‘lgan maxsulotni ular yiliga 7-8 marta issiqxonada yetishtirib sotadilar. Bir kvadrat metrdan yiliga 2-3 tonna hosil olishadi. Aynan o‘sha yer ne’matini biz tabiiy holda yiliga bir marotaba hosilini olamiz. Bizni fermerlarimiz ham hozir uni issiqxonalarda yetishtirishni o‘rganishmoqda. Aytingchi, qanday yer mahsuloti haqida so‘z kettmoqda…?
Javob: Qo’ziqorin
3620. O‘rgimchak juda ochofat hasharot hisoblanadi. U ertalab ikkita pashsha, tushlikda kapalak, kechqurun bir-ikkita chivin yeydi. Olimlar o‘rgimchaklar har kechgi ovqatda X ni desert o‘rnida iste’mol qilishlarini kuzatishgan.
U nimani desert o‘rnida yeydi?
Javob: U o‘zi to‘qigan to‘rni yeydi…
Izoh: O‘rgimchak to‘ri oqsil moddaga boy. Uni xar kuni yangi to‘qimasa osilib ketadi…
3621. Qadimda Bemor ayollarga tabiblar qo’lini tekiza olmasdi, koʻp joylarda shunday taqiq bor edi. Shuning uchun tabiblar o’zlari bilan sandiqchadagini olib yurishgan. Tabib uni kasalga berardi va u orqali tabib kasalning qayeri og’riyotganini bilib olardi. Sandiqchadagini aslida yosh avlodlar uchunligini hisobga olib. Aytingchi, Sandiqchada nima bor.?
Javob: Qo’g’irchoq
Tabiblar doim o’zlari bilan qog’irchoq olib yurishgan va u orqali bemor o’zining qayeri og’riyotganini ko’rsatgan. Qo’g’irchoqni esa ko’proq bolalarda ko’rishimiz sir emas…
3622. Quyoshdagi dog’lar,
Po‘lat,
Ko‘zgu,
Gugurt,
Mexank soat,
Lak,
Pi soni,
Ot taqasi…
Savol…Bularni o’zara bog’lab turgan davlat nomini toping.!
Javob: Xitoy
Izoh…
Bu narsalarning hammasi birinchi bo‘lib Xitoyda paydo bulgan…
Bularning safiga boshqa narsalarni ham qushsa bo‘ladi masalan:kompos,virus…
3623. Al Gʻazzoliyning ta’kidlashicha:
,, Uchta olam mavjud boʻlib… Ulardan biri Zohiriy olam, ikkinchisi Botiniy olam boʻlsa, uchinchisi esa — Y oʻrin olgan»…
Diqqat savol: Y ni ikki so‘z bilan ifodalab bering…?
Javob: y-Ruhiy olam
3624. Qaysi mashhur adibimiz, «O’zbekiston Qahramoni» unvoni sohibi, qo’llari, keyinroq oyoqlari kesilishi, biroz vaqt o’tgach ko’rish qobiliyati pasayishiga qaramasdan o’z ijodini sabr bilan davom ettirdi va xalqimiz iftixoriga aylangan shaxslardan biri sifatida tariximizda o’chmas iz qoldirdi?
Javob: Ozod Sharafiddinov
3625. 1)Uning hidi yo’q,
2)U bir davlatning pul birligi,
3)XVI asrda Angliyada u to’g’risida noto’g’ri bashorat qilganlarni qatl qilishgan,
4)Uning eng ko’pi Cherapudji shahrida bo’ladi,
5)Hozirgi kunda uni suniy tashkil qilsa bo’ladi.
Diqqat savol: U nima.?
Javob: Yomg’ir
3626. Eduard Xachiturov rejissorlik qilgan, Boris Saakov ssenariysi asosida suratga olingan 65 daqiqalik ushbu filmda o’zbeklar naqadar oliyjanob, o’z xohishidan o’zgalar manfaatini ustun qo’yishi g’oyasi gavdalangan. Ushbu film qahromoniga qoidabuzar do’stlari, injiq yo’lovchilar, kasalmand hamrohi va maktabda bir fandan yaxshi o’qimaganligi pand beradi…
Savol: Bu qaysi film ekanligini emas, qaysi fanni yaxshi o’qimaganligini topib bering?
Javob: Kimyoni
Gap “To’ylar muborak” filmi haqida edi. Gips qotib qolish sahnasini eslang.
3627. Fors yozuvchisi H.Husayni «Tog‘lardagi aks-sado» romanida.
Og‘ir dehqonlar hayotini ta’riflab.
Dehqon ertalab dalasiga panshaxadek yo‘l olib, kechqurun Y dek qaytadi degan o‘xshatishni qilgan.
Y o‘rnidagi so‘zni toping.?
Javob: Kechqurun ishdan charchab o‘roqdek egilib qaytishini yozgan…
Y —> O‘roq
3628. » Y » ning dunyoda ko’p turlari mavjud.
» Y «ni hayotda ham, kinoda ham, uyda ham xullas ko’p joylarda ko’rishimiz mumkin.
» Y «ni ko’pincha zarar keltirganini ko’rganmiz.
» Y «ni mashxur qilgan kinolar va Multfilmlar bor.
Diqqat savol: Bizga «Y»ni nima ekanligini ayting..?
Javob: «Sichqon!»
Izoh: Sichqonlarning dunyo bo’ylab 25 xil turi tarqalgan ekan. Sichqonlar bilasiz ko’p kinolarda ishtirok etishgan, multfilmda ham umuman uyda ham ularni zarar keltirishini ko’rishimiz mumkin..!
3629. Abdulla Qahhorning Unga bergan ta’rifini eshiting:
Yuk ko’tar desang X man deydi,
Uch desang Y man deydi.
Biologiya fanidan bizga ma’lumki eng katta Z unga tegishli.
X—>..?
Y—>..?
Z—>..?
Demak U nima.?
Javob: Tuyaqush.
Abdulla Qahhorning tuyaqushga bergan ta’rifini eshiting..:
Yuk ko’tar desang qushman deydi,
Uch desang tuyaman deydi…
Biologiya fanidan bizga malumki eng katta tuxum tuyaqushga tegishli.
X—>qush
Y—>tuya
Z—> tuxumi 1,5 kg
3630. Eh sevgi, sevgi.! Kimlarni qay yo’lga boshlamading.? Boyni gado qilding, faqirni boyitding. Orni nomusdan ayirding, ota-onani farzanddan. Soqovni hofiz qilding, badbaxtni shoir.
Ushbu iqtibos qaysi asarda.?
Javob: O‘lmas Umarbekov
«Odam bo‘lish qiyin»
3631. O‘ylab qarasam o‘tgan umrim-umr emas , tush ekan.
Go‘yo men esimni tanib-tanimay birov uyqu dori ichirgan-u tush ko‘rib yuroverganman.
Ushbu iqtibos qaysi asardan.?
Javob: O‘tkir Hoshimov…
«Tushda kechgan umrlar»
3632. Har bir davlatning dafn marosimi bilan bog’liq o’z rasm-rusmlari bor. Ba’zilar o’likni yoqishib hokini oqizishadi, ba’zi davlatlar kuy bilan o’likni kuzatar ekan. Yana ba’zi davlarlardan o’likni komib, ma’lum vaqt yìg’lashadilar.
Fransiya davlatida shunday naql bor. Qabriston, mozorga eng yaqin va kerakli joy «Y» dir.
Diqqat savol: Fransuzlarni dafn marosimidan kelib chiqib aytingchi,
«Y» qayer-.?
Javob: MAYXONA
Fransuz xalqi odatda dafn marosimini o’tkazgandan keyin may ichishga o’rganishgan. Shuning uchun qabristonga eng yaqin va kerakli joy mayxona deb takidlashadi.
3633. Ko’rshapalaklar Markaziy Amerika fermerlari chorvasiga jiddiy zarar yetkazadi. Buni oldini olish uchun fermerlar o’z chorvasiga moy va uning aralashmasidan tayyorlangan qorishmadan surtar ekanlar.
Diqqat: Savol G’arb afsonalarini yodga olingda va qorishmaga qoshilgan U ning nimaligini toping?
Javob: Sarimsoq piyoz
3634. AQSHning Indiana Shtati Unversitetining asosiy kutubxonasi, har yili bir dyunga 256 sm ga yer ostiga kirib ketayotganligi aniqlangan. Sababi esa arxitektor va quruvchilar qilgan xatodadur.
Savol Quydagicha. Loyihalashtirilayotganda Ular nimani hisobga olishmagan?
Javob: Kitoblarning ko‘pligini va har kuni ularni o‘qishga sanoqsiz insonlar kelishini.
3635. Deyarli barcha so’zlarning ziddi mavjud:
Oq — qora, baland — past,boy — kambag’al va h.z. Xuddi shunga o’xshab shirin va achchiq ham. Ammo biz Y ni shirin deb ta’riflaymiz-u, ziddini achchiq demaymiz, balki boshqa sifatdan foydalanamiz. Siz bu sifatni topgan bo’lsangiz, Y ni aytib bering?
Javob: Tush. Uyqu javobi ham qabul
3636. Tog‘ay Murodning «Oydinda Yurgan Odamlar» qissasidan.
Otamiz turdi -turdi, o‘ylab qoldi… Chindanda «Alfa» sotib olsammi..?
Xushvaqt katta bo‘lsa o‘qiydida..!
Otamiz eshitgan -bilgan «Alfa» larini bir-bir yodga oldi…
Sotuvchiga
-Shu X dan bormi- dedi…
-Qanaqa X..?
-Xaligi , Vodiylik X…
-Yozuvchimi..?
-E , yo‘g‘-e , xaligi … Y ga tegishlichi..?
-Xa-a, umi..? Bor, bor…
-Shundan ber, X dan ber…
Qiz «Alfa» ni topib keldi…
-Y kerak emasmi..? — deya jilmaydi…
-X qayerda bo‘lsa, Y — shu erda bo‘ladi-da..!
Deb choyxona tomon yurib ketdi.
Diqqat savol — X va Y ni va Otaxon qanaqa «Alfa» harid qilganini toping..?
Javob: X—>Kumush…
Y—> Otabek…
«Alfa»—>Kitob…» O‘tgan kunlar»… (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3823?comment=9443)
3637. Tassavur qiling siz okeandasiz.
Juda katta kemangiz bor va siz kemada baliq tutib o‘tiribsiz, kemangiz tagida juda ko’p akulalar o‘ralib, kemangizni har tomonida yuribdi.
Kemangizni bir chekkasidan suv kira boshladi kema cho‘kmoqda, qirg‘oqqacha 200 m.
Savol: Qanday qilib qirg‘oqqa yetib olish mumkin.?
Javob: Tasavvur qilishdan to‘xtash.
Bill Geytsni gapi bor edi.
«Tasavvur qilishdan to‘xtab real hayotga qaytamiz»…
3638. Bu narsa bir joyda turib butun dunyo boʻylab sayohat qiladi. Bu narsani ilk bor yaratgan inson ingliz ser Rouling Hill hisoblanadi. Bu narsadan foydalanganingizda kleyning tahir taʼmini yo’qotish uchun unga apelsin, olma, qulupnay taʼmini beruvchi moddalar qoʻshiladi.
bu narsa nima ekanligini toping.?
Javob: Pochta markasi
Yordam sifatida kley keltirilgan edi.
3639. «Oʻzbekning fe’l-atvori barchaga ayon: u yerni, tabiatni sevadi. Doʻppisida suv tashib boʻlsa-da daraxt koʻkartiradi. Oʻzbek tom ma’noda bunyodkordir».
1938-yil… Qish Samarqandlik hizmatchilar oilasida bir bola dunyoga keldi, u juda koʻp qiyinchiliklarni boshdan kechirdi.
U tugʻilgan vaqtida hammani hursand etmagandir, ammo vafoti chogʻida koʻpchilikni yigʻlatib ketadi.
Faqat shu yili 1938- yilda. Oʻzbekistonda 1694 ta o’g’il bola dunyoga kelgan va bittasiga bu ism beriladi.
Bu ajdodimiz Qohiradagi Al-Axzar, Ozarbayjondagi Baku universitetlarning faxriy doktori, Kaliforniya Fan, taʼlim, ishlab chiqarish va sanʼat xalqaro Akademiyasining faxriy aʼzosi va yana boshqa koʻplab xalqaro unvon va mukofotlar sohibiga aylangan.
Bu ajdodimizning kimligini toping?
Javob: Buyuk Prezidentimiz Islom Abdugʻaniyevich Karimov
3640. «Urush va tinchlik» romanida. «Hech kim keksa momolarchalik bemorlarga yaxshi qaray olmaydi. Bemorga qarab o’tirish o’ta zerikarli ish, ammo keksa momolar zerikishmaydi, chunki ular…………»
Savol: fikrni davom ettiring?
Javob: Paypoq to‘qishgan, kashta tikishgan
3641. U kim uchundir do’st. Kim uchundir sherik. Kim uchundir esha la’nat! U ota bola o’rtasiga nifoq solgan. U ba’zan o’z tana azosini yo’qotib qo’yadi. Hatto bir qishloq aholisi unga sig’ingan ham. Uni Munkar- Nakir deb ham atashgan. Yana bir inson uni o’ldirib qo’ygani uchun jazolangani ma’lum!
Eng qizig’i u mashhur saltanatning valeahd shaxzodasidir.!
Savol: Uni toping?
Javob: ESHSHAK..!
Izoh: U Shrekning do’sti. Nasriddinning sherigi. U yana Xorazm Shoxining valeahd shaxzodasi. U susambilda Munkar- Nakir. Vinni Pux da doim dumini izlab yuradi. «Sariq devni minib»da unga qishloq aholisi » Uzunquloq pirim» deb sig’inadi..! Ota bola bir eshshakka ikkovi minib malomatga qoladi va arazlashadi.Uni so’yib qo’ygani uchun Qoravoy(shum bola) rosa kaltak yegan
3642. Qadimgi rus topishmog’ida aytilishicha, U yosh bo’lishiga qaramay bir haftada sochi oqardi. Ikki kuncha o’tgach esa butunlay kal bo’lib qoldi.
Savol: Topishmoq nima haqida..?
Javob: Momaqaymoq (qoqi o‘t)
3643. Biz bilamizki Chingiz Aytmatov o’zining chingizona talqini bilan kitobxonlar ko’nglidan joy olgan. Uning bir asari qahramoni rassom yigit, hali tamomlanmagan asarini
» X «ga qiyoslab shunday deydi..:
X ga o’xshab jar solishni istamayman chunki.
» X «ni va asarimni kelajagi noma’lum.
«X»ni ikki so’z bn aytib bering?
Javob: Beshikdagi chaqaloq
3644. Bizda bir predmet bilan bog‘liq irim sirim bor. Uni hammamiz juda yaxshi bilamiz. Lekin qadimgi odat bo‘yicha agar yaxshi hosil olishni istasangiz u bilan mevali daraxtlarlarni urish kerak.
Rus ertaklarida u yovuz qahramonlardan birida bo‘lsa, Ingliz yozuvchisining bir qator romanlarida ham undan foydalangan..
Savol: Qanday predmet haqida gap ketyapti…?
Javob: Supurgi
3645. Arab xalqida shunday bir naql bor: «U cho’l malikasi, uning oyog`i suvda, boshi olovda».
U yana ayrim Qur’on oyatlarida ham tilga olingan.
