? BAYRAMLAR:
?? Butunjahon o‘qituvchilar kuni.
? Xalqaro fohishalikka qarshi kurash kuni.
? Butunjahon meningit kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Buyuk Britaniya, ?? Irlandiya — Milliy She’riyat kuni.
?? Tojikiston — Davlat tili kuni.
?? Hindiston — Milliy delfinlar kuni.
?? Eron — Huquqni muhofaza qilish organlari kuni.
?? Indoneziya — Qurolli Kuchlar kuni.
?? Boliviya — Muhandislar kuni.
?? Vanuatu — Konstitutsiya kuni.
?? Portugaliya — Respublika kuni.
?? Rossiya — Jinoyat qidiruv xodimlari kuni.
? 5-OKTABRDA SODIR BO‘LGAN VOQEALAR:
- mil. av. 105 — Arauzion jangi.
- 1462 — Temuriyzoda Abu Said (1451-1469) Ulug‘bekning nabirasi Muhammad Jo‘giy tomonidan egallab olingan Shohruxiyani Xo‘ja Ahrorning yordami bilan qayta egallab, isyonni bostirishga muvaffaq bo‘ldi.
- 1502 — Xristofor Kolumb Kosta-Rikani kashf etdi.
- 1793 — Milliy konvent dekreti asosida Fransiya respublikasi kalendari qabul qilindi
- 1831 — Ksentem jangi.
- 1864 — Hindistonning Kalkutta shahrida yuz bergan kuchli bo’ron 60 ming kishining hayotiga zomin bo’ldi.
- 1908 — Bosniya inqirozi: Avstro — Vengriya Bosniya va Gersegovinani anneksiya qildi.
- 1910 — Portugaliya Respublika deb e’lon qilindi.
- 1915 — Bolgariya Germaniya va Avstriya tomonida turib Birinchi Jahon urushiga kirdi.
- 1927 — „Jazz kuychisi“ filmi katta ekranga chiqdi.
- 1938 — O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tashkilotchisi bo‘lgan Hidoyat Inoyatov Moskvada o‘tkazilgan fizkulturachilar kunida Stalinga suiqasd qilmoqchi bo‘lgan, deb ayblandi va otib tashlandi. U 1958-yilda oqlandi.
- 1970 — Anvar Sadat Misr davlat rahbari etib saylandi.
- 1973 — Misr va Suriya Isroilga hujum qildi.
- 1993 — Boris Yelsin Rossiyada muxolif partiyalar va gazetalar faoliyatini taqiqladi.
- 2003 — Ahmad Qodirov — Checheniston Respublikasi prezidenti etib saylandi.
- 2008 — Qirg’izistondagi zilzila, 75 kishi halok bo’ldi.
? 5-OKTABRDA TAVALLUD TOPGAN MASHHURLAR:
- 1609 — Paul Fleming (1640) — nemis shifokori va shoiri.
- 1713 — Deni Didro (1784) — fransuz yozuvchisi, faylasuf, ma’rifatparvar, entsiklopedist.
- 1781 — Bernard Bolsano (1848) — chex matematigi va faylasufi.
- 1829 — Chester Alan Artur (1886) — AQShning 21-prezidenti (1881-1885).
- 1864 — Lyumyer Lui Jan (1948) — fransuz kinematografiya ixtirochisi, Fransuz FA a’zosi (1919).
- 1879 — Frensis Rous (1970) — birinchi onkogen virusni kashf etgan amerikalik patolog, Nobel mukofoti sovrindori (1966).
- 1921 — Qodir Tojiyev (2001) — diktor, Oʻzbekiston xalq artisti (1990).
Kun tarixi kanalidan olindi - 1936 — Nodirov Turdi — kinorejissyor — operator, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1973).
- 1936 — Vatslav Gavel (2011) — chexiyalik siyosatchi, Chexiya Prezidenti (1989-2003).
- 1937 — Najmiddin Komilov (2012) — adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori (1975), professor (1991).
- 1943 — Inna Churikova — teatr va kino aktrisasi, SSSR xalq artisti.
- 1952 — Mir-Akbar Raxmanqulov — oʻzbek davlat arbobi, yuridik fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.
- 1952 — Imomali Rahmonov, Tojikiston Prezidenti (1992-yildan).
- 1972 — Asliddin Xudoyberdiyev — yunon-rum kurashchisi, xalqaro toifadagi sport ustasi (1999). «Oʻzbekiston iftixori» (2002).
- 1973 — Sedrik Villani — fransiyalik matematik.
- 1975 — Keyt Uinslet — britaniyalik aktrisa, “Oskar”, “Oltin globus”, “BAFTA” va boshqalar sohibasi.
- 1976 — Ramzan Qodirov — Checheniston prezidenti (2007 yildan).
- 1981 — Chjan Iniin — xitoylik sportchi, stol tennisi bo‘yicha 4 karra olimpiya chempioni.
- 1982 — Saori Yosida — yaponiyalik erkin kurashchi, 3 karra olimpiya, 13 karra jahon chempioni.