5 fevral kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon Nutella kuni.
? Butunjahon hayvonlar uchun Reyki kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Daniya — Daniya qirolichasi Meri tug’ilgan kuni.
?? AQSh — Milliy ob-havo ma’lumoti kuni.
?? Finlyandiya — Runeberg kuni.
?? San-Marino — Ozodlik kuni va Avliyo Agata kuni.
?? Burundi — Birlik kuni.
?? Pokiston — Kashmir bilan birdamlik kuni.
?? Meksika — Konstitutsiya kuni.

? VOQEALAR:

  • mil. av.2 — Oktavian Avgust “mamlakat otasi” unvonini oldi.
  • 62 — Pompeyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
  • 1597 — Nagasakida Toyotomi Xideyosi buyrug‘iga ko‘ra 26 ta katolik xochga tortilib qatl etildi.
  • 1783 — Italiyada tarixdagi eng uzoq davom etgan zilzila boshlandi (32 mingdan 50 minggacha qurbon).
  • 1810 — Pireney urushi: fransuz qo‘shini tomonidan Kadis qamali boshlandi.
  • 1852 — Yangi Ermitaj birnchi marta omma uchun ochildi.
  • 1901 — Moskvada Yeliseev doʻkoni ochildi.
  • 1909 — Leo Bakeland plastmassa ixtiro qildi.
  • 1917 — Meksika Qo‘shma Shtatlari konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 1919 — Yevropada birinchi yo’lovchi aviaqatnovi yo‘lga qo‘yildi.
  • 1919 — Meri Pikford, Duglas Ferbenks, Charli Chaplin va David Griffit “United Artists” kinostudiyasini tuzishdi.
  • 1924 — BBC har soatda aniq vaqt signallarini uzatishni boshladi.
  • 1926 — Latviyada sovet diplomatlariga qurolli hujum uyushtirildi.
  • 1928 — birinchi marta D vitamini sun’iy ravishda olindi.
  • 1952 — Nyu-Yorkda piyodalar uchun birinchi svetofor o‘rnatildi.
  • 1971 — “Apollon-14” missiyasi doirasida astronavtlar Alan Sheppard va Edgar Mitchell Oyga qadam qo‘yishdi. 
  • 1979 — Oyatullo Humayniy Eronni islom davlati deb e’lon qildi.
  • 1992 — O‘zTAG O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA)ga aylantirildi.
  • 1993 — O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun abiturentlarni test usulida tanlab olish to’g’risida” qaror qabul qilindi.
  • 1995 — Qirgʻizistonda ikki palatali Oliy Kengash saylandi.
  • 2000 — Chechenistondagi qirgʻin.
  • 2004 — Gaitida Jan-Bertran Aristidga qarshi qo‘zg‘olon.
  • 2023 — Yevropa Ittifoqida Rossiya neft mahsulotlariga narxlar chegarasi kuchga kiradi (tranzit muddati 55 kun).

? TAVALLUDLAR:

  • 1804 — Yuxan Lyudvig Runeberg (1877) — fin shoiri, Finlandiya madhiyasining muallifi.
  • 1812 — Jorj Dantes — fransuz ofitseri va siyosatchisi, Aleksandr Pushkinning qotili.
  • 1836 — Nikolay Dobrolyubov (1861) — rus yozuvchisi va adabiyotshunosi.
  • 1840 — Xayrem Stivens Maksim (1916) — britaniyalik qurolsoz, avtomatik vintovka, to‘p va pulemyot ixtirochisi.
  • 1878 — Andre Gyustav Sitroyen (1935) — fransuz muhandisi va sanoatchisi, Citroen nomli avtomobil kompaniyasining asoschisi.
  • 1914 — Alan Xodjkin (1998) — britaniyalik neyrofiziolog va biofizik, Nobel mukofoti sohibi (1963).
  • 1915 — Robert Xofshtadter (1990) — amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1961).
  • 1924 — Aleksandr Matrosov (1943) — sovet askari, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1927 — Dushan Fayziy — shoir va dramaturg, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1977).
  • 1928 — Komil Oqilov — tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor.
  • 1946 — Sharlott Rempling — kino aktrisa.
  • 1948 — Tomas Uilkinson — britaniyalik aktyor.
  • 1952 — Tursun Ali (O‘rmonov) — o‘zbek shoiri.
  • 1958 — Abulqosim Mamarasulov — o‘zbek adibi.
  • 1965 — George Xadji — rumin futbolchisi.
  • 1978 — Abdulhay Otaxoʻjayev — dublyaj aktyori. “Kinoteatr” telekanalining bosh muharriri.
  • 1985 — Krishtianu Ronaldu — portugaliyalik futbolchi, Saudiyaning ’’Al-Nasr’’ klubi a’zosi.
    -1986 — Manuel Fernandesh — portugaliyalik futbolchi.
  • 1992 — Neymar — braziliyalik futbolchi, olimpiya chempioni (2016).
  • 1993 — Lim Jon Sim — shimoliy koreyalik og’ir atletikachi, ikki karra Olimpiya chempioni