7 iyul kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? Butunjahon kisvahili tili kuni
? Butunjahon Kechirim Kuni (Global Forgiveness Day).

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Yaponiya — Tanabata yoki Yulduzlar festivali (Yaponiya milliy sevgi bayrami).
?? Solomon orollari — Mustaqillik kuni.
?? Tanzaniya — Saba Saba kuni.
?? Marshall orollari ‐ Baliqchilar kuni.
?? Rossiya — Rossiyaning harbiy shon-sharaf kuni (1770-yil 7-iyulda Chesma jangida rus flotining turklar ustidan qozongan g’alabasi).

? VOQEALAR:

  • 1445 — Suzdal yonidagi jangda mo‘g‘ul qo‘shinlari Moskva buyuk knyazi Vasiliy II qo‘shinlarini butunlay tor-mor qilishdi.
  • 1520 — Otumba jangi: iapanlar Asteklar imperiyasi qo‘shinlarini mag‘lub etishdi.
  • 1607 — Angliya madhiyasi «God Save the King» birinchi marta kuylandi.
  • 1668 — Isaak Nyuton fan magistri darajasini oldi.
  • 1754 — Nyu-Yorkda Qirollik kolleji (hozirgi Kolumbiya universiteti) ochildi.
  • 1770 — Chesma jangi rus flotining g’alabasi bilan tugadi.
  • 1807 — Rossiya imperiyasi  va Fransiya Tilzit bitimini  tuzdilar.
    -1881 — Pinokkio namoyishi.
  • 1898 — AQSh Kongressi Gavayi orollari anneksiyasi haqida qaror chiqardi.
  • 1925 — Janubiy Afrika Senati irqiy kamsitish to’g’risidagi qonunni rad etdi.
  • 1937 — Pekindagi Marko Polo ko’prigi buzib tashlandi.
  • 1938 — SSSR tarixidagi birinchi teleko’rsatuv namoyishi.
  • 1950 — Farnboroda birinchi aviashou bo’ldi.
  • 1978 — Solomon orollari Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
  • 1980 — La-Mansh ustidan quyosh energiyasi bilan ishlaydigan samolyotning birinchi parvozi.
  • 1983 — SSSRga Samanta Smith keldi.
  • 1987 — portlashda ayblangan Chernobil AES uch rahbarining ustidan sud jarayoni boshlandi.
  • 1993 — Markaziy Yevropada halokatli suv toshqinlari.
  • 2000 — Belgiyaning Kortreyk shahrida Ibn Sinoga haykal o’rnatildi.
    -2005 — Londonda portlashlar  yuz berdi.
  • 2007  — Portugaliya, Lissabonda dunyoning yangi mo»jizalari e’lon qilindi. Uch yetti (07.07.07) kuni bayrami.
  • 2011 — “General Motors Powertrain Uzbekistan” qo’shma korxonasida birinchi marta dvigatel ishlab chiqarildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1119 — imperator Sutoku (1164) — Yaponiyaning 75-imperatori (1123-1142).
  • 1422 — Abulqosim Bobur (1457) — temuriylardan, Boysunqur Mirzoning oʻgʻli. 
  • 1746 — Juzeppe Pyassi (1826) — Italyan astranomi, birinchi kichik sayyora — Sererani ochgan olim.
    1797 — Imom Shomil (1871)  Kavkaz tog’liklarining yetakchisi, Shimoliy Kavkaz imomati boshlig’i.
  • 1844 — Kamillo Goldji (1926) — italiyalik gistolog, Nobel mukofoti sohibi (1906).
  • 1882 — Yanka Kupala (1942) — mashhur belorus shoiri va yozuvchisi.
  • 1887 — Mark Shagall (1985) — kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan rus, belorus va fransuz rassomi, 20-asr badiiy avangardining taniqli vakillaridan biri.
  • 1893 — Kashiyeva Qaysar (1972) — rassomlik tahsilini olgan ilk ozarbayjon ayoli.
  • 1924 — Natalya Bextereva (2008) — sovet va rus neyrofiziologi, yirik miya tadqiqotchisi.
  • 1934 — Normurod Narzullayev — Oʻzbekiston xalq shoiri (2000).
  • 1943 — Toto Kutuno — Mashhur italyan qo‘shiqchisi va kompozitori.
  • 1960 — Odilov Hasan — yog’och o’ymakori, O’zbekiston xalq ustasi (2002).
  • 1962 — Janna Aguzarova — sovet va rus qo’shiqchisi, “Bravo” guruhining sobiq vokalisti.
  • 1985 — Azizbek Haydarov — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.
  • 1993 — Shahram Gʻiyosov — oʻzbekistonlik professional bokschi, jahon chempioni, O‘zbekiston iftixori.
  • 2002 — Kamola Irnazarova — badiiy gimnastika boʻyicha oʻzbeksportchisi, xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi