9 avgust kun tarixi

👉 BAYRAMLAR:

🇺🇳 Butunjahon tubjoy xalqlarining xalqaro kuni
🌏 Butunjahon kitobsevarlar kuni.
🌍 Butunjahon xattotlik kuni.

🔹 MILLIY BAYRAMLAR:

🇨🇦 Kanada — Tinchlikparvarlar kuni.
🇷🇺 Rossiya — Rossiya harbiy shon-sharafi kuni (Gangut jangida rus flotining g’alabasi sharafiga).
🇺🇸 AQSh ‐ Smokey Bearning tug’ilgan kuni.
🇸🇷 Surinam ‐ Mahalliy xalqlar kuni.
🇿🇦 Janubiy Afrika — Ayollar kuni.
🇸🇬 Singapur — Milliy kun.

 👉 VOQEALAR:

  • Mil. avv. 48 — Pompey va Sezar qo’shinlari o’rtasida Farsala jangi bo’lib o’tdi
  • 378 — Adrianopol jangi: gotlarning Rim imperiyasiga zarbasi.
  • 1173 — Piza minorasining qurilishi boshlandi.
  • 1483 — Vatikanda Sikstin kapellasi ochildi.
  • 1803 — Robert Fulton tomonidan ixtiro qilingan bug’li mashina — paroxodning birinchi namoyishi.
  • 1830 — Lui Filipp I Fransiya qiroli bo’ldi.
  • 1853 — general V.A.Perovskiy qo’mondonligi ostida rus qo’shinlari Sirdaryo bo‘yidagi Oq Masjid istehkomini bosib olishdi.
  • 1859 — Amerikalik Natan Eyms eskalatorni patentladi.
  • 1902 — Eduard VII Buyuk Britaniya va Irlandiya qiroli bo’ldi.
  • 1910 — Chikagoda amerikalik Alva Jon Fisher elektr kir yuvish mashinasini patentlashtirdi.
  • 1913 — Xivada Bosh vazir Islomxo‘ja o‘ldirildi.
  • 1940 — Berlin -Bag’dod temir yo’li qurilishi yakunlandi.
  • 1945 — SSSR Manchuriyaga qo’shin yuborib Yaponiyaga qarshi urush boshladi.
  • 1942 — Maxatma Gandi qamoqqa olindi.
  • 1945 — Nagasakiga atom bombasi tashlandi.
  • 1965 — Singapur Malayziyadan ajralib chiqib mustaqillikka erishdi.
  • 1974 — Uotergeyt ishi natijasida AQSh Prezidenti Richard Nikson isteʼfo berdi.
  • 1992 — XXV yozgi Olimpiada o’yinlarining yopilish marosimi bo’lib o’tdi.
  • 2020 — Belarusiyada oltinchi navbatdagi prezident saylovlari bo’lib o’tdi. MSK taqdim etgan rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Aleksandr Lukashenko g’olib bo’ldi.

👉 TAVALLUDLAR:

  • 1593 — Isaak Uolton (1683) — ingliz yozuvchisi.
  • 1669 — Evdokiya Lopuxina (1731) — rus imperatori, Pyotr I ning birinchi xotini.
  • 1776 — Amedeo Avogadro (1856) — italiyalik fizik va kimyogar, suvning kimyoviy formulasini kashf etgan.
  • 1819 — Uilyam Morton (1868) — amerikalik stomatolog-jarroh, birinchi marta efirni og’riqsizlantiruvchi vosita sifatida muvaffaqiyatli ishlatgan.
  • 1894 — Mixail Zoshchenko (1958) — rus sovet yozuvchisi, dramaturg, ssenariynavis, tarjimon.
  • 1897 — Erix Xyukkel (1980) — nemis fizigi va kimyogari, kvant kimyosining asoschilaridan biri.
  • 1899 — Pamela Trevers (1996) — ingliz yozuvchisi, Meri Poppins haqidagi kitoblar muallifi.
  • 1902 — Solomon Katner (1988) — ingliz pianinochisi.
  • 1911 — Uilyam Fauler (1995) — amerikalik astrofizik, Nobel mukofoti sohibi (1983).
  • 1914 — Tove Marika Jansson (2001) — shved tilida soʻzlashuvchi fin yozuvchisi, romannavis, rassom, illyustrator va komikslar muallifi. 
  • 1938 — Leonid Kuchma — ukrainalik siyosatchi, Ukraina prezidenti (1994-2004).
  • 1957 — Melaniya Griffit — amerikalik kino aktrisasi.
  • 1962 — Baxtiyor Zokirov — kinoaktyor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist (1997).
  • 1963 — Uitni Xyuston (2012) — Amerikalik qo’shiqchi, aktrisa, prodyuser, modelyer.
  • 1974 — Rafael Puare — fransuz biatlonchisi, 8 karra jahon chempioni, Jahon kubogining 4 karra g’olibi.
  • 1976 — Odri Totu — fransuz teatr va kino aktrisasi.
  • 1977 — Ravshan Ermatov — Oʻzbekistonlik futbol hakami. Ginnesning rekordlar kitobiga „Jahon chempionatlarini eng koʻp boshqargan hakam“ sifatida kiritilgan.
  • 1985 — Anna Kendrik — amerikalik aktrisa.
  • 1988 — Hilola Umarova — maktabgacha va maktab ta’lim vaziri.
  • 1990 — Adelaida Keyn — avstraliyalik aktrisa va model.