7 noyabr kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Xalqaro afrikalik yozuvchilar kuni.
? Xalqaro tibbiy fizika kuni.
? Xalqaro Inuit kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Rossiya — 1917-yil oktyabr inqilobi kuni.
?? Tojikiston — Tojik teatri kuni.
?? Vengriya — Venger operasi kuni.
?? Qirg’iziston — Matbuot kuni.
?? Qirg’iziston — Tarix va ajdodlarni xotirlash kunlari.
?? Belarus — Oktyabr inqilobi kuni.

? VOQEALAR:

  • 680 — Konstantinopolda VI Vselenskiy sobori ochildi.
  • 1226 — Jaloliddin Manguberdi Hilot qal‘asini qamal qilishni boshladi.
  • 1398 — Amir Temur qo‘shinlari Batnir qal‘asini qamal qildi.
  • 1631 — Pyer Gassendi birinchi marta Merkuriyning Quyosh diski orqali o’tishini kuzatgan, buni Yoxannes Kepler ilmiy bashorat qilgan.
  • 1659 — Pireney tinchlik kelishuvi tuzildi.
  • 1841 — Qo‘qon xoni Muhammad Alixon o‘z ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechdi.
  • 1891 — Amerikalik Uitkomb Leo Jadson molniyaning birinchi ma’lum prototipini patentladi.
  • 1902 — Rossiyada “Mastlar uchun qo‘nalg‘a” nomli birinchi hushyorxona ochildi.
  • 1917 — Rossiyada Oktyabr inqilobi sodir bo’ldi.
  • 1918 — Sovet Rossiyasining birinchi markalari chiqarildi.
  • 1931 — Mao Szidun Xitoy Xalq Respublikasi tuzilganligini eʼlon qildi.
  • 1940 — «Tacoma Narrows Bridge» osma ko’prigi shamol kuchi oz hisoblanganligi sababli qulab tushdi.
  • 1941 — Moskvadagi Qizil maydonda Sovet qo’shinlarining paradi bo’lib o’tdi.
  • 1941 — Nemislar bortida 7000 kishi bo‘lgan „Armeniya“ sanitar teploxodini choʻktirib yubordi.
  • 1972 — AQSh da prezident saylovlari: amaldagi prezident — Richard Nikson g‘alaba qozondi.
  • 1987 — Tunisda “Jasmin inqilobi“, Ben Ali prezident bo’ldi.
  • 1990 — Chilangar Aleksandr Shmonov bayram namoyishida Mixail Gorbachyovga o’q uzdi.
  • 1994 — «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi.
  • 1995 — Asakabank tashkil topdi.
  • 2007 — Yokela shahrida litseydagi qirg’in (Finlyandiya).
  • 2012 — Medvedkovodagi qirg’in (Moskva, Rossiya).
  • 2012 — Gvatemalada 7,4 balli zilzila sodir bo‘ldi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1413 — Kamoliddin Abdurazzoq ibn Jaloliddin Is‘hoq Samarqandiy (1482) — mashhur sayyoh, elchi va tarixchi.
  • 1414 — Jomiy (Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (1492) — fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili.
  • 1867 — Mariya Skladovska-Kuri — fransuz fizigi va kimyogari, ikki marotaba Nobel mukofoti laureati.
  • 1891 — Dmitriy Furmanov — Sovet yozuvchisi, nasr yozuvchisi, «Chapaev» romanining muallifi.
  • 1902 — Rina Zelenaya — sovet teatr va kino aktrisasi, RSFSR xalq artisti.
  • 1903 — Konrad Lorenz (1989) — avstriyalik zoolog, etolog va zoopsixolog, Nobel mukofoti sohibi (1973).
  • 1903 — Georgiy Millar — sovet kino va teatr aktyori, RSFSR xalq artisti.
  • 1908 — Maqsud Shayxzoda — shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog.
  • 1911 — Nabi Rahimov (1994) — O’zbekiston xalq artisti.
  • 1911 — Gavhar Rahimova — raqqosa, baletmeyster, O’zbekiston xalq artisti (1965).
  • 1911 — Mixail Yangel — sovet olimi, raketa va kosmik texnologiyalar sohasidagi konstruktor.
  • 1913 — Albert Kamyu (1960) — fransuz yozuvchisi va jurnalisti, Nobel mukofoti sohibi (1957).
  • 1914 — Azimov Sodiq (1988) — fizik olim, O’zbekiston FA akademigi (1962), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1964).
  • 1917 — Nazarmat Egamnazarov — Shoir va jurnalist.
  • 1918 — Obid Tolipov (1994) — Oʻzbekiston xalq artisti (1978).
  • 1958 — Nabi Abdurahmonov — rejissyor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2005).
  • 1972 — Hasim Sharif Rahman — AQShlik superogʻir vazn toifasidagi bokschi. Bir necha karra jahon chempioni.
  • 1988 -Elza Hosk — shved top modeli.