? BAYRAMLAR:
? Butunjahon allergiyaga qarshi kurash kuni.
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Tojikiston — Nogironlar va keksalar kuni.
?? Malayziya ‐ Penang shtati gubernatorining tug’ilgan kuni.
?? Ukraina — Oila kuni.
?? Rossiya — Oila, sevgi va sadoqat kuni.
?? Latviya ‐ Dengiz va baliqchilar bayrami.
? VOQEALAR:
- Mil. av. 52 — Parij (Lyutetsiya) tashkil topgan kun.
- 1497 — Vasko da Gama boshchiligidagi Yevropadan Hindistonga birinchi dengiz ekspeditsiyasi Lissabondan jo’nadi.
- 1618 — Mariya de Medichining xizmatkori fransuz malikasini «sehrlaganligi» uchun qatl etildi.
- 1659 — Qonotop jangi.
- 1686 — Buda qamali.
- 1709 — Shimoliy urush: Poltava jangi.
- 1777 — Vermont qullikni bekor qilgan birinchi shtatga aylandi.
- 1796 — AQSh Davlat departamenti birinchi AQSh fuqarosi pasportini berdi.
- 1916 — Turkiston va dasht viloyatlarining 400 ming aholisini majburiy mehnatga jalb qilish to’g’risidagi qaror. Qozoq qabilalarining ommaviy qo’zg’oloni shafqatsizlarcha bostirildi.
- 1920 — Ingliz mustamlakasi Sharqiy Afrika Keniya deb nomlandi.
- 1969 — Vyetnam urushi: Janubiy Vyetnamdan Amerika qo’shinlarining chiqarilishi boshlandi, bu uch yarim yil ichida yakunlandi.
- 1974 — KPSS Markaziy Komiteti Baykal-Amur temir yo’lini (BAM) qurish loyihasini tasdiqladi.
- 1994 — O‘zbekiston Respublikasi hamda Quvayt bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan kun.
- 1998 — Google asoschisi Larry Page „To google“ (oʻzbekcha: gugllash) feʼlini soʻzlar roʻyxatiga kiritdi.
- 2008 — Chexiya Evropa kosmik agentligining 18-a’zosiga aylandi.
- 2022 — Yaponiyada saylovoldi tashviqoti chog‘ida sobiq bosh vazir Sindzo Abe o‘ldirildi.
? TAVALLUDLAR:
- 1593 — Artemisia Gentileschi (1653) — italiyalik rassom.
- 1621 — Jan de Lafonteyn (1695) — fransuz shoiri va fantast yozuvchisi.
- 1836 — Jozef Shomilen (1914) — britaniyalik siyosatchi va davlat arbobi, Ostin Chemberlin va Buyuk Britaniya bosh vaziri Nevil Chemerlenning otasi.
- 1839 — Jon Rokfeller (1937) — Amerikalik sanoatchi, Standard Oil neft kompaniyasining asoschisi.
- 1842 — Nikolay Benardos (1905) — rus muhandisi, barcha turdagi yoyli elektr payvandlash ixtirochisi.
1851 — Artur Jon Evans (1941) — ingliz tarixchisi va arxeologi, Minoy sivilizatsiyasini topgan. - 1894 — Piter Kapitsa (1984) — Sovet fizigi, muhandis, akademik, Nobel mukofoti sohibi (1978).
- 1895 — Igor Tamm (1971) — Sovet nazariy fizigi, professor, akademik, fizika bo’yicha Nobel sohibi (1958).
- 1904 — Anri Kartan (2008) — fransiyalik matematik.
- 1912 — Maqsuda Hojinova (1981) — mexanika sohasidagi olima.
- 1917 — Mixail Devyatayev (2002) — o’g’irlangan samolyotda nemis konslageridan qochgan Sovet qiruvchi uchuvchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni.
- 1950 — Konstantin Raykin — teatr va kino aktyori, Satirikon teatrining badiiy rahbari, Rossiya xalq artisti.
- 1952 — Karen Shaxnazarov — rus rejissyori, ssenariynavis, prodyuser, jamoat arbobi, Rossiya xalq artisti.
- 1972 — Gulnora Karimova — Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning toʻngʻich qizi, Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi (2010-2012).
- 1981 — Anastasiya Miskina — rossiyalik tennischi.
- 1994 — Bahodir Jalolov — ogʻir vazn toifasida professional bokschi, Olimpiya oʻyinlari chempioni (2020), ikki karra jahon chempioni (2019, 2023), Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro toifadagi sport ustasi.