5 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Mehnatsevarlar kuni.
? Butunjahon bikini kuni (World Bikini Day).

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Argentina — Bolalar kuni.
?? Jazoir — Mustaqillik kuni.
?? Kabo-Verde — Mustaqillik kuni.
?? Turkmaniston — Sud xodimlari kuni.
?? Venesuela — Mustaqillik kuni.
?? Armaniston — Konstitutsiya kuni.
?? Chexiya, ?? Slovakiya — Kirill va Mefodiy kuni.

? VOQEALAR:

  • 1687 — Isaak Nyuton «Natural falsafaning matematik asoslarini» nashr etdi.
  • 1701 — Qo’lga olingan kormachi Ivan Ryabov shved eskadronini qumga o‘tirg‘izib, Arxangelsk shahrini egallab olishga urinishining oldini oldi.
  • 1770 — Xiyos ko‘rfazida rus va turk flotlari o’rtasidagi Chesma jangi boshlandi.
  • 1811 — Venesuela Janubiy Amerikada birinchi boʻlib mustaqilligini eʼlon qildi.
  • 1831 — Sankt-Peterburgda vabo isyoni.
  • 1841 — ingliz Tomas Kuk birinchi sayyohlik agentligini ochdi.
  • 1884 — Germaniya Togo ustidan protektorat e’lon qildi.
  • 1881 — Misrda, Luksor yaqinida, Seti I, Amenxotep I, Tutmose III va Buyuk Ramses II fir‘avnlari dafn etilgan noyob maqbara topildi.
  • 1920 — Germaniyaning Shlezvig yerlari Daniya nazoratiga o‘tkazildi.
  • 1922 — Rio-de-Janeyroda tenentistlar qo‘zg‘oloni boshlandi
  • 1954 — Elvis Presli birinchi qoʻshigʻini yozdi.
  • 1962 — Jazor Fransiyadan mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1975 — Kabo-Verde mustaqilligi e’lon qilindi.
  • 1986 — Moskvada birinchi Yaxshi niyat o‘yinlari ochildi.
  • 1993 — Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun.
  • 1994 — Xitoyda bolalar mehnati taqiqlandi.
  • 2006 — San-Fransisko hududida (AQSh) avtohalokatda Tonga orol davlatining shahzodasi, 56 yoshli Tu’ipelexake va malikasi, 46 yoshli Kaymana vafot etdi.
  • 2014 — Slavyanskdagi qarama-qarshilik tugadi, shahar Ukraina nazoratiga qaytdi.
  • 2015 — Gretsiyada moliyaviy siyosat bo’yicha referendum bo’lib o’tdi, unda Yevropa Ittifoqi, XVF va YMB tomonidan taklif qilingan inqirozni bartaraf etish choralari rad etildi.
  • 2016 — NASAning 2011-yilda uchirilgan «Yunona» kosmik kemasi Yupiterning qutb orbitasiga kirdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 182 — Sun Syuan (252) — Xitoyda Uch qirollik davrida U qirolligining birinchi hukmdori (229-252).
  • 1704 — Jek Broton (1789) — ingliz  bokschisi, boksning birinchi qoidalarini tuzuvchi, boks qo‘lqopini ixtiro qilgan.
  • 1753 — Jonatan Xornblauer (1815) — ikki silindrli dvigatel yaratuvchisi.
  • 1793 — Pavel Pestel (1826) — rus zobiti, dekabrist, «Janubiy maxfiy jamiyat» rahbari.
  • 1802 — Pavel Naximov (1855) — rus dengiz qo’mondoni, admiral.
  • 1820 — Uilyam Rankin (1872) — ingliz fizigi, termodinamik va bug‘ mashinalari nazariyasi asoschisi.
  • 1853 — Sesil Jon Rodos (1919) — ingliz va janubiy afrikalik siyosatchi, ishbilarmon, “De Birs” asoschisi.
  • 1857 — Klara Setkin (1933) — nemis va xalqaro kommunistik harakat faollaridan.
  • 1879 — Duayt Devis (1945) — amerikalik tennis ustasi. 
  • 1888 — Gerbert Gasser (1963) — amerikalik fiziolog, Nobel mukofoti sohibi (1944).
  • 1891 — Jon Govard Nortrop (1987) — amerikalik biokimyogar, pepsin, tripsin fermentlarini kashf etgan olim, Nobel mukofoti sohibi (1946).
  • 1911 — Jorj Pompadu (1974) — Fransiyaning 1969-1974-yillardagi Prezidenti.
  • 1930 — Qodir Fozilxoʻjayev (2001) — tarixchi olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), Tarix fanlari doktori (1969).
  • 1936 — James Mirrlees — ingliz iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1996).
  • 1946 — Jerard Xooft — gollandiyalik nazariyotchi fizik, Nobel mukofoti sohibi (1999).
  • 1950 — Dilafroʻz Jabborova — raqqosa, Oʻzbekiston xalq artisti (1984). 
  • 1974 — Tutta Larsen — rus tele va radio boshlovchisi, jurnalist, aktrisa.
  • 1975 — Ernan Krespo — argentinalik futbolchi dunyoning eng yaxshi futbolchilari qatoriga kirgan.
  • 1982 — Hatiche Tuba Buyukustyun — taniqli turk teatr va kino aktrisasi, model.
  • 1986 — Aleksandr Radulov — rossiyalik xokkeychi, ikki karra jahon chempioni (2008, 2009).
  • 1989 — Ixtiyor Navroʻzov — oʻzbek erkin kurashchisi.