ARAFURA DENGIZI
ARAFURA DENGIZI — Hind okeanining chekka dengizi. Avstraliya, Yangi Gvineya, Tanimbar va Kay orollari oralig’ida. Maydoni 1017 ming kilometr kvadrat. Ko’p qismining chuqurligi 200 metr, shimoliy-g’arbda 3680 metrgacha. Oqimlar yozda g’arbdan sharqqa, qishda sharqdan g’arbga yo’nalgan. Suvining o’rtacha temperaturasi 25 — 28°. Sho’rligi 34 — 35%o. Eng katta qo’ltig’i — Karpentariya.