Diqqat savol: Yuqoridagilar nima haqida aytilgan.?
Javob: Xurmo daraxti
3646. Jang maydonida ikki qo’shin bir biriga qarshi jang qilishadi.
Unda mag’lubiyat va g’alabadan tashqari do’stlik g’olib bulishi mumkin. Bizda shunday ibora bor: «Bir o’q bilan ikki quyonni uraman» lekin unda bunaqasi kamdan kam bo’ladi. Jang tarixiy syujet va tarixiy obrazlar asosida qurilgan Strategiya bunda 1-o’rinda turadi.
Qanday «jang» nazarda tutilmoqda.?
Javob: Shaxmat o‘yini
3647. U narsaga chiqish uchun hech qanday lavozim, martaba shart emas.
Unga har bir inson faqatgina bir marta chiqadi.
Xo‘sh U nima?
Javob: Tobut
3648. IX-XI asrlarda arab otlarining dovrug‘i olamga yoyilgan. Uni Osiyoda ham, Yevropada ham qadrlashgan. O‘sha paytlarda arablar otlarini Yevropadagi judayam kichik bir jonzotga almashishgan. Chunki unga arab dunyosida ham talab katta bo‘lgan. Qandaydir foydasi uchun ularni bir donasiga bitta uchqur ot berishgan.
Savol: matnda qaysi jonzot so‘ralmoqda.?
Javob: Kabutar…
(Xat tashuvchi kabutarlarga…)
3649. Erkaklar undan asosan bir (ayrim hollarda ikki), maqsadda, ayollar esa ikki maqsadda foydalanishadi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, aynan u paydo bo’lgach, ayollar o’zlariga noqulaylik tug’diradigan (yoqmaydigan) ba’zi narsalardan xalos bo’ldilar. U bilan kunduz kuni «do’st» tutinib , tunda o’z holiga qo’ygan ma’qul.
Savol: Gap nima haqida ketyapti.?
Javob: linza
3650. Muhammad Yusuf she’rlaridan birida aytib o’tadi.
Atomlar ham U
Vodorodlar ham U
Qiruvchi samalyotlar ham
Krematoriyalar ham U
Muhammad Yusuf shoir ekanligini inobatga olgan holda U nimaligini aytib bering?
Javob: Matematika
Izoh: o’sha she’r parchasi bilan tanishing:
Atomlar — matematika.
Vodorodlar — matematika.
Qiruvchi samalyotlar,
Krematoriyalar — matematika!
Matematikani yomon ko’raman.
3651. Ro’yhatga e’tibor bering.
X-bu hozirgi yoshlar orasida ishlatiladigan oqibat bilan bog’liq so’z bo’lib, oqibatni qanday mustahkam ekanligini ifodalaydi.
X- bir qardosh xalq tilida «kelinglar» degan mano beradi.
X- Qadimgi Rimda ixtiro qilingan.
Savol: turli ma’no anglatayotgan
X nima..?
Javob: X — beton.
Izoh:
Oqibatimiz beton bo’lsin!!!
Tojik tilida beton beton «kelilar» «o’tilar» degan ma’no beradi.
6-sinf tarix darsligidan bilamizki beton Qadimgi Rimda ixtiro qilingan.
3652. Quyida sizga «Mashhur X lar» deb nomlangan insonlar 10taligi berilgan.
Ben Kingsli
Djeyson Stetxem
Billi Zeyn
Bryus Uillis
Xalk Xogan
Vin Dizel
Mayk Tayson
Shon Konneri
Djon Malkovich
Semyuel L. Djekson
Bunday insonlar bilan suhbatda og‘ziga kelganini gapirmasdan, o‘ylab gapirish kerak. Yoqsa xafa qilib qo‘yish hech gap emas.
Diqqat savol: Menga X qatnashgan bir o‘zbek maqolni ayting?
Javob: Boshi kal ko’ngli nozik…
Izoh: Yuqoridagi ro’yxat esa mashhur kal kishilar edi…
3653. «Bu» taom asosan turkiy va eroniy xalqlar, shuningdek Osiyoning boshqa mamlakatlarida keng tarqalgan taom.Baʼzi manbalarga koʻra, «u»ning tayyorlanish uslubi eramizdan avvalgi II—III asrlarda qadimgi Yaqin Sharq, Oʻrta Osiyo va Hindiston yarim orolida tashkil topib kelgan. Bir oʻzbek xalq maqolida esa : » Kambagʻal «u’ ni yeydi, boy esa faqat uni». Marhamat maqoldagi , u ni yozib bering?
Javob: Osh
«Kambagʻal osh yeydi, boy esa faqat osh» -Oʻzbek xalq maqoli (men ham 1-marta eshitishim?)…
3654. Yangi Zelandiyada tug’ilgan bu odam Kembridjdagi Kovendish laboratoriyasini boshqargan. Uning talabalari orasida 14 nafar bo’lajak Nobel mukofotlari egalari bor edi. U hatto yangi fizik nazariya ham yaratdi. U inson kim.?
Javob: Rezerford (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3849?comment=9893)
3655. Yunoncha «issiq». Odatda bu narsa ikki xil bo‘ladi. Nima bo‘lishi mumkin.
Buyumni toping.?
