4 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT — Xalqaro minalar xavfidan ogoh etish va minalarni yo‘q qilish ishlariga ko‘maklashish kuni.
? Xalqaro sabzi kuni.
? Butunjahon kalamushlar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh — Maktab kutubxonachilari kuni.
?? AQSh — “C” vitamini kuni.
?? Tayvan — Bolalar kuni.
?? Senegal — Mustaqillik kuni.
?? Angola — Tinchlik kuni.

? VOQEALAR:

  • 1297 — Rim Papasi Korsika va Sardiniyani Aragon qiroliga topshirdi.
  • 1350 — Polsha va Vengriya Galitsiya-Volin yerlarini o’zaro bo’lishdi.
  • 1500 — P. Kabral Braziliyani kashf etdi.
  • 1581 — Yelizaveta I Frensis Dreykka ritsarlik unvonini berdi.
  • 1753 — Imperator Yelizaveta Petrovnaning qarori bilan Rossiyada o‘lim jazosi bekor qilindi.
  • 1785 — Ingliz kashfiyotchisi Edmund Kartrayt oyoq bilan ishlaydigan to‘quv mashinasiga patent oldi.
  • 1790 — Fransiya va Jazoir 100 yillik tinchlik shartnomasini imzoladi.
  • 1850 — Los-Anjeles shaharga aylandi.
  • 1896 — Oltin toshlari topilgandan so’ng, Yukonda “oltin vasvasasi” boshlandi.
  • 1914 — “Sadoi Turkiston” gazetasining ilk soni nashr etildi.
  • 1920 — Rossiya Bolsheviklarining «sa’y-harakatlari» bilan Yosh xivaliklar partiyasi tarqatilib, o‘rniga Xorazm kompartiyasi tuzildi.
  • 1932 — Amerikalik olim King birinchi bo’lib “C” vitamini (askorbin kislotasi) ajratdi.
  • 1947 — Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) faoliyati boshlandi.
    -1949 — AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya va yana 8 davlat oʻrtasida NATO shartnomasi tuzildi.
  • 1956 — uzoq davom etgan muhokamadan so‘ng, “O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari” tasdiqlandi.
  • 1959 — Sudan va Senegal birlashgan davlati tuzildi (ular bir yarim yildan so‘ng ajralib ketdi).
  • 1964 — The Beatles guruhining qoʻshiqlari Billboard Hot 100 hit-paradining eng yuqori 5 pogʻonasini egalladi.
  • 1968 — Martin Lyuter King oʻldirildi.
  • 1973 — Nyu-Yorkda (Manxetten) Butunjahon savdo markazi ochildi.
  • 1983 — Amerikaning “Chellenjer” kosmik kemasi ilk bor parvoz qildi.
  • 1992 — Madagaskar Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
  • 1993 — Jizzax viloyatida O‘zbekistonda birinchi temir rudasi koni ochildi.
  • 1994 — Netscape Communications (o’sha paytda «Mosaic Communications Corporation» deb nomlangan) kompaniyasiga asos solindi.
  • 2002 — O‘zbekiston Respublikasining “Shaharsozlik kodeksi” tasdiqlandi.
  • 2004 — Iroqda shialar qo‘zg‘oloni boshlandi.
  • 2017 — Xan-Sheyxun (Suriya) shahrida kimyoviy qurol ishlatildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1707 — Leonard Eyler  (1783) — shveysariyalik matematik, mexanik va fizik olim.
  • 1818 — Tomas Mayn Rid (1883) — ingliz yozuvchisi.
  • 1823 — Karl Siemens (1883) — nemis va ingliz muhandisi, sanoatchi va ixtirochi.
  • 1928 — Malik Abdusamatov (2008) — sovet va oʻzbek sharqshunos-eronshunosi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • 1938 — Ilya Reznik — Sovet va rus shoiri va qo’shiqnavis, ssenariynavis, Rossiya xalq artisti.
  • 1947 — Rustamxon Solihov — biokimyogar olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (2003).
  • 1947 — Maxset Xoʻjaniyozov — opera xonandasi (bas), Oʻzbekiston (1993), Qoraqalpogʻiston (1980), Tatariston (1981) xalq artisti. 
  • 1949 — Shing-Tung Yau — xitoy va amerikalik matematik. 
  • 1965 — Robert Jon Douni Jr — amerikalik aktyor, produser va musiqachi.
  • 1979 — Hit Lejer (2008) — mashhur avstraliyalik aktyor.
  • 1983 — Amanda Rigetti — amerikalik aktrisa va kino prodyuseri.
  • 1986 — Moris Manifika — fransuz chang’isi, bir necha marotaba Olimpiya va jahon medali sovrindori.
  • 1987 — Sami Xedira — kelib chiqishi tunislik bo’lgan nemis futbolchisi.
  • 1999 — Husniddin Aliqulov — oʻzbek futbolchisi, «Rizespor» klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi.