4 fevral kun tarixi
? BAYRAMLAR:
?? Butunjahon saraton kasalligiga qarshi kurash kuni.
?? Xalqaro insonlar birodarligi kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Filippin — Filippin-Amerika urushi xotirasi kuni.
?? AQSh — Milliy kanop kuni.
?? AQSh — USO kuni.
?? AQSh — Rosa Parks kuni.
?? Shri-Lanka — Mustaqillik kuni.
?? Angola — Ozodlik harakati kuni.
?? Tayvan — Fermerlar kuni.
? VOQEALAR:
- 634 — Birinchi Arab-Vizantiya urushi: Amr ibn al-Os boshchiligidagi musulmon qo’shinlari Datin jangida vizantiyaliklarni mag’lub etishdi.
- 900 — Forxxaymdagi anjumanda Lyudovik IV Bola Sharqiy Franklar qiroli taxtiga o’tirdi.
- 960 — Tay Szu Xitoy imperatori bo‘ldi. Sun sulolasi boshlandi.
- 1169 — Sitsiliya sharqidagi zilzila natijasida 15 000 kishi halok bo’ldi.
- 1194 — Genrix VI Gogenshtaufen Angliya qiroli Richard I Sheryurakni to‘lov evaziga ozod qildi.
- 1348 — Yaponiyada Shimoliy Saroy qo’shinlari Shijonavata jangida Janubiy Saroy qo’shinlarini mag’lub etishdi.
- 1508 — Trentoda Maksimilian Gabsburg Muqaddas Rim imperiyasi imperatori unvonini oldi.
- 1703 — Ako qasosi.
- 1719 — Pyotr I Rossiya imperiyasi aholisining birinchi ro’yxatini o’tkazish to’g’risida farmon chiqardi.
- 1755 — imperator Yelizaveta Petrovna Moskva universitetini tashkil etish to’g’risidagi farmonni imzoladi.
- 1789 — Jorj Vashington birinchi AQSh prezidenti etib saylandi.
- 1794 — Fransiya inqilobi: Milliy Konvent Fransiya va uning koloniyalarida qullikni bekor qildi.
- 1797 — Ekvadorning Riobamba shahri zilzila natijasida butunlay vayron bo‘ldi. Taxminan 40 ming kishi vafot etdi.
- 1824 — Amerikalik ixtirochi va tadbirkor Charlz Gudrich Bostonda rezina kalishlarni ommaga taqdim etdi.
- 1857 — Neandertal kuni: neandertal birinchi marta ilmiy jamoatchilikka tanishtirildi.
- 1858 — German Goldshmidt Yevropa 52 asteroidini kashf etdi.
- 1861 — Amerika Konfederativ Shtatlari tashkil topdi.
- 1899 — Ueyk Atolli hech kimga tegishli bo’lmagan yer sifatida AQSh tomonidan anneksiya qilingan.
- 1899 — Filippin-Amerika urushi boshlandi.
- 1899 — Bremen (Germaniya) ning «Verder» futbol klubiga asos solingan.
- 1911 — Rolls-Royce o’z avtomobillari uchun emblemani o’rnatdi.
- 1915 — Birinchi jahon urushi: Germaniya Britaniya orollariga dengiz blokadasini e’lon qildi, bu cheklanmagan suv osti urushining boshlanishini bildirardi.
- 1921 — Baron Ungern hujum qilig Mo’g’uliston poytaxti Urga shahrini Xitoy qo’shinlaridan ozod qildi.
- 1944 — Amerika olimlari DNK ning tirik organizmlarda irsiy belgilarni saqlash va nasldan-naslga o‘tkazish vazifasini bajarishini isbot qilishdi.
- 1945 — Qrim konferensiyasi boshlandi.
- 1945 — Belgiya nemis bosqinidan butunlay ozod qilindi.
- 1948 — Shri Lanka mustaqilligi e’lon qilindi.
- 1949 — Eronda Shahanshoh Muhammad Rizo Pahlaviyga suiqasd.
- 1961 — Angolada ozodlik urushi boshlandi.
- 1971 — Britaniya avtomobil va samolyot dvigatellari ishlab chiqaruvchi Rolls-Royce Limited kompaniyasi bankrotlik natijasida milliylashtirildi.
- 1976 — Insbrukda (Avstriya) XII Qishki Olimpiya o’yinlari ochildi.
- 1977 — Keniya milliy aviakompaniyasi Kenya Airways tashkil etildi.