Javob: Termos (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3850?comment=9905)
Izoh: Yunoncha- «termos» so‘zi «issiq, qaynoq» degani.Choy va taom termosi bor…
3656. «Bu» soʻzni eshitganda meni koʻz oʻngimga : Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi shahar, choʻyan,mis, alyuminiy va boshqa metallardan quyib tayyorlangan buyum keladi. Arxeologik tekshirishlar qadimda Oʻzbekistonda sopol, tosh , bronza «u»lar boʻlganligini koʻrsatadi. Masalan Katta Fargʻona kanali qazilganda miloddan avvalgi 1-ming yillikning oxiriga mansub bronza «u» chiqqan. Yuqoridagi maʼlumotlardan foydalangan holda menga «u»ni maksimal aniqlikda yozib bering?
Javob: Qozon
Tatariston poytaxti Qozon shahri
3657. Qadimgi baqtriya tilida «narigi sohildagi manzil» degan ma’noni anglatadi. Mil. avv. IV-IIIasrlarda maydoni 10 ga ni tashkil etgan. Hozir esa bir viloyatimiz markazi hisoblanadi.
Shaharni toping.?
Javob: Termiz
Gap Termiz shahri haqida edi. Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri ekanligini aytish shartmasdir
3658. «U» deyarli barcha tirik organizmlarda bor. «U»ning bizdagi shakli loviyaga oʻxshaydi.Koʻpchilik kavshovchi sut emizuvchilarda «u» 4 boʻlmali boʻladi . Ular: katta «u», toʻr»u», qat»u» va shirdon deb nomlanadi.
Marhamat uni yozib bering?
Javob: Oshqozon
Koʻpchilik kavshovchi sut emizuvchilar oshqozoni 4 boʻlma: katta qorin, toʻrqorin, qatqorin va shirdondan iborat
3659. Amerikada quldorlik keng tarqalgan paytda Garriyet Tabmen ismli ayol 1849 yilda qullarni ozod qilish yashirin jamoasini tashkil qildi. U 700 dan ortiq insonni qullikdan xalos qildi. U keyingi ozodlik harakatlarida yetakchi shaxslardan biri edi. Undan qullarni qutqarish yo‘lidagi eng mashaqqatli ish nima deb so‘rashganda chuqur o‘ylanib shunday javob beradiki, savol berganlar dastlab ajablanishadi,keyin yesa inson ongi ko’p narsalarga qodir ekanligini yana bir bor xis qilishadi.
Savol: U nima deb javob berganligini 4 ta so‘z bilan izohlab yozib bering?
Javob: Qulni qul emasligiga ishontirish
Izoh:Qullarning ongiga ozod shaxs ekanliklarini,hech kimga tobe emasliklarini singdirish
3660. 1484-yili Papa Innokentiy VIII «Alfa» larni shaytonga sig’inish vositasi deb hisoblagani bois ularni qirib tashlashga bo’yruq berdi.Butun yevropa «Alfa» -dan tozalandi natijada esa «Betta»_lar ko’payib vabo tarqaldi.Bu o’lat 100- mingdan ortiq insonlarning yostig’ini quritdi.
Savol. » Alfa»-…?
«Betta» -…?
Javob: «Alfa» —> Mushuk.
«Betta» —> Sichqon.
3661. «Bu»qurilma jarayonlar va signallarning ishlashini nazorat qilish va boshqarish uchun mo’ljallangan elektron qurilma…
«U» ning ilk ajdodi 1898 yilda yasalgan. 1950 yilda hozirgi kundagiga oʻxshash turi yasalgan. Hozirda biz «u»ni hayotimizni ajralmas qismidan biri boʻlgan qurilmani yordamchisi sifatida tanimiz.
Marhamat, yordamchi qurilmani nomini 1 boʻgʻinli soʻzda yozib bering?
Javob: pult
3662. -«Bu» narsaning ilk ajdodi 100.000 yil oldin yasalgan degan tahminlar bor. Mesopotamiyada er. avv. 3000 yil oldin «u»ndan foydalanishgan. «U»ni hozirgi kundagi koʻrinishiga yaqin variantli ilk bora xitoyda Marko Polo koʻrgan. Yuqoridagi maʼlumotlardan foydalanib marhamat «u» ni ham yozib bering?
Javob: pul qog’oz
3663. Islom olamida katta obro’ topgan taqvodor Uvays al-Qaroniy, Muhammad s.a.v ning bir jangda tishidan ayrilganini eshitadi. Shundan so’ng u bir ish qiladi.Siz menga o’sha ishni emas, bu ish oqibatida paydo bo’lgan narsani toping.U paydo qilgan narsada 36 jangchi tizilgan va ular ichra 2 sarkarda, 1 qo‘mondon barchani bog‘lab turipti. Bizga kerak 33 oddiy askar. 1 qo‘mondon va 2 sarkarda har 11 askarni ajratib beradi holos.
Diqqat nimaga ta‘rif berildi.?
Javob: Tasbeh…
Izoh: Uvays al Qaraniy paygambarning bir tishidan ayrilganini eshitadi, lekin aynan qaysinisi ekanligini bilmaydi. Oqibatda ozining 32 tishini sug’urib tashlaydi. Shu tariqa 33 ta tarkibiy qismga ega tasbeh paydo bolgan…
3664. U Shu qadar shirinki totib ko‘rging keladi, Shu qadar achchiqki tilingni kuydiradi!
Savol: Gap nima haqda?
Javob: haqiqat
3665. Alfa lar — zilzilalarni bashorat qilishga qodir. Ular taxminan besh kun oldin, 120 km masofada yaqinlashib kelayotgan zilzilani his qilishlari mumkin.
Savol: alfa-ni nima ekanligini toping?
Javob: Ilon
3666. Bir rus gazetasida yozilgan iboraga diqqat qiling:
«Ayollar ikki turga bo’linishadi: Birinchi turi eriga ishonmaydigan ayollar, ikkinchisi….»
Ikkinchisini siz toping?
Javob: Eri yo‘q ayollar
(Turmushga chiqmaganlar)
3667. Buyuk mutafakkir Monten shunday degan ekan:
— Bu dunyoda eng to‘g‘ri taqsimlangan narsa — .X Chunki shu paytgacha hali hech kim .X kamligidan shikoyat qilmagan
X…?
Javob: aql
3668. Duplet
1.400 mingga yaqin modda olish mumkin bolgan mineral moddaning nomi?
2.Qaysi tabiat ne‘mati inson tanasida 100% parchalanadi?
Javob: 1. Ko’mir
2. Asal
3669. Dunyoga mashhur sportchilar : Cristiano Ronaldo va Maykl Jordan. Bilamizki Ulardan Biri Futbolchi biri esa Basketbolchi. Lekin ularning o‘rtasida bir bog‘liklik joyi bor.
Savol: Ularni nima bog‘lab turibdi?
Javob: Nike (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3871?comment=10520)
Izoh: Ikkalasi ham Nike bilan umrbot shartnoma imzolagan Ronaldo 70 ga kirguncha Nike unga 1 mlrd $ utkazib beradi
3670. Angilyaning markaziy bog‘ida bir mevali daraxt o’sadi. Angilyaliklar shu daraxt bilan faxrlanishadi. Bunga sabab u bilan bog‘liq bir voqea yuz bergan.
Yordam sifatida shuni aytamanki bu voqeani yoshligimizdan eshitib katta bo‘lganmiz va xalq orasida har xil hazillar ham mavjud.
Savol: Qanday voqea edi?
Javob: Mevali daraxt bu olma
Voqea esa Nyutonning olma daraxti tagida o‘tirganida boshidan olma tushishi edi.
3671. Shahar chetida hech qachon uydan uzoqlashmaydigan yolg’iz keksa odam yashar edi. Yozning issiq kunlarida, juma kuni ertalab bir pochtalon uning uyiga kelib, egasini chaqirdi, ammo uy egasi javob bermadi. U derazadan ichkariga qarab, polda qon bosgan holda yotgan keksani ko’rdi. Pochta xodimi uyning yonida ikkita shisha iliq bittasi sovuq sutni va seshanba kuni chiqqan kunlik gazetani topib oldi. Tezda politsiyachini chaqirdi,
Ertasi kuni politsiyachi qotilni hibsga oldi. Politsiya jinoyatchini shu qadar tez qanday aniqladi.
Qotil kim?
Javob: Qotil gazeta sotuvchisi.
Izoh: Chorshanba va payshanba kunlari
gazetani olib kelmagan.
o’qiydigan hech kim qolmaganini
faqat u bilishi mumkin edi.
3672. Duplet
1.Men suvman va suv yuzasida suzib yuribman. Men kimman?
2.Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi.
Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?
Javob: 1. Muz
2. Milliarder
3673. XVII-asrda Fransuz ayollari baland poshnali poyabzal kiyib yurishardi, chunki Ular o’zlarini alfa ekanligini shu Yo’l Bilan Ko’z-Ko’z Qilishardi.
Gap nima haqida ketyapti?
Javob: Boy ekanliklarini ko‘z-ko‘z qilish edi.
3674. She’riy savol?
Otlar yelar yollari oppoq
Tuyoqlari yo’llari oppoq
Oq libosda chavondozlari
Annaning sonsiz lashkarlari.
Savol: Ushbu she’rning bir so’zida 3 ta harf qolib ketgan ushbu harflarni topib so’zni to’ldiring?
Javob: Muq+Anna
ya’ni Muqanna so’zi edi.
Izoh:bu she’r oq kiyimlilar qo’zgaloni yetakchisi Muqanna uchun yozilgan.
3675. Nima uchun Birinchi jahon urushida uchuvchilarga o’z samolyotlariga parashyut olib chiqishga ruhsat berilmagan?
Javob: o’sha vaqtda samolyotning narxi qimmat bo’lgan shu sababli har qanday vaziyatda ham samolyotni uchuvchilar tashlab ketmasligi uchun (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3878?comment=10583)
3676. Erta bahor gullarsan cheksiz
Mevangdan yo’q bir nishona Sen tanir ko’pchilik bizda
Farg’onalik aldoqchi bir qiz
Savol: ushbu she’r nimaga atalganini toping?
Javob: Tol daraxti
Izoh: Tol daraxtini Farg’onada vadaboz aldoqchi deb ham atashadi
3677. Tabiatda shunday jonivor borki, uning quloqlarida 32 ta mushak bor. Uning 12 tasi quloqlarni boshqaradi va shuning natijasida u falokatdan omon qoladi. Qadam tashlashda birinchi bo‘lib har doim chap oyoqda qadam tashlaydigan yagona jonivor. Lekin uni Gabon va Peruda umuman uchratmaysiz.
Bu jonivor nomi nima?
Javob: Mushuk
3678. Dunyodagi eng saxiy milliarder deb Forbes jurnali kimni tan olgan. Rasmiy ma‘lumotlarga ko’ra u butun hayoti davomida 36,854 mlrd dollar boyligini turli xil hayriya ishlariga sarflagan?
Javob: Bill Geyts
3679. 1915-yilning 1-apreli kuni Birinchi Jahon Urushining eng qizg’in paytida nemislar lageri ustidan fransuz samolyoti uchib o’tayotib g’oyat bahaybat bombani tashlab yuborgan. Nemislar har tomonga qochib qolganlar, ammo portlash sodir bo’lmagan. Bombada bir yozuv bolgan
Diqqat savol qanday yozuv bo‘lgan?
Javob: 1- aprel hazil kuniga
3680. Biz faqat to’ylarda kelin-kuyov o’z libosida yasanib borishi kerakligiga odatlanganmiz, va ajrashish marosimida esa aksincha: jim va hech kim yasanmagan. Ammo bu davlatida qiziq qonun bor. Unga ko’ra ajrashish uchun er-xotin zaksga to’yda kiygan kelin-kuyov libosida kelishi shart. Qaysi mamalakat bo‘lishi mumkin?
Javob: Gana
3681. Undan yaponlar havoni tozalash maqsadida foydalanadi.Hindlar juda qadrlashadi va vaqti kelib farzandlariga meros qoldirishadi.Yangi sog’ilgan sigir sutiga solib qo’yilsa sutning yaroqlilik muddati oshadi.Kosmonavtlar u solingan suvni ichishadi. Davolash xususiyatiga ega.
U nima?
Javob: Kumush (https://t.me/Eski_Savollar_Bazasi/3884?comment=10674)
3682. She’riy savol
Zebinsoni jonini olib
Bexbudiyga jon ato etding
Binafshani sotilgan bilib
Sirlaringdan mosuvo etding
Ushbu she’rda qaysi buyuk shaxs ta’riflanayapti?
Javob: Cho’lpon
Izoh- Zebiniso «kecha va kunduz»
Behbudiy «Behbudiy xotirasi»
Binafsha «binafsha» she’ri
3683. U shundayin narsaki garchi tirik bo’lsada hamma uni o’lgan deydi. Shifokorlar uni asrab avaylashadi, chunki ular bu narsani ko’p muammolarning yechimi deb biladi.
Gap nima haqida ketayotganini toping?
Javob: Lotin til
Uni ko’pchilik o’lik til deyishadi
3684. Tishimizni har kuni tish pastasi bilan yuvish shart emas. Tish pastasi tishlarimizni kariyesdan va yomon xiddan saqlaydi degan ma’lumotlar aslida notog’ri. Ko’proq tishlarimizni sog’ligi bizlar iste’mol qilayotgan ovqat va mahsulotlardan va ularning sifatiga ham bog’liq. Nimalarni chaynasak tishlarimiz tozaroq saqlanar ekan.?
Javob: Sabzi va olma
3685. Shifokorlarning ta’kidlashicha bu soha vakillarining ko’pchiligi chap qulog’i yaxshi eshitmasligidan shikoyat qiladi. Ular qaysi soha vakillari?
Javob: Skripkachilar
3686. 《 Mir Alisher Navoiy 》ushbu inson haqida gapirar ekan dur-u
gavxarlar, mushki anbarlar va shirinliklarni tilga oladi .
Diqqat !! savol : 《 Navoiy 》kim haqida bunday fikrlarni bildirgan ?
Javob: Farididdin Attor
Izoh: Alisher Navoiyning ustozlari edi.
3687. Bir mashhur inson vafotidan keyin uning miyasini kelajakdagi muammolarni hal qilish maqsadida konservatsiyalashdi. Tirikligidayoq so’rashganida u
inson: » Mening miyam gumanistik muamolarni yechishga to’g’ri kelmaydi»-
deya uning o’zi rad javobini asoslagan ekan.
Diqqat savol : U inson kim ?
Javob: Albert Eynshteyn
3688. Ilgarilari Amerika hindularidan bo’lmish 《Apachi》 qabilasida yigitlar uylanish arafasi imtixon topshirishgan.
Ot minishdan , kamon otishdan , bolta chopish , ov qilish , va yana bir ishni bajarish bo’yicha. Oxirgi ishni
odatda juda tez bajarib bo’lmaydi bir necha daqiqa
kerak bo’ladi. Ancha nozik va diqqatni jalb qilinadigan, oila uchun zarur bo’lgan ish hisoblanadi .
DIQQAT SAVOL : yigitlar yana nimani mukkamal bajarishi talab etilgan ?
