6 oktabr kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🌏 Butunjahon tabassum kuni.
🌏 Butunjahon kollej radiosi kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇸🇬 Singapur — Bolalar kuni.
🇨🇺 Kuba — Kubadagi portlashning yilligi.
🇭🇺 Vengriya — Arad shahidlarini xotirlash kuni.
🇬🇧 Buyuk Britaniya — Milliy bo’rsiq kuni.
🇰🇿 Qozogʻiston — Mudofaa sanoati xodimlari kuni.
🇮🇷 Eron — Veterinariya kuni.
🇧🇾 Belarus — Arxivchilar kuni.
🇱🇰 Shri-Lanka — O’qituvchilar kuni.
🇰🇮 Kiribati — Taʼlim kuni.
🇪🇬 Misr — Qurolli kuchlar kuni.
🇹🇲 Turkmaniston — Xotira va milliy motam kuni.
🇸🇾 Suriya — Tishren ozodlik kuni.
🇰🇿 Qozog’iston — Buxgalter kuni.

👉 6-OKTABRDA SODIR BO‘LGAN VOQEALAR:

  • mil. av 69 — Tigranakert jangi (Qadimgi Armaniston).
  • 680 — Iroqning Karbalo shahri yaqinlarida Muhammad s.a.v.ning nevarasi Husayin r.a. va hamrohlari, Umaviylar xalifasi Yazidga qarashli aksarlar tomonidan o‘ldirildi. Bu voqea tarix sahifalarida “Karbalo qatliomi” degan nom bilan qayd etildi.
  • 1398 — Hindiston yurishiga otlangan Amir Temur Chinob daryosi sohilidagi qal’a yonida to‘xtadi va daryodan kechib o‘tdi.
  • 1506 — Rim papasi Yuliy II Bolonyani Papalar viloyatiga qoʻshdi.
  • 1536 — Ingliz diniy islohotchisi va Bibliyaning ingliz tiliga tarjimoni Uilyam Tindeyl shakkokkik uchun gulxanda kuydirildi.
  • 1571 — Lepantodagi jang.
  • 1769 — ingliz sayyohi Jeyms Kuk Yangi Zelandiyaga kelib tushdi.
  • 1801 — Napoleon Gollandiyaga yangi konstitutsiyani taqdim etdi.
  • 1889 — Tomas Edison o’zining birinchi filmini namoyish etadi.
  • 1908 — Krit Turkiyadan mustaqilligini va Gretsiyaga qo’shilishini e’lon qildi.
  • 1918 — Regentlik Kengashi (Rada Regencyjna) Polshaning mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1920 — Buxoro amirining yozgi saroyi — Sitorayi Mohi Xossada Butun Buxoro xalq vakillarining birinchi qurultoyi ish boshladi. Unda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
  • 1921 — Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi va Tur­kiston Xalq Komissarlari Soveti TIKning faoliyatini kuchaytirish maqsadida “Turkiston Respublikasi Iqtisodiy Kengashi haqida” Nizom qabul qildi.
  • 1948 — 6-oktyabrga o’tar kechasi Ashxobodda Rixter shkalasi bo’yicha 9 balli zilzila sodir bo’ldi.
  • 1973 — Arab davlatlari bilan Isroil o‘rtasida Yom Kippur urushi boshlandi. Yigirma kun davom etgan urushda Isroil Suriya va Misr kuchlarini yer bilan yakson qildi.
  • 1981 — Qohiradagi parad vaqtida Misr prezidenti Anvar Sadat suiqasd qurboni bo‘ldi.
  • 1990 — “Turonbank” aksiyadorlik tijorat birlashtiruv banki tarzida tashkil etildi.
  • 1994 — Nukusda buyuk olim, mashhur astronom Mirzo Ulug‘bek haykali ochildi.
  • 1995 — O‘zbekiston Respublikasi bilan Ruminiya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi.
  • 1996 — AQShda Fox News yangiliklar telekanali  ish boshladi.
  • 2001 — AQSH Afgʻoniston harbiy operatsiyalarni boshladi.
  • 2010 — «Instagram» fotosuratlar almashish dasturi ishga tushirildi.

👉 6-OKTABRDA TAVALLUD TOPGAN MASHHURLAR:

  • 1732 — Nevil Maskelayn (1811) — ingliz astronomi, Yerdan Quyoshgacha bo’lgan masofani o’lchagan.
  • 1773 — Lui-Filipp I (1850) — Fransiya qiroli (1830-1848).
  • 1866 — Rejinald Fessenden (1932) — kanadalik elektr kompas va exolot ixtirochisi.
  • 1882 — Shimanovskiy Karol (1937) — polyak kompozitori, pianinochi, zamonaviy milliy kompozitorlik maktabi asoschisi.
  • 1903 — Ernest Uolton (1995) — irlandiyalik yadro bo‘yucha fizik, Nobel mukofoti sovrindori (1951).
    Kun tarixi kanalidan olindi
  • 1906 — Janet Gaynor (1984) — amerikalik kinoaktrisa.
  • 1914 — Tur Xeyerdal — (2000) Butun umrini dunyoni o’rganishga bag’ishlagan mashhur norveg sayyohi. 
  • 1927 — Azimov Asad (1995) — opera xonandasi (lirik tenor), O’zbekiston xalq artisti (1978).
  • 1928 — Suhrob Sipehriy (1980) — eronlik shoir, yozuvchi, rassom va faylasuf.
  • 1930 — Hofiz Asad (2000) — Suriya Prezidenti (1971-2000).
  • 1936 — Robert Lenglends-  amerikalik-kanadalik matematik.
  • 1969 — Muhammad V — Malayziya qiroli (2016-yildan).
  • 1983 — Leonid Andreyev — yengil atletikachi, xalqaro miqyosdagi sport ustasi (2002), «Oʻzbekiston iftixori» (2002).