- 1980 — Abulhasan Banisadr Eronning birinchi prezidenti bo’ldi.
- 1992 — Ugo Chaves Venesuelada davlat toʻntarishi uyushtirishga urindi.
- 1994 — Toshkentda kompyuter aloqasi tarmog‘i (1996 yildan UzPAK) tashkil etildi.
-1994 — Oʻzbekiston Avtomobil transporti xalqaro uyushmasiga aʼzo boʻldi. - 1997 — JAR ning yangi Konstitutsiyasi kuchga kirdi.
- 1998 — “Ustoz” jamg‘armasi tashkil topdi.
? VOQEALAR:
- 2003 — Yugoslaviya Ittifoq Respublikasi tugatilib, uning oʻrnida Serbiya va Chernogoriya d6avlati tashkil topdi ba Serbiya va Chernogoriya konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 2004 — Facebook ishga tushdi.
- 2005 — Ukraina Oliy Radasi (375 deputat) ko’pchilik ovoz bilan Yuliya Timoshenkoni Ukrainaning Bosh vaziri etib tasdiqladi.
- 2009 — Britaniya Harbiy-dengiz kuchlarining HMS Vanguard va Frantsiyaning Le Triomphant yadroviy suv osti kemalari (ikkalasi ham bortida WMD bilan) Atlantika okeanida suv ostida to’qnashib ketdi.
- 2022 — Pekinda (XXR) XXIV qishki Olimpiya o’yinlarining ochilishi.
? TAVALLUDLAR:
- 1494 — Fransua Rable (1553) — fransuz yozuvchisi, eng mashhur satiriklardan biri.
- 1682 — Iogann Fridrix Byottger (1719) — nemis kimyogari, oq farfor olgan birinchi yevropalik.
- 1746 — Tadeush Kostyushko (1817) — Polsha milliy qahramoni, harbiy va siyosiy arbob.
- 1799 — Xuan Batista de Almeyda Garret (1854) — portugaliyalik shoir, dramaturg va siyosatchi.
- 1808 — Yozef Kaetan Til (1856) — chex dramaturgi va shoiri, Chexiya madhiyasi matnining muallifi.
- 1873 — Mixail Prishvin (1954) — rus sovet yozuvchisi, publisist.
- 1875 — Lyudvig Prandtal — (1953) — nemis mexanigi va fizigi, aerodinamika asoschilaridan biri.
Kun tarixi kanalidan olindi - 1881 — Kliment Voroshilov (1969) — sovet davlat, partiya va harbiy arbobi, Sovet Ittifoqi Marshali.
- 1900 — Jak Prever (1977) — fransuz shoiri, kinodramaturg, ssenariynavis.
- 1901 — Yepisov Ivan (1963) – opera xonandasi (bas), O‘zbekiston xalq artisti (1952). To‘liq diapazonli, yoqimli ovoz sohibi.
- 1902 — Manuel Alvares Bravo (2002) — meksikalik atoqli fotograf.
- 1903 — Simo Bayich (1942) — partizan, Yugoslaviya milliy qahramoni.
- 1906 — Klayd Uilyam Tombo (1997) — amerikalik astronom, Plutonni kashf qilgan.
- 1913 — Roza Parks (2005) — amerikalik ijtimoiy faol, Qoʻshma Shtatlardagi qora tanlilarning fuqarolik huquqlari harakatining kashshofi.
- 1945 — Po‘lat Bulbul o‘g‘li — sovet va ozarbayjon qo‘shiqchisi, bastakor, siyosatchi va diplomat.
- 1947 — Abirqul Boʻtayev (2002) — tarixchi olim va muzeyshunos, SSSR Xalq maorifi a’lochisi. Samarqand viloyatida 1984-yilda Tarix va oʻlkashunoslik muzeyiga asos solgan.
- 1948 — Elis Kuper (haqiqiy ismi — Vinsent Furne) — amerikalik rok musiqachi.
- 1973 — Oskar de La Xoyya — amerikalik bokschi, olimpiya chempioni (1992), jahon chempioni.
- 1975 — Natali Jeyn Imbrulya — avstraliyalik qoʻshiqchi va aktrisa.
- 1985 — Lesli (Leslie Burgoin) — fransuz R’n’B qo’shiqchisi.
- 1989 — Valentina Gunina — rossiyalik shaxmatchi, grossmeyster.
- 1995 — Liza Vittozzi — italiyalik biatlonchi.