Javob: Olov yoqish
3689. Shoir 《AZIM SUYUN》ning aytishicha [ sir tutmoqni undan o’rganmoq kerak ekan u o’zingdan boshqaga sen haqingda lom-lum demaydi. ]
Diqqat savol : shoir nimaga bu ta’rifni bergan?
Javob: Ko’zgu
3690. Qaysidir davlatda ularni bir yozuvchi:
«Ular benzin sotib olmaydi, umuman kasal bo‘lib dori sotib olmaydi, tirbandlikda turmaydi, ustaxona-yu mashina yuvish shaxobchalarida ko‘rinmaydi. Davlatning pulini sovuradi lekin davlatga pul bermaydi. Ulardan ehtiyot bo‘lish kerak juda xavfli odamlar» deb yozgan.
Savol: Bu odamlar kimlar bo‘lishi mumkin?
Javob: Velosipedchilar
3691. 《 Abdulla Qahhor 》 U avvalo samimiy va moxir pedagog bo’lishi kerak deydi , shuningdek
ona o’ziga ham zo’rg’a ishonadigan bolasini Unga ishonib topshirishini shu tufayli
uning ma’suliyati juda katta ekanligini ta‘kidlagan .
DIQQAT SAVOL : yuqoridagi ta’rifda adib u deb kimlarga shunday ta’lab qo’yganini aniq yozib bering ?
Javob: Bolalar yozuvchisi
3692. Shunday bir jinoyat turi borki U jinoyatni qilgan odam o‘sha jinoyatni qilishga ulgurmasa Uni jazolasa bo’ladi lekin U o’sha jinoyatni qilishga ulgursa Uni jazolab bo‘lmaydi.
Diqqat savol: Bu qanday Jinoyat turi?
Javob: O‘zini o‘ldirish
3693. Ko’pchilik shifokorlar uni kasallik deb bilishadi. Ibn Sino esa unga dardning davosi deb ta’rif beradi. O’zbek yozuvchisi O’.Hoshimov esa unga bitmas tugalmas boylik deb ta’rif bergan. Buyuk olim Eynshteyn esa unga uni inson yaratadi ammo o’zi yaratgan narsani o’zi boshqara olmaydi deydi.
Bu insonlar nimaga ta’rif berganini toping?
Javob: Ishq, muhabbat, sevgi
3694. Suv
Havo
Til
Velosaped
Kiyim kechaklar
Zavodlar
……….
Diqqat savol bu ro’yhat oxiri nima bilan tugashini toping.?
Javob: Zambarakning o’qi
Izoh: Uchrashuv filmida bular ketma ketligi berilgan.
3695. U haqida kino ham multfilm ham bor.Ko’rish va eshitishi juda kuchli.Suzishni biladi.40 yil oldin go’shtini iste’mol qilishga rasman ruhsat berilgan.Go’shti parhezbop.Qaysidir mamlakatda ularning soni mamalakat aholisi sonidan 3 hissa ko’p ekan.
Bu qaysi hayvon?
Javob: Kenguru
3696. U juda zaharli mavjudot, lekin u zahrini aql bilan ishlatadi va iloji boricha tejashga harakat qiladi. Agar o’ljani zaharsiz ham qo’lga kiritishiga ko’zi yetsa, zahrini ishlatmaydi. Hatto ishlatgan payti ham o’ljasining hajmi va massasiga qarab zahar miqdorini belgilaydi.
Gap nima haqda ketyapti?
Javob: Chayon
3697. Hammamiz bilamizki dengizda ko’plab to’lqinlar bo’ladi. To’lqinlar tufayli kemadagi stollar ustida dasturxon turmaydi, Ammo kemadagi ishchilar buni yo’lini topishgan va doim shu ishni kuniga 2 marta qilib berishgan natijada dasturxon joyida qimillamasdan turgan.
Kema ishchilar qanday yo’l topishgan?
Javob: Suv sepib qo’yishgan
Izoh: Stol ustidagi dasturxonga suv sepilsa dasturxon stolga yopishadi va siljib ketmaydi.
3698. Shekspirning bir iborasida:
?Butun olam bir teatr bo‘lsa insonlar uning aktyorlaridir. Va ular ya’ni aktyorlar…………
DIQQAT SAVOL:
Ushbu iborani 3-4ta so‘z bilan davom ettiring?
Javob: Har xil rollarni o‘ynaydilar
Izoh: ota-ona oldida farzand farzand oldida ota ona vahokoza ro’llarimiz ko’pligi
3699. Qadimgi Yunonistonda U alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Uni mamlakatdan tashqariga olib chiqarish qonun bilan taqiqlangan. Qonunga rioya qilmagan fuqarolar esa kontrabanda uchun qatl etilishgan.
Uni bir so‘z bilan yozib bering?
Javob: Anjir
3700. Alfa bu madaniyatning birinchi ko’rinishidir ya’ni alfa ning yo’qligi madaniyatsizlik belgisidir, alfaga atalib o’zbek xalq lapari aytilgan, alfa tufayli bir buyuk asarda janjal bo’ladi va buning uqibati o’lim bilan tugaydi.
Ushbu madaniyatning bir bo’lagi bo’lgan alfa ni toping?
Javob: Dastro’mol